Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   623
Evolyutsion
shaklda rivojlanish deganda, FTTning mavjud 
texnologiyasi asosida, mashinalar va uskunalar qisman modemizatsi- 
yalash asosida rivojlanishi tushuniladi. 
Revolyutsion
shaklda rivoj- 
lanishi deganda esa, fan-texnikaning bir qancha sohalarida birdaniga 
katta o‘zgarishlar bo‘lib, texnikaning eng so‘nggi yangiliklarini, 
avlodlarini ishlab chiqarishda qoilash, prinsipial yangi texnologik 
tizimga o‘tish tushuniladi. Fan-texnika taraqqiyotining keyingi shakl- 
lda rivojlanishi yuksak samara beradi. Shuning uchun ham ayrim 
me’yoriy hujjatlarda va mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev 
m a’ruzalarida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini hozirgi zamon fan 
va texnikasining eng yangi yutuqlari asosida tayyorlangan texnika va 
texnologiyalar bilan qayta qurollantirish lozimligini ta’kidlamoqda. 
Jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fev-
77


raldagi “0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 
harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida “ishlab chiqarishni 
modemizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab 
chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyi- 
halarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib 
borish” vazifasi qo‘yilgan.
Xulosalar
1. Ishlab chiqarish jarayonida kishilar o ‘rtasida sodir bo‘ladigan 
iqtisodiy munosabatlar umumiy iqtisodiy munosabatlarining asosiy 
negizini tashkil etib, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlari- 
da bo‘ladigan munosabatlaming yo‘nalishini belgilab beradi. Shuning 
uchun ulami o ‘rganish o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
2. Insoniyat zarur ne’matlar iste’molisiz yashay olmaydi. Shunga 
ko‘ra, bu ne’matlami muntazam ravishda ishlab chiqarish muhim hi- 
soblanadi. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida insonning 
yashashi uchun zarur bo‘lgan barcha hayotiy vositalar yaratiladi.
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish omillari - tabiat, 
kapital, ishchi kuchi va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat bo‘lib, ular- 
ning hamjihatlikdagi harakati bilan ishlab chiqarish sodir bo‘ladi. 
Ular o ‘zaro bir-birlariga ta’sir ko‘rsatadi. Bu omillardan birining 
sifat va miqdor jihatidan o ‘zgarishi pirovardida boshqa omillaming 
o ‘zgarishiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
4. Ishlab chiqarish jarayonida barcha omillar harakatda bo‘ladi, 
lekin ular ichida jonli mehnat, ya’ni ishchi kuchi faol bo‘lib, u barcha 
ishlab chiqarish vositalarini harakatga keltiradi, ularga «jon kiritadi», 
asosiy kapital qiymatining yo‘qolib ketmasligini ta’minlab, yangi 
Yaratilgan tovar va xizmatlarga o ‘tkazadi. Va nihoyat, bu jarayonda 
yangi tovar va xizmatlar vujudga keladi.
5. Yangi vujudga kelgan tovar va xizmatlar ikki xil xususiyatga
- naflilik va qiymatga ega bo‘lib, ikki tomonlama hisobga olinadi: 
natural-ashyoviy (naflilik) va qiymat tomonidan. Natural-ashyoviy 
tomondan u uch qismga: ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyum-
78


lari va turli xizmatlarga bo‘linadi. Qiymat tarafidan ham uch qismga: 
iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati (s), zaruriy mah­
sulot qiymati (v) va qo‘shimcha mahsulot qiymati (m)ga bo‘linadi.
6. Bundan 100-yil ilgari marjinalistlar tomonidan kashf qilingan 
va iqtisodiyotning universal qonuni deb atalgan qonun - «keyingi 
qo‘shilgan omil (qo‘shilgan kapital, qo‘shilgan mehnat) unumdorligi- 
ning pasayib borish qonuni» ko‘r-ko‘rona isrofgarchilikka, ortiqcha 
xarajatlarga yo‘l qo‘yilmasa, hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti 
sharoitida amal qilmaydi.
7. Ishlab chiqarish jarayoni doimo o ‘zgarib, takomillashib va ken- 
gayib boradi. Uning rivojlanib borishida ishlab chiqarish jarayon- 
larini modemizatsiyalash, diversifikatsiyalash va tarkibiy jihatdan 
o‘zgartirib borish muhim rol o ‘ynaydi.
8. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish samara- 
dorligining asosiy mezoni foyda hisoblanadi. Bunda foydaning foyda 
miqdorining xarajatlar miqdoriga nisbati olinadi.

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə