Sumsk va Jitomir viloyatlarida), Qrimda, shuningdek, Krasnodar
o'lkasida, Voronej viloyatida, Belorus va Moldova respublikalarida
o ‘stiriladi.
Qalarnpir yalpizning ikki tur xili bor: qora qalampir yalpiz va oq
qalampir yalpiz. Oq qalampir yalpizning poya va tomirlari oq yashil,
qora qalampir yalpizning poya va tomirlari esa qizil-binafsha rangda
bo‘ladi.
Dorivor mahsulot sifatida asosan qora qalampir yalpiz tur xili
o ‘stiriladi. Yalpizning oqtur xilining hidi nozik va yoqimli bo‘lgani
uchun u parfyumeriya (atir-upa) va oziq-ovqat sanoati uchun
o‘stiriladi.
V1LR ning Ukrainadagi va boshqa ZOS lardagi seleksionerlari
qalampir yalpizning ko‘p efir moyi va mentol beradigan serhosil
541-sonli,
«Prilukskaya-6«,
«Krasnodarskaya-2» va boshqa
yangi navlarini etishtirdilar. Bu navlar sovuqqa chidamli bo‘lib,
zam burugiar bilan deyarli kasallanmaydi.
Dostları ilə paylaş: