raldagi “0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida “ishlab
chiqarishni
modemizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab
chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyi-
halarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib
borish” vazifasi qo‘yilgan.
Xulosalar
1. Ishlab chiqarish jarayonida kishilar o ‘rtasida sodir bo‘ladigan
iqtisodiy munosabatlar umumiy iqtisodiy munosabatlarining asosiy
negizini tashkil etib, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlari-
da bo‘ladigan munosabatlaming yo‘nalishini belgilab beradi.
Shuning
uchun ulami o ‘rganish o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
2. Insoniyat zarur ne’matlar iste’molisiz yashay olmaydi. Shunga
ko‘ra, bu ne’matlami muntazam ravishda ishlab chiqarish muhim hi-
soblanadi. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida insonning
yashashi uchun zarur bo‘lgan barcha hayotiy vositalar yaratiladi.
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish omillari - tabiat,
kapital, ishchi kuchi va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat bo‘lib, ular-
ning hamjihatlikdagi harakati bilan ishlab chiqarish sodir bo‘ladi.
Ular o ‘zaro bir-birlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Bu omillardan birining
sifat va miqdor jihatidan o ‘zgarishi pirovardida boshqa omillaming
o ‘zgarishiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
4. Ishlab chiqarish jarayonida barcha omillar harakatda bo‘ladi,
lekin ular ichida jonli mehnat, ya’ni ishchi kuchi faol bo‘lib, u barcha
ishlab chiqarish vositalarini harakatga keltiradi, ularga «jon kiritadi»,
asosiy kapital qiymatining yo‘qolib ketmasligini ta’minlab, yangi
Yaratilgan tovar va xizmatlarga o ‘tkazadi.
Va nihoyat, bu jarayonda
yangi tovar va xizmatlar vujudga keladi.
5. Yangi vujudga kelgan tovar va xizmatlar ikki xil xususiyatga
- naflilik va qiymatga ega bo‘lib, ikki tomonlama hisobga olinadi:
natural-ashyoviy (naflilik) va qiymat tomonidan. Natural-ashyoviy
tomondan u uch qismga:
ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyum-
78
lari va turli xizmatlarga bo‘linadi. Qiymat tarafidan ham uch qismga:
iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati (s), zaruriy mah
sulot qiymati (v) va qo‘shimcha mahsulot qiymati (m)ga bo‘linadi.
6. Bundan 100-yil ilgari marjinalistlar tomonidan kashf qilingan
va iqtisodiyotning universal qonuni deb atalgan qonun - «keyingi
qo‘shilgan omil (qo‘shilgan kapital, qo‘shilgan mehnat) unumdorligi-
ning pasayib borish qonuni» ko‘r-ko‘rona isrofgarchilikka,
ortiqcha
xarajatlarga yo‘l qo‘yilmasa, hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti
sharoitida amal qilmaydi.
7. Ishlab chiqarish jarayoni doimo o ‘zgarib, takomillashib va ken-
gayib boradi. Uning rivojlanib borishida ishlab chiqarish jarayon-
larini modemizatsiyalash, diversifikatsiyalash
va tarkibiy jihatdan
o‘zgartirib borish muhim rol o ‘ynaydi.
8. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish samara-
dorligining asosiy mezoni foyda hisoblanadi. Bunda foydaning foyda
miqdorining xarajatlar miqdoriga nisbati olinadi.
Dostları ilə paylaş: