Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Ilmiy abstraksiya usuli - tafakkur va tahlil paytida xalal beri-



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   623
Ilmiy abstraksiya usuli - tafakkur va tahlil paytida xalal beri-
shi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalarni
fikrdan chetlashtirib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyati-
ga e’tiborni qaratishdir. 
Bu usul yordamida o ‘rganilayotgan voqea 
va hodisaning ichki, ko‘zga ko‘rinmaydigan mohiyati, uning asl maz- 
muni bilib olinadi.
Aslida har bir iqtisodiy jarayon yoki hodisa o‘nlab omillaming 
ta ’siri ostida ro‘y beradi. Mazkur jarayon yoki hodisaning chuqur 
mazmunini ochib berish maqsadida har bir omilni o‘rganish, bir 
tomondan, o‘ta mushkul va sermashaqqat hisoblansa, boshqa to- 
mondan, u qadar muhim bo‘lmagan jihatlami ham yuzaga chiqa- 
rib, tadqiqotchini voqeaning asl mohiyatidan chalg‘itadi. Shunga
36


ko‘ra, tadqiqotchi uchun jarayon va hodisalami ilmiy tahlil qilishda 
birinchi darajali, ahamiyatli va asosiy omillami ajratib olib, diqqat 
m arkazini 
shunga qaratish muhim hisoblanadi. Bu harakatlar amalda 
tadqiqotchining ongida, fikran va muntazam ravishda sodir bo‘ladi. 
Aynan shu jarayon ilmiy abstraksiyalashdir.
Ilmiy abstraksiyalash natijasida hodisa va jarayonlaming eng 
umumiy xususiyat va aloqalarini namoyon etuvchi ilmiy tushuncha 
- kategoriyalar ishlab chiqilishi mumkin. Masalan, dunyoda ishlab 
chiqarilayotgan millionlab turlicha tovarlaming tashqi xossalaridagi 
ko‘plab tafovutlardan abstraksiyalashgan holda, biz ulami yagona 
iqtisodiy kategoriya - tovar tushunchasi orqali ifodalaymiz. Bunda 
turli tovarlami birlashtiruvchi eng asosiy jihat - bu sotish, ayirbosh­
lash uchun ishlab chiqarilgan m ahsulot ekanligini qat’iy e ’tirof 
etamiz. Biroq, ilmiy abstraksiyalash uchun tadqiqotchi muayyan 
hodisa va jarayonning mazmun-mohiyatiga oid bilimlar bilan yetarli 
darajada qurollangan bo‘lishi lozim. Aks holda, u asosiy va ikkilam- 
chi darajali omillami to‘g ‘ri ajrata olmay, pirovardida noto‘g‘ri xu- 
losa chiqarishiga olib keladi.
Ilmiy bilishning muhim usullaridan yana biri - tahlil va sintez usu- 
lidir. Tahlil va sintez deyarli barcha fanlar uchun samarali qo‘llash 
mumkin bo‘lgan usullardan biri hisoblansada, uning iqtisodiy fanlar 
uchun ahamiyati juda beqiyosdir.

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə