Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   623
Oraliq mahsulot - bu tugallan-
magan ishlab chiqarish, kelgusida yana qayta ishlov berilishi
zarur bo‘lgan yoki qayta sotish uchun mo‘Ijallangan tovar va
xizmatlardir. 
Bizning misolimizda 140 birlik paxta xomashyosi, 285 
birlik paxta tolasi va yigirilgan ip, 465 birlik to‘qilgan gazlama oraliq 
mahsulotlar bo‘lib hisoblanadi. Chunki ular tikuvchilik mahsuloti 
(ko‘ylakyoki kostyum) ishlab chiqarishning izchil jarayonida navbat- 
dagi bosqichda qayta ishlov berishga muhtojdirlar. Aynan 625 birlik 
qiymatga ega tikuvchilik mahsuloti esa pirovard mahsulot hisobla­
nadi. Demak, 
pirovard mahsulot - bu ishlab chiqarishning barcha
texnologik jarayonlaridan o‘tgan hamda bevosita iste’mol uchun
mo‘ljallangan tayyor mahsulotdir.
Bundan ko‘rinadiki, jamiyat a’zolarini ishlab chiqarishning umu­
miy natijadan ko‘ra ko‘proq ishlab chiqarishning pirovard natijalari 
qiziqtiradi.
Ishlab chiqarishning pirovard natijasi bo‘lib takroriy hisobni
o‘z ichiga olmagan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini bevosita
qondirishga mo‘ljallangan tayyor mahsulotlar va xizmatlar hi­
soblanadi. 
Shunga ko‘ra, ko‘pincha ijtimoiy ishlab chiqarishning 
pirovard natijasi sifatida yalpi ichki mahsulot, sof ichki mahsulot 
(milliy daromad) va boshqalami ko'rsatish mumkin. 
Mamlakatimiz
60


mustaqillikka erishgandan keyin (1993-yildan boshlab) milliy hi-
soblar tizimi joriy qilindi va bunga asosan Yaratilgan mahsulot
yalpi ichki mahsulot (YalM) deb atalib, shu shaklda hisobga olina
boshlandi.
Yalpi ichki mahsulot deb mamlakatda yil davomida Yaratil­
gan, bevosita iste’molchilarga yetkaziladigan tayyor mahsulotga
aytiladi.

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə