Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   623
tarixiy-formatsion
yondashuvda 
ishlab chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy 
qismlarini tahlil qilishga e ’tibor berilgan.
Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqa­
rish (iqtisodiy) munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqa­
rishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ish­
lab chiqarish vositalari birgalikda jamiyatning 
ishlab chiqaruvchi
kuchlarini 
tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, 
ishlab chiqaruvchi
kuchlar - bu ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bi­
lan tabiat o‘rtasidagi bogManishni amalga oshiruvchi shaxsiy va
texnik-buyumlashgan elementlar tizimidan iborat. 
Ishlab chiqa­
ruvchi kuchlaming rivojlanish darajasi ijtimoiy taraqqiyotning eng 
muhim mezoni va umumiy ko‘rsatkichidir.
Odamlar ishlab chiqarish jarayonida faqat tabiat ashyolari va 
boshqa moddiy ashyolar bilan emas, shu bilan birga o‘zaro bir-biri 
bilan ham munosabatlarda bo‘ladilar, ya’ni ishlab chiqarish muno- 
sabatlariga kirishadilar. Bunda ishlab chiqarishda tarkib topadigan 
tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bir-biridan 
farq qiladi. Tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarishni tash­
kil qilish jarayonida vujudga keladi. Mazkur munosabatlar kishilar 
o ‘rtasidagi aloqalar sifatida namoyon bo‘lib, shu bilan birga ishlab 
chiqarish holatini bevosita tavsiflaydi, ishlab chiqaruvchi kuchlar 
taraqqiyoti muayyan bosqichlaming xususiyatlarini va ulaming ijti­
moiy uyg‘unlashuvini aks ettiradi. Bu masalan, mehnat taqsimoti, uni 
ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash, ishlab chiqarishning to‘planishi 
va uyg‘unlashtirilishidir. Ishlab chiqarish har doim muayyan ijtimoiy 
shaklga ega bo‘ladi. Bu ijtimoiy shakl iqtisodiy munosabatlami vu­
judga keltiradi, ulaming mohiyati va asosini ishlab chiqarish vosita- 
lariga mulkchilik munosabatlari tashkil etadi.

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə