Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   623
70


2.5-jadval
Resurslar to‘liq band bo‘lganda ishlab chiqarish imkoniyatlari
(shartli raqamlar)__________________
Mahsulot turi
Muqobil variantlar
A
В
С
D
E
Non (mln. dona)
0
1
2
3
4
Tegirmon (ming dona)
10
9
7
4
0
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi to‘g‘risida yaxshiroq 
tasavvurga ega bo‘lish uchun:
birinchidan, iqtisodiyot faqat ikki xil mahsulot - non va tegirmon 
ishlab chiqaradi (bunda non iste’mol tovarlarini, tegirmon ishlab 
chiqarish vositalarini bildiradi);
ikkinchidan, iqtisodiy resurslar miqdor va sifat jihatdan 
o‘zgarmaydi;
uchinchidan, mehnat unumdorligi va texnologiya doimiy bo‘lib 
qoladi, deb faraz qilamiz.
Mavjud resurslar cheklanganligi sababli iqtisodiyotning tegirmon 
va non ishlab chiqarish hajmini birdaniga ko‘paytirib borish imkoni- 
yati cheklangan. Resurslarning cheklanganligi mahsulot ishlab chiqa­
rishning cheklanganligini bildiradi. Bunday sharoitda tegirmon ish­
lab chiqarishni har qanday ko‘paytirishga resurslarning bir qismini
- non ishlab chiqarishni kamaytirish orqali erishadi. Aksincha, agar 
non ishlab chiqarishni ko‘paytirish afzal ko‘rinsa, buning uchun zarur 
resurslar faqat tegirmon ishlab chiqarishni qisqartirish hisobiga olini­
shi mumkin.
Jadvalda jamiyat tanlashi mumkin bo‘lgan sanoat tegirmonlari 
va non miqdorining muqobil uyg‘unlashuvi ifodalangan. A muqobil 
variantga binoan, iqtisodiyot o ‘zining butun resurslarini tegirmon
ya’ni ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarishga yo‘naltiradi. E 
muqobil variantda esa mavjud resurslar to‘lig‘icha non, ya’ni iste’mol 
buyumlari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Jadvaldagi asosiy g‘oya 
quyidagicha: har qanday vaqt oralig‘ida iqtisodiyot to‘la bandlik va 
ishlab chiqarishning to‘liq hajmida non mahsulotini ko‘proq ishlab
71


chiqarishi uchun tegirmonning bir qismidan voz kechishi zarur. Iqti­
sodiy resurslar kamyob bo‘lganligi sababli, iqtisodiyot non va tegir- 
mon ishlab chiqarish hajmini bir vaqtda ko‘paytira olmaydi.
Ishlab chiqarish imkoniyati haqidagi tushunchani chuqurlashtirish 
uchun jadvalda keltirilgan ma’lumotlami rasmda tasvirlaymiz (2.7- 
rasm).





Non, m ln dona

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə