Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


 Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   623
1.3. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini aniqlashga oid masala- 
ning yechimi juda murakkab bo‘lib, bu haqda o ‘tmishda ham, hozir 
ham turli olimlar har xil fikrlar bildirib kelmoqdalar. Masalan, Aris- 
totel bu fanga uy xo‘jaligini boshqarish qonunlari to‘g‘risidagi fan 
deb qaragan bo‘Isa, merkantilistlar, fiziokratlar va ingliz klassik iqti­
sodiy maktabi vakillari unga boylik to‘g ‘risidagi, uning manbalari va
28


ko‘paytirish yo‘llari, boylikni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirbosh­
lash va iste’mol qilish to‘g‘risidagi fan deb qaradilar. Keyingi paytda 
mazkur fanni xalq xo‘jaligi, ijtimoiy xo‘jalik to‘g ‘risidagi fan deb 
ham hisoblamoqdalar. Ayrimlar iqtisodiyot nazariyasi fanini moddiy 
hayotiy vositalami ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqarish qo- 
nunlari to‘g‘risidagi fan deb ko'rsatadilar. A.Marshall esa iqtisodiyot 
nazariyasi (siyosiy iqtisod) fanining predmeti insoniyat, jamiyatning 
m e’yordagi hayotiy faoliyatini tadqiq qilishdan iborat, deb yozadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani siyosiy iqtisod nomi bilan yuritilgan 
davrda qator darsliklarda va ayrim asarlarda uning predmeti mod­
diy ne’matlami ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida sodir 
bo‘ladigan munosabatlami o ‘rganishdan iborat, deb ko‘rsatilgan edi.
AQSH va boshqa ba’zi bir mamlakatlardan kirib kelgan «Eko- 
nomiks» darsliklarida (iqtisodiyot nazariyasi «Ekonomiks» deb yuri­
tilgan darsliklarda) bu fanning predmeti kishilaming moddiy ehtiyoj­
larini to ‘laroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan samarali 
foydalanish muammolarini tahlil qilish, kishilaming iqtisodiy xatti- 
harakatlarini o‘rganishdan iborat, deb ko‘rsatilgan.
Bozor iqtisodiyotiga o ‘tilayotgan hozirgi davrda Rossiya Fede- 
ratsiyasida chop etilayotgan turli iqtisodiyot nazariyasi darsliklari­
da bu fanning predmeti bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan ta’riflar 
berilmoqda (1.1 -j adval).

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə