Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur bo‘lgan ha­



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   623
Iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur bo‘lgan ha­
yotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va
83


iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlardir.
Ular takror ishlab chiqarish munosabatlari yoki iqtisodiy munosabat­
lar deb ham ataladi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining muayyan darajasi ishlab 
chiqarish munosabatlarining u yoki bu turini taqozo qiladi. 
Muay­
yan taraqqiyot darajasidagi ishlab chiqaruvchi kuchlar va ish­
lab chiqarish munosabatlari muayyan turining birligi va o‘zaro
ta’siri ishlab chiqarish usulini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish munosabatlari faqat ishlab chiqaruvchi kuchlar 
bilangina o ‘zaro aloqada bo‘lib qolmaydi. Ular bir vaqtda bazis ham 
hisoblanib, uning ustida ishlab chiqarish munosabatlarining ushbu 
tizimiga xos bo‘lgan alohida siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, mil­
liy, oilaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlar hamda tartibotlaming 
alohida turlari qad ko‘taradi. Ana shulaming yig‘indisi jamiyatning 
ustqurmasini tashkil etadi. Siyosat, huquq, ahloq va ustqurmaning 
boshqa elementlari ham faol rol o ‘ynaydi, o ‘zlarini vujudga keltirgan 
ishlab chiqarish munosabatlariga, ular orqali esa jamiyatning ishlab 
chiqaruvchi kuchlariga ham aks ta’sir ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat ustqurmasi ijtimoiy-iqti­
sodiy formatsiyani tashkil etadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaning tarkibiy qismlarini alohida rasm 
orqali ifodalash mumkin (3.1-rasm). Bu yerda ikki holatga e’tibor 
berish muhim. Birinchidan, ishlab chiqarish munosabatlari mustaqil, 
alohida tizimni tashkil qilmaydi. Ular ishlab chiqaruvchi kuchlar bi­
lan ham, shuningdek, ustqurma bilan ham har doim o‘zaro ta’sirda 
bo‘ladi. Ikkinchidan, turli formatsiyalarda o‘ziga xos ishlab chiqarish 
munosabatlari amal qiladi va bu esa har bir formatsiyaga mos keluv- 
chi ishlab chiqarish usulini belgilab beradi.
Insoniyat jamiyati tarixida bir-biri bilan izchil almashib kelgan 
qator ishlab chiqarish usullari va shunga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy 
formatsiyalar ajralib turadi. Ishlab chiqarish usullari almashuvi- 
ning klassik namunasi Yevropada namoyon bo‘lgan deb hisoblanadi. 
Yevropa hududida bir-biri bilan almashib, ibtidoiy jamoa, quldor- 
lik, feodal va kapitalistik munosabatlar izchil tarkib topdi. Boshqa
84


qit’alarga qaraganda bu yerda kapitalizmgacha bo‘lgan davrda mana 
shu munosabatlaming hammasi aniqroq qayd etilgan. Osiyo, Afrika, 
Avstraliyada Yevropa mustamlakachiligining ta’siri seziladi. Adabi­
yotlarda Osiyocha ishlab chiqarish usuli deb atalmish usul haqida 
ham qayd qilinadi. Bu usulning shakllanishida mamlakatlaming katta 
turkumiga xos bo‘lgan ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish 
munosabatlarining sug‘orish tizimlarini markazlashtirilgan tarzda tar­
tibga solib turish va davlatning ana shu sharoitlarda alohida roli bilan 
bog'liq sifat xususiyatlari aks etadi.

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə