Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   623
K U = M / K

K U = YAD IК

K U = F / K .
Samaradorlikni aniqlashda bu ko‘rsatkichlardan tashqari mah­
sulotning mehnat sig‘imi, material sig‘imi, energiya sig‘imi degan 
ko‘rsatkichlar ham qo‘llanilib, ular ishlab chiqarilayotgan mahsu­
lotning har bir birligini yaratish uchun ketgan, yoki ishlab chiqarish 
uchun zarur bo‘lgan mehnat, energiya va moddiy ashyolar miqdorini 
ifodalaydi. Bu ko ‘rsatkichlaming har biri ishlab chiqarishda qatnash­
gan turli omillar samaradorligini ifodalab, bir-biri bilan chambarchars 
bog‘liq va bir-birini to ‘ldiradi.
76


Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun unga ta’sir qiladi-' 
gan omillami ham bilish zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirishga bir qancha omillar ta’sir qiladi:
1) fan-texnika taraqqiyotni tezlashtirish, energiyalaming xom­
ashyo va materiallarning yangi turlarini topish va uning natijalarini 
tezlik bilan ishlab chiqarishda qo‘llash;
2) tabiiy va iqtisodiy omillami hisobga olib ishlab chiqarishni rat- 
sional joylashtirish, ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash;
3) iqtisodiyotda tarkibiy o ‘zgarishlami amalga oshirish va uning 
tashkiliy bo‘g ‘inlarini o ‘zgartirish;
4) ishlab chiqaruvchilami moddiy va m a’naviy jihatdan 
rag‘batlantirib, ulaming faolligini oshirish;
5) mavjud tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona, tejab- 
tergab foydalanish, yangi, arzon, sifatli xomashyo va energiya turla­
rini, ekinlaming yangi hosildor navlarini, chorva mollarining mahsul- 
dor zotlarini topib, ishlab chiqarishga joriy qilish;
6) kishilaming bilim saviyasini, malakasini oshirish, yetuk ishchi 
va mutaxassislar tayyorlash.
Bular ichida fan-texnika taraqqiyoti natijalarini ishlab chiqarishda 
qo‘llash, hamma ishga innovatsion yondashish omili hozirgi kunda 
respublikamiz uchun dolzarb va muhim ahamiyat kasb etadi. Fan- 
texnika taraqqiyotining evolyusion va revolyusion shakllari farqla- 
nadi. 

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə