Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   623
M = f ( N , K , L )
dan iborat bo‘ladi. Bu formula 
ishlab chiqarishga jalb qilingan omillaming, ya’ni sarflaming har 
birligi evaziga olingan mahsulotni bildiradi va e’tibomi kam resurs 
sarflab, ko‘proq mahsulot olish imkoniyatini qidirishga qaratadi. Un- 
dan tashqari, bu ko‘rsatkich har bir mahsulot birligini ishlab chiqar­
ishga va ko‘paytirish moijallangan mahsulot hajmini ishlab chiqar­
ishga qancha resurs sarfi talab qilinishini oldindan aniqlash imkonini 
beradi.
Ishlab chiqarishda foydalaniladigan turli xil omillar sarfini bir- 
daniga yoki ulaming ayrim turlarini ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulot 
hajmini ko‘paytirish mumkin. Lekin boshqa omillar va sharoitlar teng 
bo‘lgani holda ayrim omillar sarfini oshirish yo‘li bilan mahsulotni 
cheksiz ko‘paytirib bo‘lmaydi. Omillardan foydalanish va ulaming 
miqdorini oshirish evaziga olingan mahsulot uch xil o ‘lchanadi: umu­
miy mahsulot, o ‘rtacha mahsulot va so‘nggi qo‘shilgan mahsulot.
Umumiy mahsulot - jalb qilingan barcha ishlab chiqarish
omillaridan foydalanish evaziga olingan mahsulotning mutlaq
hajmi. 
Odatda korxona yoki yakka tartibdagi ishlab chiqaruvchi- 
ning faoliyati eng avvalo uning umumiy mahsuloti orqali bahola- 
nadi. Misol uchun, «А» korxonada 1 oy davomida barcha mavjud
66


resurslardan foydalangan holda 100 birlik mahsulot yaratildi, deb 
faraz qilaylik. Bu o ‘rinda 100 birlik hajmdagi umumiy mahsulot uni 
yaratishga sarflangan resurslar to‘g ‘risida m a’lumot bera olmaydi. 
Biz faqat ushbu korxona faoliyatini boshqa bir korxona faoliyati nati- 
jasiga taqqoslab, baholashimiz mumkin. Masalan, xuddi shu turdagi 
mahsulotni ishlab chiqaruvchi «V» korxonada bir oy davomida 80 
birlik mahsulot ishlab chiqarilgan, deylik. U holda, «А» korxonada 
«V» korxonaga nisbatan 1,25 baravar ko‘p umumiy mahsulot ishlab 
chiqarilgan, deb xulosa chiqarish mumkin. Biroq, bu mahsulot nima 
evaziga, qanday sarflar hisobiga Yaratilganligini ayta olmaymiz. Bu- 
ning uchun bizga ushbu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan 
omillar to ‘g ‘risida ham ma’lumot kerak bo‘ladi. Bu ma’lumotlardan 
foydalangan holda o ‘rtacha mahsulotni hisoblash mumkin.

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə