Toshkent farm atse vtikainstituti


MEKSIKA BANGIDEVONASI - DATURA



Yüklə 136 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/138
tarix28.11.2023
ölçüsü136 Kb.
#133372
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   138
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

MEKSIKA BANGIDEVONASI - DATURA
INNOXIA MILL
Meksika bangidevonasi -
Datura innoxia Mill.; 
ituzumdosh- 
lar -
Solanaceae 
oilasiga kiradi.
Ko‘p yillik (o‘stiriladigani bir yillik), bo‘yi 60-150 sm ga 
etadigan o‘t o ‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, yashilroq yoki qizg‘ish- 
binafsha rangli, sertuk, ayrisimon shoxlangan. Bargi oddiy, 
bandli, kulrang-yashil, tuxumsimon yoki cho‘ziq-tuxumsimon, 
o‘tkir uchli, tekis qirrali yoki cheti bir oz o‘yilgan va poyada 
ketma-ket joylashgan bo‘lib, boshni aylantiruvchi yoqimsiz hidi 
bor. Gullari yirik, oq, faqat bir kecha gullaydi. Gulkosachasi 
sertuk, besh tishli, shishgan va uzun naysimon, asos qismi meva 
bilan birga qoladi, gultojisi naycha shaklidagi voronkasimon, 
besh tishli bo‘lib, uchlari qayrilgan; otaligi 5 ta, onalik tuguni 
yuqoriga joylashgan. Mevasi - ko‘p urug‘li, sharsimon, kulrang- 
yashil yoki qo‘ng‘ir rangli va tikanli ko‘sakeha.
Meksika bangidevonasi iyul-oktyabr oy lari da gullaydi, 
mevasi avgust oyidan bosh lab pishadi.
0 ‘simlikning hamma qismi zaharli.
Geografik tarqalishi. 
Vatani Markaziy va Janubiy Amerika. 
Poltava va Chimkent viloyatlarida, Krasnodar oikasida, Qrimda 
va Moldova respublikasida o‘stiriladi.
Mahsulotning 
tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot maydalab 
qirqilgan meva va urug‘dan iborat. Urug‘ kiyshiq, buyraksimoti,
1

7


qirrasida egri-bugri o‘simtalari bo‘lib, ustki tomoni mayda 
chuqurchali, xira k.ulrang-qo‘ng‘ir yoki och sariq, uzunligi 4-5 
mm, eni 3,5-4 mm, qalinligi 1-1,5 mm. Urug‘i hidsiz, sho‘rtang 
mazasi bor.
Maydalab qirqilgan meva shakli va ko‘rinishi har xil qo‘ng‘ir- 
yashil bo‘lakchalardan iborat. Urug‘ o‘mi oqish-sariq, ustki 
tomoni g‘ovak so‘rg‘ichlar bilan qoplangan. Meva po‘stida o‘tkir 
uchli, ingichka. juda ko‘p tikanlar bo‘Iadi. Kosachabargining 
asos qismi hamda mevasi, bandi sertuk. Mevasining o‘tkir, 
narkotik hidi bor. Mahsulot narnligi 12%, umumiy kuli 5%, 
organik aralashmalar 1,5% va mineral aralashmalar 1% dan 
oshiq, skopolamin alkaloidimng miqdori 0,2% (mevada) - 0,3% 
(urug‘da) dan kam bo‘lmasligi kerak.

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə