Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


absolyut (mutloq) qo‘shimcha mah­



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   623
absolyut (mutloq) qo‘shimcha mah­
sulot 
deyiladi.
Ish kuni o‘zgarmaganda zaruriy ish vaqtini kamaytirib,
qo‘shimcha ish vaqtini ko‘paytirish evaziga olingan qo‘shimcha
mahsulot esa nisbiy qo‘shimcha mahsulot deb ataladi. 
Masalan, 
ish kuni davomiyligi 8 soat hajmida qolgani holda, mehnat unum- 
dorligi va intensivligini oshirish hisobiga zaruriy mahsulot yaratishga 
sarflanishi kerak bo‘lgan vaqt 4 soatdan 3 soatga tushirildi, deb hi­
sob laylik. Bunda qo‘shimcha mahsulot yaratishga sarflangan vaqt 5 
soatga yetadi, ya’ni nisbiy qo‘shimcha mahsulot hajmi ortadi.
Hozircha bizning iqtisodiy amaliyotimizda (statistik, buxgalteriya 
hisoblarida) zaruriy va qo‘shimcha mahsulot hisoblanmaydi. Lekin 
ulaming miqdorini, o‘sishi va kamayishini hamma darajalarida hisob- 
kitob qilish mumkin. Buning uchun ulami hisoblash usullarini ishlab 
chiqish zamr.
62


Yil davomida olingan qo‘shimcha mahsulotlar yig‘indisi
qo‘shimcha mahsulot massasi, uning zaruriy mahsulotga nisbati
esa (foizda ifodalanishi) qo‘shimcha mahsulot normasi deb yuri­
tiladi.
Agar qo‘shimcha mahsulot normasini m’, massasini m, zaruriy 
mahsulotni v bilan belgilasak qo‘shimcha mahsulot normasi
m ~ m / v x
1 0 0 %
ko‘rinishdagi formula bilan aniqlanadi.
Misol uchun, «А» korxonaning yil davomidagi qo‘shimcha mah­
sulot massasi 100 mln. so‘m, zaruriy mahsulot hajmi esa 250 mln. 
so‘mdan iborat bo‘lsin. U holda qo‘shimcha mahsulot normasi 40% 
ni tashkil etadi.
M a’lumki, qo‘shimcha mahsulot bilan zaruriy mahsulot o‘rtasida 
har doim ziddiyat va aloqadorlik bo‘ladi. Ulaming har ikkalasi- 
dan ham butun iqtisodiyotni rivojlantirish va jamiyat a ’zolarining 
farovonligini oshirish maqsadlari yo‘lida foydalaniladi.
Ba’zan davriy matbuotda va ayrim adabiyotlarda qo‘shimcha 
mahsulotning mazmunini to‘g ‘ri tushunmaslikdan uni qo‘shimcha 
qiymat va qo‘shilgan qiymat bilan bir xil sinonim tushuncha sifatida 
ifoda etiladi. Lekin qo‘shimcha mahsulot tushunchasi qo‘shimcha qiy­
mat va qo‘shilgan qiymat tushunchalaridan sifat va miqdor jihatidan 
tubdan farq qiladi.
Qo‘shimcha mahsulot yalpi ichki mahsulotning tarkibiy qismi 
bo‘lganligi uchun unda mavjud bo‘lgan ikki tomonlama xususiyat, 
ya’ni qiymat va naflilik xususiyatlari qo‘shimcha mahsulotga ham 
mansub bo‘ladi, ya’ni qo‘shimcha mahsulot ikki tomonlama xususi- 
yatga ega bo‘ladi.
Bundan ko‘rinadiki, qo‘shimcha qiymat qo‘shimcha mahsulotning 
bir tomoni bo‘lib, uning faqat qiymatini ya’ni unda mujassamlashgan
63


qo‘shimcha mehnatni ifodalaydi. Unda naflilikning biror bir gram- 
mi yoki atomi bo‘lmaydi. Naflilik faqatgina qo‘shimcha mahsulotda 
bo‘lib, uning muhim tomonidir. Qo‘shimcha mahsulot qo‘shimcha 
qiymatdan faqatgina shu sifat jihatdangina emas, shu bilan birga miq- 
dor jihatdan ham farq qiladi. M a’lumki, ishlab chiqaruvchi kuchlar 
to‘xtovsiz rivojlanib mehnatning unumdorlik kuchi oshib boradi. 
Shunga binoan qo‘shimcha mahsulotning nafliligi qiymatiga nisbatan 
tez oshib boradi, chunki qo‘shimcha mahsulot qo‘shimcha qiymat­
ning mehnat unumdorligiga ko‘paytmasiga teng bo‘ladi, ya’ni

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə