2.4-jadval
Qo‘shilgan mahsulot va qo‘shilgan omillar unumdorligi
l-yil
2-yil
So‘nggi
qo‘shilgan
miqdor
Qo‘shilgan
omillar unum
dorligi
АМ/ЛО
Jalb qilingan kapital,
ming so‘m
120
150
30
1
Ishchi kuchi (ishchilar
soni, nafar)
100
120
20
1,5
Olingan
umumiy
mahsulot, dona
100
130
30
-
0 ‘rtacha mahsulot:
100
130
30
-
a) ming so‘m kapitalga,
dona
0,83
0,87
0,04
-
b) 1 ishchiga, dona
1
1,08
0,08
-
Biroq, shuni ta’kidlash lozimki, keyingi jalb
qilingan omil yoki
xarajat unumdorligining pasayib borishi qonuni har doim ham amal
qilavermaydi. Balki u quyidagicha to ‘rt holat mavjud bo‘lgan sharoit-
dagina amal qilishi mumkin:
1) ishlab chiqarishning boshqa omillari o‘zgarmay
faqat bir omil
to‘xtovsiz oshirilganda;
2) fan-texnika taraqqiy etmay to‘xtab qolganda yoki uning yangi-
liklari ishlab chiqarishga jalb qilinmaganda;
3) omillar o‘rtasidagi miqdor va sifat nisbatlari buzilganda;
4) shart-sharoitni hisobga olmasdan xarajatlar xo‘jasizlarcha, ko‘r-
ko‘rona amalga oshirilganda.
Yuqorida belgilangandan boshqa holatlarda bu qonun amal qil-
maydi.
Dostları ilə paylaş: