Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Har qanday mahsulotning qandaydir



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   623
Har qanday mahsulotning qandaydir
miqdorini olish uchun, voz kechishga to‘g‘ri keladigan boshqa
mahsulot miqdori bu mahsulotning muqobil xarajatlari deb ata-
ladi.
Biz bu yerda faqat ikki narsa tegirmon va non misolida iqtisodiy 
resurslarning to‘la bandligi va ishlab chiqarishning to‘liq hajmi bilan 
xususiyatli deb hisobladik. Agar band bo‘lmagan resurslar bo‘Isa yoki 
resurslardan samarasiz foydalanilsa (to‘liq foydalanilmasa) iqtisodi­
yot jadvalda ko‘rsatilgan har bir muqobil variantdagidan kamroq 
mahsulot ishlab chiqargan va bu rasmda keltirilgan ishlab chiqarish 
imkoniyati egri chizig‘ining ichida joylashgan bo‘lar edi.
Agar resurslarning miqdori, sifati hamda texnika, texnologiya 
o ‘zgarsa iqtisodiyotda ishlab chiqarishning umumiy hajmi ham (ish­
lab chiqarish imkoniyati egri chizig‘ining holati) o‘zgaradi. Mavjud 
resurslarning ko‘payishi har bir variantda bitta yoki har ikkala mahsu­
lot ishlab chiqarish hajmining ko‘payishiga olib keladi.
73


Hozirgi davrda fan-texnika taraqqiyoti va binobarin texnika va 
texnologiyalar o‘zgarishi jadallashgan vaqtda ishlab chiqarish im- 
koniyati to‘htovsiz kengayib boradi. Energiyaning, xomashyo va ma- 
teriallaming yangi turlari topilib ishga tushuriladi. Yangi texnika va 
texnologiyalar qo‘llanilib, mehnat unumdorligi, yerlar xosildorligini
chorva mollari mahsuldorligini, tejamkorlikni oshirish imkonini beradi..
2.5. Ishlab chiqarishning samaradorligi
va uning ko‘rsatkichlari
Ishlab chiqarish samaradorligi va uni oshirish masalasi har doim 
iqtisodiyot nazariyasi fanining dolzarb muammosi sifatida, uning 
diqqat markazida bo‘lib keladi. Ayniqsa, hozirgi paytda bu masala 
yanada keskin qo‘yilmoqda. Buning sababi shundaki, ishlab chiqa­
rish samaradorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz oldida turgan 
muhim masala - mustaqil iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish vazi- 
fasini amalga oshirib bo‘lmaydi. 

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə