Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Vaqtni tejash qonuni - ishlab chiqaruvchi kuchlarning



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   623
Vaqtni tejash qonuni - ishlab chiqaruvchi kuchlarning
rivojlanib borishi bilan jamiyat tomonidan hayotiy ne’matlar
birligini yaratishga sarflanayotgan vaqtning qisqarib borishini
ifodalovchi umumiy iqtisodiy qonun. 
Vaqtni tejash ijtimoiy rivoj- 
lanishning iqtisodiy resurslarini umumlashtiruvchi darajasi hisobla­
nadi. Har qanday tejam oxir-oqibatda vaqtni tejashga borib taqaladi. 
Vaqtni tejash qonunining mazmuni jonli va buyumlashgan mehnatni, 
ya’ni muayyan davrda sarflangan ish vaqti jam g‘armasi hamda o‘tgan 
davrlardagi ish vaqti sarflarining natijasini tejashni o‘z ichiga oladi. 
Vaqtni tejash qonuni namoyon boiishining aniq shakli bo‘lib quyi- 
dagilar maydonga tushadi:
1) mehnat unumdorligining о ‘ sishi;
2) mashina va jihozlardan foydalanishning yaxshilanishi;
3) 
ishlab chiqarish material sig‘imining pasayishi;
4) xo‘jalik nisbatlarining optimallashuvi.
75


Bundan ko‘rinadiki, ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi 
ko‘rsatkichlardan biri mehnat unumdorligidir. 
Mehnat unumdorligi
deb ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish
qobiliyatiga aytiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotning (iste’mol
qiymatining) sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgi-
lanadi. 
Sarflangan mehnat miqdori esa ishlangan vaqt bilan, kishi 
kuni, kishi soati va h.k. bilan belgilanadi. Agar mehnat unumdorligini 
MU, mahsulotni M bilan, sarflangan ish vaqtini V bilan belgilasak
mehnat unumdorligi quyidagicha aniqlanadi:
M U  = M / V .
Mehnat unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi 
evaziga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. Misol 
uchun, «А» korxonada 40 kishi mehnat qilib, ular kun davomida 8 
ming dona mahsulot ishlab chiqargan bo‘lsinlar. U holda, bir kishi 
kunida Yaratilgan mahsulot 200 donani tashkil etadi. Agar mahsulot 
soni 10 ming donaga yetsa, u holda bir kishi kunida Yaratilgan mahsu­
lot 250 donani tashkil etib, mehnat unumdorligi 125% (250x 100/200) 
ga oshadi.
Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligi ko‘rsatkichidan 
ham foydalaniladi va uni ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning 
har bir birligi evaziga olingan mahsulot, daromad yoki foyda miqdori 
bilan aniqlanadi. Agar kapital unumdorligini - KU, ishlab chiqarishda 
qatnashgan kapital miqdorini - K, mahsulotni - M, yalpi daromadni
- YaD, foydani - F deb belgilasak, quyidagi formulalar hosil bo‘ladi:

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə