Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   623
2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar 
- insoniyat jamiyati 
taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qo­
nuni, taklif qonuni va qiymat qonuni. Bu qonunlar tovar-pul munosa- 
batlari mavjud bo‘lgan bosqichlarda amal qiladi.
3. Maxsus, o‘ziga xos iqtisodiy qonunlar 
- alohida olingan iqti­
sodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, qo‘shimcha qiymat qonuni.
Iqtisodiy qonunlaming yuqorida sanab o‘tilgan guruhlarini bir-biri- 
dan farqlash uchun quyidagi shartli rasmdan foydalanamiz (1,3-rasm).
K ishilik jam iyatm ing rivojlanish bosqichlari





... va hokazo
-------
1-------------1-------------1-------------1-------------1---------------1--------------- 5
Maxsus iqtisodiy qonunlar
________ У
Davriy iqtisodiy qonunlar
Umumiy iqtisodiy qonunlar
1.3-rasm. Iqtisodiy qonunlarning turkumlanishi
33


Rasmdan ko‘rinadiki, kishilik jamiyatining rivojlanishi bir necha 
bosqichlami bosib o ‘tib, ular 1, 2, 3, ... va h.k. tartibida belgilangan. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, maxsus iqtisodiy qonunlar bu bosqichlar- 
ning har biri uchun alohida tarzda amal qilib, ular mazmunan bir-biri- 
dan farqlanadi. Davriy iqtisodiy qonunlar esa taraqqiyotining bir necha 
(bizning rasmda 3 ta) bosqichi uchun tegishli boiadi va ularda amal 
qiladi. Umumiy iqtisodiy qonunlar kishilik jamiyati taraqqiyotining 
barcha bosqichlarini qamrab olib, ulaming hammasida amal qiladi.
Iqtisodiy qonunlaming har qaysisi o‘zicha amal qilmaydi, balki 
ular bir-birlari bilan chambarchas bog‘liqlikda amal qiladi, ulaming 
biri ikkinchisini taqozo etadi. Shuning uchun ulami birgalikda iqti­
sodiy qonunlar tizimi deb yuritiladi. Iqtisodiy qonunlar yoki ulaming 
tizimi o ‘zgarmas narsa emas, balki ular ma’lum bir tarixiy sharoitda 
vujudga keladi, rivojlanadi va ma’lum sharoitda yo‘q bo‘lib ketadi. 
Masalan, qiymat qonuni, talab va taklif qonunlari, natural ishlab 
chiqarish davrida amal qilmagan. Tovar ishlab chiqarish va pul orqali 
ayriboshlash rivojlangan davrdan boshlab amal qilmoqda. Bir zamon- 
lar kelib, ishlab chiqarishning tovar shaklidan boshqa shakliga o ‘tilsa, 
bu qonunlar yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.
Iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiyot nazariyasi fani 
iqtisodiy jarayonlaming alohida tomonlarini tavsiflaydigan iqtisodiy 
kategoriya (ilmiy tushuncha)lami ham ta’riflab, ulaming mazmunini 
ochib beradi.

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə