Toshkent farm atse vtikainstituti



Yüklə 136 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/138
tarix28.11.2023
ölçüsü136 Kb.
#133372
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   138
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Mahsulotning 
tashqi 
ko^rmishi. 
Tayyor 
mahsulot 
ildizpoyadan va yer ostki yotiq novdadan tashkil topgan. Novdalar 
uzunligi 5-15 sm, diametri esa 0,6-1,5 sm. Ildizpoyanmg ustki 
tomoni kuirang-qo‘ng‘ir, ichi esa och sariq rangli bo‘ladi. 
Mahsulot hidsiz b o iib , og‘izni 
lovullatuvchi 
achchiq mazasi bor.
Kimyoviy tarkibi. 
Mahsulot tarkibida 0,8% gacha yurak 
glikozidlari, tanin, kauchuk, oz miqdorda alkaloidlar, organik 
kislotalar, triterpen (oleanol kislota, amirin, lupeol va boshqalar) 
hamda boshqa birikmalar b o iad i.
133


Ildizpoya 
va 
stolonidan 
0,17-0,50% 
gacha 
simarin 
(gidrolizlanganda simaroza kandigav va strofantidin aglikoniga 
parchalanadi), 
apokannozid, 
sinokannozid, 
0,33% 
gacha 
K-strofantin-b va boshqa yurak glikozidlari ajratib olingan. 
U rug‘ida 0,35%, bargida esa kam miqdorda yurak glikozidlari 
bor.
IsMatilishi. 
Nashasimon ken dir o ‘simligining preparatlari 
yurak kasalliklarida (qon aylanishining II va III darajali 
buzilishida) 
ishlatiladi. 
Bu 
o ‘simlik 
preparatlari ni 
chet 
mamlakatlardan keltiriladigan strofant o ‘simligi preparatlari 
o ‘m ida ishlatish tavsiya etilgan. 1 g simarinning biologik kuchi 
38000-44000 LED yoki 5600-6900 KED b o ‘lishi kerak.
Dorivor preparatlari. 
Simarin standart.
Nashasimon Kendir o‘simligimug o‘stirish texnologiyasi
Birinchi marta 1953 yilda 0 ‘zbekistonning «Botanika» 
bog‘ining 
oiimlari 
tomonidan 
iqlimlashtirilgan 
o‘simlik 
hisoblanadi. Bizning sharoitimizda o ‘simlikni ildizidan va 
urug‘idan k o ‘paytiriladi.
Nashasimon Kendir o ‘sirnligi unurndor, o ‘rtacha mexanik 
tarkibli, yorug‘ va nami etarli yerlarda yuqori hosil beradi.
0 ‘simlikning ildizi tuproqning 2. metrli qatiamigacha etib 
boradi. Nashasimon Kendir ekiladigan yerlam i ishlashda 
tuproqning yuqori qatlamini sifatli qilib haydash lozim. Er 
yumshatilganda, haydalma qatlam tuprog‘ining fizik xossalari 
hamda suv, havo, issiqlik va oziq rejimi yaxshilanadi va nam 
tuproq to ‘planadi. Nashasimon Kendim ingvegetatsiondavri uning 
yoshiga qarab davom etadi. T o‘rt yillik o‘simlikning rivojlanish 
sikli 175-180 kunni tashkil qiladi. 0 ‘simlikni yaxshi parvarish 
qilinsa bir dalada 6-8 yil o ‘sishi va hosil berishi mumkin. 0 ‘simlik 
ekiladigan m aydonlami kuzda tayyorlanadi. Uning ildizlarini 
yaxshi rivojlanishi uchun yer haydash oldidan gektariga 20-25 
tonnadan organik o ‘g ‘it va 50 kg dan superfosfat o ‘g ‘iti berib, 28-
134


30 sm chuqurlikda haydab qo‘yi!adi. Erta bahorda nashasimon 
Kendir ekiladigan maydonlar borona, mola kabi mexanizmlar 
yordamida tekislanadi va begona o ‘tlar ildizlaridan tozalanadi,
0 ‘simlik urug‘ini mart oylarining birinchi o ‘n kunligida 
sabzavot ekiladigan uskunalar yordamida qator oralarini 60- 
70 sm dan qilib 3-4 sm chuqurlikda ekiladi va gektariga 6-8 kg 
dan urug‘ sarftanadi. Urug‘ ekilgan maydonlar maysalar unib 
chiqqungacha doimo nam holatda saqlanishi tavsiya qilinadi. 
Buning uchun urug‘ ekilgandan keyin darhol kam normada, 
tuproq yuvilib ketmaydigan qilib sug‘oriladi.
U rug‘lar 10 darajadan yuqori haroratda 10-12 kundan keyin 
unib chiqadi va uning chin barglari 7-9 kunda paydo bo ‘la 
boshlaydi. 0 ‘simlikni parvarish qilish ko ‘chatlar hosil b o ‘lgandan 
keyin boshlanadi. Paykallar o‘toq va yagana qilinadi. Qator 
oralari kultivatsiya yordamida juda ehtiyotlik bilan (o‘simlik 
tuproq ostida qolmasilgi uchun) yumshatiladi. 0 ‘simlikni birinchi 
oziqlantirish maysalar unib chiqqandan keyin gektar hisobiga 40 
kg dan azot va 30 kg dan kaliy o ‘g ‘iti berishni tavsiya qilinadi.
Nashasimon Kendir oziqa elementlarga juda talabchan 
bo ‘lganligini hisobga olib, ikkinchi oziqlantirishda gektariga 40 
kg azot, 20 kg dan fosfor, kaliy o‘g ‘iti berish bilan tugatilaai. 
Oziqlantirish har bir sug‘orishdan oldin amalga oshirilishi 
kerak. 0 ‘simlikni oralariga ishlov berish, sug‘orish va o ‘g ‘itlash 
natijasida vegetatsiya oxirida k o ‘chatlaming bo ‘yi 40-50 sm 
ga etadi. Uning ildizim tez o‘sishi natijasida uzunligi 50-55 sm 
gacha etib boradi. Vegetatsiya davomida birinchi yili 8-10 marta 
sug‘oriladi. Nashasimon Kendir ikkinchi yili erta bahordan 
o‘sa boshlaydi. K o‘chat oralari begona o ‘tlardan tozalanadi, 
kultivatsiya yordamida gektar hisobiga 40 kg dan azot va 30 kg 
dan forfor o ‘g ‘iti berib sug‘orishga tayyorlanadi. Vegetatsiya 
oxirida uning bo‘yi 1 metrga etadi va ildizi esa 100-150 sm 
chuqurlikkacha etib, vazni o g ‘irlashib boradi. Vegetatsiya 
davomida 6-7 marta sug‘oriladi.


Nashasimon Kendimi vegetativ yo ‘l bilan k o ‘paytirish 
maqsadga muvofiq boMadi. Uni qalamchalardan k o ‘paytirish 
uchun bahorda tuproq harorati 14-16 daraja issiq bo Uganda 3-4 
yillik plantaisiyadagi o ‘simliklarni ildizini 30-35 sm kovlab, 
ulardan 10-15 sm li qalamchalar tayyorlanadi va 60 x 30, 70 x 70 
sxemada ekiladi. 0 ‘rtacha bir gektar maydonga 4-5 sentner ildiz 
sarfianadi yoki 21-28 mingta qalamchalami tuproqning mexanik 
tarkibiga qarab 7-10 sm chuqurlikda ekiladi. Ekishdan oldin 
gektar hisobiga 40-50 kg azot va 40 kg dan fosfor o ‘g ‘iti berish 
bilan yerlar yumshatiladi va begona o ‘tlardan tozalanib sug‘orish 
jo ‘yaklari olinadi. Ikki, uch oy o ‘tgach ekilgan kalamchalardan 
8-10 ju ft barg paydo b o ‘ladi. Birinchi yili gullashi mumkin, lekin 
urug‘ hosil qilmaydi.
Ikkinchi yildan boshlab o ‘simlik urug‘ bera boshlaydi. 
Uchinchi va to'rtinchi yili o‘simlikning ildizlari ko ‘payib 
og‘irlashib boradi.
Vegetatsiya davomida 5-6 marta sug‘oriladi va gektariga 
o ‘rtacha 110 kg azot, 70 kg fosfor va 50 kg kaliy o ‘g ‘iti bilan 
oziqlantirilsa yaxshi natija olinadi

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə