2.5-jadval
Resurslar to‘liq band bo‘lganda ishlab chiqarish imkoniyatlari
(shartli raqamlar)__________________
Mahsulot turi
Muqobil variantlar
A
В
С
D
E
Non (mln. dona)
0
1
2
3
4
Tegirmon (ming dona)
10
9
7
4
0
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi to‘g‘risida
yaxshiroq
tasavvurga ega bo‘lish uchun:
birinchidan, iqtisodiyot faqat ikki xil mahsulot - non va tegirmon
ishlab chiqaradi (bunda non iste’mol
tovarlarini, tegirmon ishlab
chiqarish vositalarini bildiradi);
ikkinchidan, iqtisodiy resurslar
miqdor va sifat jihatdan
o‘zgarmaydi;
uchinchidan, mehnat unumdorligi va texnologiya doimiy bo‘lib
qoladi, deb faraz qilamiz.
Mavjud resurslar cheklanganligi sababli iqtisodiyotning tegirmon
va non ishlab chiqarish hajmini birdaniga ko‘paytirib borish imkoni-
yati cheklangan. Resurslarning cheklanganligi mahsulot ishlab chiqa
rishning cheklanganligini bildiradi. Bunday sharoitda tegirmon ish
lab chiqarishni har qanday ko‘paytirishga
resurslarning bir qismini
- non ishlab chiqarishni kamaytirish orqali erishadi. Aksincha, agar
non ishlab chiqarishni ko‘paytirish afzal ko‘rinsa, buning uchun zarur
resurslar faqat tegirmon ishlab chiqarishni qisqartirish hisobiga olini
shi mumkin.
Jadvalda jamiyat tanlashi mumkin bo‘lgan
sanoat tegirmonlari
va non miqdorining muqobil uyg‘unlashuvi ifodalangan. A muqobil
variantga binoan, iqtisodiyot o ‘zining
butun resurslarini tegirmon,
ya’ni ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarishga yo‘naltiradi. E
muqobil variantda esa mavjud resurslar to‘lig‘icha non, ya’ni iste’mol
buyumlari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Jadvaldagi asosiy g‘oya
quyidagicha: har qanday vaqt oralig‘ida iqtisodiyot to‘la bandlik va
ishlab chiqarishning to‘liq hajmida non mahsulotini ko‘proq ishlab
71
chiqarishi uchun tegirmonning bir qismidan voz kechishi zarur. Iqti
sodiy resurslar kamyob bo‘lganligi sababli,
iqtisodiyot non va tegir-
mon ishlab chiqarish hajmini bir vaqtda ko‘paytira olmaydi.
Ishlab chiqarish imkoniyati haqidagi tushunchani chuqurlashtirish
uchun jadvalda keltirilgan ma’lumotlami rasmda tasvirlaymiz (2.7-
rasm).
0
1
2
3
4
Non, m ln dona
Dostları ilə paylaş: