о ‘sib chiqqan bo‘lib, cherepitsasimon joylashgan, ustki tomoni
sertukli chiziqsimon o ‘rama barglar bilan qoplangan. Gullari
mayda, savatcha chetidagilari naychasimon, bir jinsli (onalik
gullar), o ‘rtadagilari - voronkasimon, ikki jinsli. Yuqoridagi
guloldi barglari bandsiz, cho‘ziqsimon, tekis qirrali, pastkilari uch
b o ‘lakli, b a’zan ikki-uch marta patsimon ajralgan. Mahsulotda
gul hosil qilmaydigan serbargli poyalar b o ‘lishi mumkin.
Poyalari yashil-kulrang, barglari - yuqoridan kulrang-yashil,
pastki tomoni kumushsimon-kulrang, gullari sariq rangli bo‘lib,
kuchli, o ‘ziga xos yoqimli hid va xushbo‘y achchiq mazaga ega.
Barglari uzun bandli, uchburchak-dumaloq shaklli, ikki-uch
marta patsimon ajralgan yoki bandsiz uch bo‘lakli va patsimon
ajralgan. Barg bo ‘lakchalari ipsimon-cho‘ziq shaklli, o ‘tmas
uchli, tekis qirrali, uzunligi 10 sm gacha b o ‘lib, ikki tomonidan
tuklar bilan qoplangan.
Barglarining yuqori tomoni - kulrang-yashil, pastki tomoni
kumushsimon-kulrang b o ‘lib, kuchli o ‘ziga xos xushbo‘y hid va
achchiq mazaga ega.
Mahsulotning achchiqlik к о ‘rsatkichi 1 : 10000 gateng.
XI DF ga ko ‘ra mahsulot namligi 13%, umumiy kuli 13%,
10% li xlorid kislotada yerimaydigan kuli 3% (barglar uchun 4%,
qoraygan qismlar 3%, diametri 3 mm dan y o ‘g ‘on bo‘lgan poyalar
(er ustki qismi uchun) 3%, teshigining diametri 7 mm li elakdan
o ‘tmaydigan yirik bo‘laklar (qirqib maydalangan mahsulot
uchun) 10%, teshigining diametri 0,5 mm (qirqilgan barglar
uchun) yoki 0,310 mm (qirqilgan yer ustki qismi uchun) elakdan
o'tadigan maydalangan qismlar 10%, organik aralashmalar 2%
(barglar uchun 1%) va mineral aralashmalar 1,5% (barglar uchun
1%) dan ortiq hamda 70% li spirtda yerib ajralib chiqadigan
ekstraktiv moddalar miqdori 20% (barglar uchun 25%) dan kam
bo‘lmasligi kerak. Mahsulotga oddiy shuvoq -
Dostları ilə paylaş: