Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


 Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   623
2.4. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi
Iqtisodiyot nazariyasi fani mavjud cheklangan iqtisodiy resurslar­
dan qanday qilib foydalanilganda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini
69


to‘laroq qondirib borish mumkin, degan muammo ustida bosh qoti- 
radi. Bunda, birinchidan, iqtisodiy resurslardan foydalanishning turli 
xil muqobil variantlari mavjud bo‘lishi ko‘zda tutilib, ulardan eng sa- 
maralisi, ya’ni jamiyat ehtiyojlarini ancha to‘laroq qondiradigan miq- 
dorda tovar va xizmatlami ishlab chiqarish imkonini beradigan turini 
tanlab olishga harakat qilinadi.
Ikkinchidan, iqtisodiy resurslar nisbatan cheklanganligi sababli 
jamiyat a ’zolarining barcha ehtiyojlarini birdaniga qondirish mum­
kin bo‘lmaydi. Shuning uchun jamiyatga qaysi mahsulotlami ishlab 
chiqarish, qaysilaridan vaqtincha voz kechish lozimligini hal qi­
lish, ya’ni tanlashni amalga oshirish zarur bo‘ladi. Shunday tanlash 
orqali, resurslaming mavjud darajasida mahsulot olishning aniqlan- 
gan eng yuqori miqdori jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatini 
ko‘rsatadi. Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatidan to‘liq foy­
dalanish uchun iqtisodiy resurslaming to‘la bandligiga erishish va 
ishlab chiqarishning to ‘liq hajmini ta’minlash zarur.
To‘la bandlik - iqtisodiyotdagi ishlab chiqarishga yaroqli
bo‘lgan barcha resurslardan to‘la unum bilan foydalanish ho-
lati. 
Bunda ishchi majburiy ishsiz bo ‘lib qolmasligi, iqtisodiyot 
ishlashni xohlagan va unga layoqatli bo‘lgan barcha ishchi kuchini 
ish bilan ta ’minlashi, haydaladigan yerlar, bino va inshootlar yoki 
kapital uskunalar ham bo ‘sh qolmasligi hamda to ‘la quvvat bilan 
ishlashi lozim.
Ishlab chiqarishning to‘liq hajmi, resurslami samarali taqsim- 
lashni, ya’ni ulardan mahsulotning umumiy hajmiga eng ko‘p hissa 
qo‘shadigan qilib foydalanishni va mavjud texnologiyalaming eng 
yaxshisini qo‘llashni ham bildiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish imkoniyatlarining 
m a’lum chegarasi bo‘ladi. Chunki, resurslar kamyob bo‘lganligi sa­
babli iqtisodiyot to ‘la bandlik va ishlab chiqarishning to‘liq hajmida 
ham tovar va xizmatlami cheklanmagan miqdorda ishlab chiqarishni 
ta ’minlay olmaydi.
Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini jadval m a’lumotlaridan 
foydalanib yanada aniqroq tasvirlash mumkin (2.5-jadval).

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə