Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, ax-



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   623
Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, ax-
borotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish bilan birgalikda
ishlab chiqarishning texnologik usuli deyiladi. 
Ular o‘rtasidagi 
chegaralami jamiyat taraqqiyoti tarixining yirik bosqichlari ajratib 
turadi. Bir texnologik ishlab chiqarish usulidan boshqasiga o‘tish 
asosan, mehnat vositalarining tavsifidagi o ‘zgarishlar, fan va texnika 
taraqqiyoti bilan belgilanadi. Ishlab chiqarish texnologik usullarining 
dastlabki uchta bosqichlari alohida farqlanadi. Bular oddiy kooper- 
atsiya, manufaktura va mashinalashgan ishlab chiqarish. 
Oddiy ko-
operatsiya - bu bir xil tovarni ishlab chiqarish yoki xizmat vazi-
86


fasini bajaruvchi xodimlarning eng oddiy shaklidagi uyushishi,
birgalashib ma’lum tartib va reja asosida ishlaydigan kishilar gu-
ruhidir. 
Kooperatsiyaning yakka tartibdagi hunarmandchilik ishlab
chiqarishiga nisbatan afzalliklari quyidagilar orqali namoyon bo‘ladi:
1) ko‘plab ishchilaming birgalikdagi mehnati ishchi kuchidagi 
alohida tafovutlaming yo‘qolishiga, ulaming sifat jihatidan bir xil- 
lashuviga olib keldi;
2) bino va inshootlardan birgalikda foydalanish natijasida 
yoqilg‘i, yoritish va boshqa shu kabi xarajatlaming kam sarflanishi 
mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi ishlab chiqarish vositalarining te- 
jalishiga olib keldi;
3) birgalikdagi mehnat bellashuvni keltirib chiqarib, mehnat 
unumdorligini oshirdi.
Manufaktura - bu mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin
mashina hali mavjud bo‘lmagan sharoitdagi kooperatsiyadir.
Manufaktura davrida ishlab chiqarishning umumlashuv jarayoni 
davom etadi. Yalpi ishchi kuchi tarkib topadi, har bir ayrim xodim 
esa yalpi ishchi kuchining tarkibiy qismiga aylanadi. Bunda oddiy 
kooperatsiyadagidek qo‘l mehnatiga va shunga mos qurolga tayana- 
di. Manufaktura ixtisoslashtirilgan qurol va asboblar vujudga keltirib 
hamda ishchini tor operatsiyalami bajarishga bog‘lab, yirik mashi- 
nalashgan ishlab chiqarishga o ‘tish uchun zarur shart-sharoit tayyor- 
laydi. Bu davrda ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnatning mazmuni 
va tavsifida, ishlab chiqarishning butun texnologik usulida, iqtisodiy 
munosabatlarda va butun ijtimoiy hayotda ham tub o‘zgarishlar ro‘y 
beradi. Mehnat unumdorligi ancha o‘sadi. XVIII asming so‘nggi 30- 
yili ichida boshlangan sanoat revolyutsiyasi natijasida 

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə