Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Jamiyat taraqqiyotiga, jumladan texnika va texnologiyaning



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   623
Jamiyat taraqqiyotiga, jumladan texnika va texnologiyaning
rivojiga ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlaming kuchli ta’sirini shunda
ko‘rish mumkinki, bir necha ming yillab rivojlanmay yotgan texnika
88


va texnologiya taraqqiyoti tovar xo‘jaligi va bozoming vujudga keli- 
shi bilan gurkirab о ‘sib ketdi. Texnika taraqqiyotining barcha bos­
qichlari - oddiy kooperatsiya, manufaktura, mashinalashgan, ya’ni 
industrlashgan ishlab chiqarish, yuqori darajadagi industrlashgan, ax- 
borotlashgan jamiyat bosqichlari keyingi 250-300-yilga, ya’ni tovar 
xo‘jaligi rivoj topgan davrga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham ke­
yingi paytda ko‘pgina iqtisodchilar jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini 
iqtisodiy tizimlarga bo‘lib o ‘rganadilar.
3.2. Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari
Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy muno-
sabatlar majmuasi iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik
mexanizmi va iqtisodiy muassasalar bilan birgalikda iqtisodiy
tizimni tashkil qiladi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanida ko‘pincha iqtisodiy tizim tushunchasini 
ishlab chiqaruvchi kuchlaming rivojlanish darajasi bilan bog‘lab tur- 
kumlashga harakat qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivoj langan mam- 
lakatlar iqtisodiy tizimning uchta nusxasiga kiritiladi: an’anaviy iqtisodi­
yot, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlari.
An’anaviy iqtisodiyot 
- deyarli hamma mamlakatlar bosib o‘tgan 
tarixiy tizimdir. U hozirgi davrda ham b a’zi iqtisodiy jihatdan past 
rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo‘lib, ularda urf-odatlar, udum- 
larga, an’analarga asoslangan iqtisodiy jarayonlar orqali amal qiladi. 
An’anaviy iqtisodiy otda natural yoki may da tovar xo‘jaligi hukm- 
ron bo‘ladi. Bu yerda ishlab chiqarish, ayirboshlash, daromadlami 
taqsimlash vaqti-vaqti bilan o‘matiladigan urf-odatlarga asoslanadi. 
Merosxo‘rlik va sulola (tabaqa) shaxslaming iqtisodiy roli yuqori 
bo‘lib, asosan ular hukmronlik qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy turg‘unlik 
aniq ifodalanadi. Texnika taraqqiyoti va yangiliklami joriy qilish kes- 
kin cheklangan, chunki ular ko‘pincha an’analarga zid keladi va ijti­
moiy tuzum barqarorligiga xavf tug‘diradi. Iqtisodiy faoliyatga nis- 
batan diniy va madaniy tartiblar birlamchi hisoblanadi. Bu yerda shuni 
ta’kidlash lozimki, iqtisodiyot muammosini hal qilishning bir xil va 
umum tan olingan yechimi mavjud emas. Xar xil madaniyat va tarixiy
89


o‘tmish, har xil urf-odat va an’analar, qarama-qarshi mafkuraviy qa- 
rashlarga ega bo‘lgan turli jamiyatlar aniq iqtisodiy muammolami hal 
qilish uchun turli xil tartiblardan foydalanadi.
Bozor iqtisodiyotiga qarama-qarshi tizim 

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə