Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   623
(qo ‘shimcha mahsulot

q o ‘shimcha qiymat x mehnatning unumdor­
lik kuchi).
Shuningdek qo‘shimcha mahsulot bilan qo‘shilgan qiymat 
o‘rtasida ham tub farq mavjuddir. Har bir korxonada va tarmoqlar- 
da qo‘shilgan qiymat asosiy vositalar amortizatsiyasi + ish haqi + 
Yaratilgan qo‘shimcha mahsulot (soliq to‘lovlari va foyda)dan iborat 
bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, agar qo‘shilgan qiymat amorti- 
zatsiya, ish haqi va Yaratilgan qo‘shimcha mahsulotdan iborat bo‘lsa, 
qo‘shimcha mahsulot uning bir tarkibiy qismidir. Hamma tarmoq va 
sohalarda Yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi mamlakatning 
yalpi ichki mahsulotini tashkil etadi. Shunday qilib, qo‘shimcha qiy­
mat, qo‘shilgan qiymat va qo‘shimcha mahsulot bir xil (sinonim) 
tushunchalar emas balki tamomila bir-biridan farq qiladigan alohida- 
alohida iqtisodiy kategoriyalardir.
Ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan qo‘shimcha mahsulot 
sotilish jarayonida foydaga aylanadi. Foydadan davlat soliq sifatida
ssuda kapital egalari esa foiz sifatida, yer egalari renta sifatida o ‘z 
ulushlarini oladilar. Bu daromad turlari qo‘shimcha mahsulotning 
sotilib, dastlabki taqsimlangandan keyingi o‘zgargan shakllaridir. 
Yuzaki real hayotda qo‘shimcha mahsulot yuqoridagi shakllarda 
namoyon bo‘ladi. Kimki iqtisodiy jarayonlaming tub ildizini tu- 
shunmasa, bu daromadlaming manbaini, qayerda va kim tomonidan 
yaratilishini tushunmasdan qolaveradi. Zaruriy va qo‘shimcha mah- 
sulotlaming mazmunini tushunishda ulaming real hayotdagi modi-
64


fikatsiyalashgan shakllarini bilish muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumki, 
zaruriy va qo‘shimcha mahsulot ulaming bevosita ishlab chiqarish 
jarayonidagi ko‘rinishidir. Ammo, ular oldi-sotdi va taqsimlash ja- 
rayonlaridan o‘tib, o ‘z shakllarini o ‘zgartirib, modifikatsiyalashgan 
shakl oladilar.
Yangidan Yaratilgan sof mahsulotning tarkibi va modifikatsi­
yalashgan shakllari 2.6-rasmda aniqroq tasvirlash mumkin.
Sof mahsulot
Zaruriy mahsulot
Qo'shimcha mahsulot
Ish haqi
Foyda
Foiz
Renta
Soliqlar
Ijtimoiy himoya fondlari
Tomorqa dehqon kasanachilik va boshqa xo'jaliklardan olingan mahsulotlar

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə