Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   623
Samaradorlikning iqtisodiy maz­
muni sifatida har doim ishlab chiqarishning pirovard natijasi
bilan unga avanslangan resurslar, mablag‘lar yoki qilingan xara­
jatlar o‘rtasidagi nisbat tushuniladi.
Lekin, turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar sharoitida shu jamiyatning 
maqsadidan kelib chiqib, samaradorlik muammosining tub mohiyati 
o‘zgaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning asosiy 
maqsadi foyda olishga qaratilganligi sababli har bir iqtisodiy subyekt 
ko‘proq foyda olishga intiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda samarador­
likning bosh mezoni haqida ham turlicha fikrlar mavjud. Ayrim olim- 
lar ishlab chiqarish samaradorligining bosh mezoni foyda, boshqa 
birlari esa yalpi milliy mahsulot, sof mahsulot, uchinchilari milliy da­
romad, to‘rtinchilari esa qo‘shimcha mahsulot deb ko‘rsatadilar. Biz 
bu o ‘rinda sanab o‘tilgan fikrlaming qaysi biri to‘g‘ri ekanligi haqida 
batafsil to‘xtolmaymiz, lekin shuni aytish kerakki, ko‘pchilik olim- 
lar tomonidan bozor iqtisodiyoti sharoitida samaradorlikning bosh 
ko‘rsatkichi olingan foydaning xarajatlarga nisbati, ya’ni rentabellik 
yoki foydalilik darajasi bilan belgilanadi deb tan olinadi. 
Shuning
74


uchun ham ishlab chiqarish samaradorligi olingan foydaning (F)
ishlab chiqarishga sarflangan resurslar qiymatiga (I) nisbati bi­
lan aniqlanadi, 
ya’ni:
P
= — x 100%
/
?
bu yerda: R ’ - foyda normasi;
I - iqtisodiy resurs sarflari.
Misol uchun, A korxonada yil davomida 800 mln. so‘mlik resurs 
xarajat qilib, 200 mln. so‘m hajmida foyda olingan bo‘lsin. U holda 
foyda normasi 25% (200x100/800) ni tashkil etadi.
Ishlab chiqarish samaradorligi ko‘p qirrali masala bo‘lib, bu ayt- 
ilgan birgina asosiy ko‘rsatkichda, uni to‘la ravishda har tomonlama 
ifodalab bo‘lmaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligini 
to‘la ifodalashda unda qatnashgan omillaming unumdorligini, ular­
dan samarali foydalanish darajasini ifodalaydigan ko‘rsatkichlar 
tizimidan foydalaniladi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning manba va usullarini 
tavsiflovchi umumiy iqtisodiy qonunlardan biri vaqtni tejash qonuni 
hisoblanadi. 

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə