Mavzu: behbudiyning padarkush dramasida davr illatlarining fosh etilishi



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#142037
  1   2   3   4   5
Behbudiyning padarkush dramasida davr illatlarining fosh etilishi oo


MAVZU: BEHBUDIYNING PADARKUSH DRAMASIDA DAVR ILLATLARINING FOSH ETILISHI
MUNDARIJA:


KIRISH…………………………………………………………………………..3


I.BOB. «PADARKUSH» ASARINING RIVOJ TOPISHI. ASR BOSHIDAGI O’ZBEK ADABIYOTI, IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOT, MATBUOT VA ADABIYOT.
1.1. “Padarkush” asari haqida tushuncha……………………………………..6
1.2.XX asr adabiyoti. Mahmudxo’ja Behbudiy. “Padarkush” dramasi. Behbudiy o’zbek dramaturgiyasining asoschisi…………………………….…14


II.BOB.MAHMUDXO’JA BEHBUDIY«PADARKUSH»DAN BIR MONOLOG
2.1. M.Behbudiy haqida ma`lumot. XX asr adabiyoti haqida tushuncha..19
2.2. Behbudiy-ma`rifatparvar.”Padarkush”`fojiasi haqida...........................29


XULOSA...............................................................................................................34
FOYDALANILGANA DABIYOTLAR.............................................................35

KIRISH
XX asr boshlarida hayotdagi tub o’zgarishlarga monand holda o’zbek adabiyoti va san’atiga yangi janrlar muvaffaqiyatli ravishda kirib kela boshladi. Hayot va jamiyatda mavjud bo’lgan muammolar haqida chuqur o’ylaydigan, fikr yuritadigan yozuvchilar oldida mislsiz keng imkoniyatlar ochildi. Tashqi adabiy ta’sirlar mumtoz adabiy an’analarga tayanib kelgan mualliflar oldiga xarakter, shakl, uslub va tomoshabin (kitobxon) ga munosabat borasida yangi vazifalarni qo’ya boshladi. Iste’dodli ijodorkorlarning samarali izlanishlarida novatorlik kurtaklari yuz ko’rsatdi. XX asr boshlarida Markaziy Osiyodagi turkiy adabiyot aruz vazniga tayangan bo’lsa, asr so’ngida jahon adabiyotiga xos bo’lgan yuksak adabiy shakllar, uslublar yangi o’zbek adabiyotida ham tamoman o’ziga xos milliy qiyofada ustuvor o’rin tutmoqda.
Mana shu an’ana (tamoyil)lar doirasida ijod etgan mahalliy adiblar yangi o’zbek adabiyoti karvonining etakchilariga aylandilar. Jadid adabiyotining asoschilaridan bo’lgan Behbudiy Markaziy Osiyo ijodkorlari orasida birinchi milliy dramatik asar yaratdi. Ungacha mazkur xududda na turkiy, na forsiy tilda drama janrida birorta asar yaratilmagan edi. Bu Behbudiyning adabiyotga qo’shgan eng kata hissasi bo’ldi. Bundan tashqari u o’z vatandoshlariga til jihatidan ham, shakl jihatidan ham uncha murakkab bo’lmagan, yangi sharoit va muhitga mos keladigan nasr namunalarini yaratdi. Behbudiy davri uchun bu katta hodisa edi.“Padarkush” dramasi yaratilishiga qadar Behbudiyni san’atkor sifatida ko’rsatadigan yirik asarlari ko’p emas edi. O’sha vaqtgacha u ko’proq ma’rifatparvar adib, islom tarixi, geografiyasi hamda ijtimoiy hayot muammolarini yoritgan faol jurnalist va olim sifatida tanilgandi.Behbudiy 1911 yilda yozib tugatgan “Padarkush” dramasi rus tsenzurasidan o’tgandan keyin, 1913 yilda nashr qilindi. Drama bir yil mobaynida Samarqandning katta «Narodniy dom» rus teatrida namoyish etildi. Mazkur teatr binosiga odam sig’may ketgan edi.Qizil Armiya tomonidan Sovet boshqaruvi o’rnatilgunga qadar Behbudiyning ushbu asari Markaziy Osiyo bo’ylab juda ko’p shaharlarda namoyish etildi. Drama qisqa fursatda bir qancha yangi sahna asarlari yaratilishiga asos bo’ldi. Shuningdek, u keyingi pesalarning sahnalashtirilishi uchun bir tajriba namunasi bo’lib ham xizmat qildi.Zamonaviy drama adabiy janr sifatida yangi davr ma’rifatparvarlari nazdida o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lishi kerak edi. Ular ta’lim va ma’daniyatda yangi usul ( «usuli jadid») deb atalgan etakchi guruh a’zolari edilar. Amalda jadidlar deb atalsa-da, aslida oddiy xalq bilan hamnafas bo’lishga harakat qilardilar. Jamiyatni isloh qilish zarurligini yaxshi bilgan Behbudiy siyosiy harakatlari samara bermagach, madaniyat va san’at orqali xalq ongini uyg’otish, uni ma’rifatga olib borish mumkin deb hisoblagan edi.Zamonaviy drama shu davrdagi barcha hayotiy muammolar va mumtoz adabiyot an’analaridan ancha uzoq bo’lsa-da, u boshqa janrlarda yozilgan asarlardan farqli o’laroq ijro etish, ko’rsatish xususiyatiga ko’ra mahalliy aholi ko’ngliga birdek yo’l topa oldi. Mana shu muhim jihatiga ko’ra yosh o’zbek dramasi jamiyatda jiddiy islohotlar zarur bo’lib turgan bir paytda muhim ma’rifiy tarbiya vazifasini bajardi.Qoloq konservativ ruhoniylar va mahalliy rahbarlar qarshiligiga qaramasdan XX asr boshlarida bir guruh ijodkorlar tomonidan drama janri islohotlarni amalga oshirishdagi muhim vosita sifatida tanlanishi mantiqan to’g’ri edi. Lekin, nazarimda, Markaziy Osiyodagi ilk drama bo’lgan “Padarkush” uchun bunday murakkab mavzuning tanlanishi u darajada to’g’ri yo’l emasdi.Avvallari ham xalq orasida ko’rsatib kelingan ixcham milliy p’esalar, askiyalar, akrobatika kabi tomoshalar aslida hazil-mutoyibaga, engil yumorga, majozga boy bo’lib, odamlarni xursand qilish, ko’nglini olishga qaratilgan edi. Bunday hazillar, askiyalar orqali ko’pgina din peshvolari tanqid qilinardi. Yangi dramaturglar esa ruhoniylarga jiddiy munosabatda bo’lar, e’tiqodli din arboblarini tanqid qilishdan qochardilar. Shunga qaramasdan qoloq kishilar zamonaviy pesalardagi tarbiyaviy-ma’rifiy ruh tufayli Behbudiy va uning hamfikrlariga qattiq qarshilik ko’rsatishardi. Bunday munosabat nafaqat Turkistonda, balki O’rta Sharq, shuningdek, Osiyo, Ozarbayjon, Arabiston, Turkiyada yaratilgan ilk sahna asarlariga va barcha ko’rinishdagi komediyalarga nisbatan ham mavjud edi.Behbudiyning o’zi ixcham “milliy tragediya” deb ta’riflagan bu asar Turkistonda gunoh ishlarga yo’l ochib, turli jinoyatlarga sababchi bo’layotgan ayrim kishilar qismatiga ishora qiluvchi didaktik drama edi. O’z xalqiga mansub farzandlarni o’qitish, ma’rifatli qilish, jamiyatni yuksaltirishga har jihatdan qodir bo’lishiga qaramay, bu ezgu amallarni bajarishdan bosh tortgan kishilarning qismati haqidagi bashorat edi bu asar. Muallif asar g’oyasini keskin ziddiyatlar, to’qnashuvlar, xarakterlar kurashi asosida ko’rsatishdan ko’ra dramaning ayrim qismlarida ta’lim-tarbiya orqali mamlakatni rivojlantirish mumkinligini ko’p ta’kidlaydi va turkistonlik yoshlarning ilm olishdan bosh tortishlari yomon oqibatlarga olib kelishini ko’rsatishga, ya’ni didaktik tasvirga ko’p o’rin beradi.Dramaturg asosiy e’tiborini jinoyatga, diniy urf-odatlarga xilof bo’lgan, biri ikkinchisiga bog’liq qator gunohlarga qaratadi. Ularning noxush, yomon oqibatlarini badiiy adabiyot xulosalari orqali yo’qotib bo’lmasligiga diqqatni qaratadi.«Padarkush»ning sahna asari sifatidagi o’ziga xos fazilati shuki, muallif zamonasining mudhish va jirkanch illatlarini ochiq namoyish etganligi bilan belgilanadi.


Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə