Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   623
Asosiy tayanch tushunchalar
Ishlab chiqarish omillari 
- ishlab chiqarish jarayonida bevosita 
qo‘llaniluvchi barcha resurslar.
Ishchi kuchi 
- insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jis- 
moniy qobiliyatlarining yig‘indisi.
Mehnat qurollari 
- inson uning yordamida tabiatga, mehnat 
predmetlariga ta’sir qiladigan vositalar.
Mehnat predmetlari 
- bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni 
mahsulot tayyorlanadigan narsalar.
Ishlab chiqarish jarayoni 
- kishilik jamiyatining amal qilishi 
va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlami 
yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyat.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish 
- jamiyat miqyosida ishlab 
chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran 
amalga oshirilib turishi.
Oddiy takror ishlab chiqarish 
- ishlab chiqarish miqyoslarining 
o ‘zgarmagan holda takrorlanishi.
79


Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish 
- ishlab chiqarish 
miqyoslarini muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi 
takrorlanishi.
Ishlab chiqarishning umumiy natijasi 
- mamlakat bo‘yicha 
Yaratilgan milliy mahsulotning yil davomidagi yig‘indisi.
Ishlab chiqarishning pirovard natijasi 
- ishlab chiqarish soha- 
sidagi o‘z harakatini tugatgan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini yo 
bevosita (iste’mol fondi orqali), yoki bilvosita, ya’ni ishlab chiqa­
rishni kengaytirish (jamg‘arish fondi) orqali qondirishga tayyor mah­
sulot.
Sof mahsulot 
- Yaratilgan mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab 
chiqarish vositalari qiymati chegirib tashlangandan qolgan qismi.
Zaruriy mahsulot 
- ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi 
bo‘lgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan Yaratilgan, ishchi 
kuchini normal holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan 
mahsulot.

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə