XI DF ga ko‘ra barg tarkibida (bargni saqlash davrida efir
moyining uchib ketishmi nazarda tutgan holda) 1% dan kam efir
moyi boTmasligi kerak.
Efir moyi
0
‘simlikning yer ustki qismidan suv bug‘i yordamida
hay dab olinadi. Moy tiniq rangsiz yoki och sariq suyuqlik boTib,
hushbo‘y hidga va og‘izni uzoq muddatgacha sovitadigan o ‘tkir
mazaga ega.
XI DF ga ko‘ra qalampir yalpizdan olinadigan efir moyiniig
zichligi 0,900-0,910, refraksiya soni 1,459-1,470, qutblangan nur
tekisligini og‘dirish burchagi - 18° ( - 20° - 32°), kislota soni 1,30
gacha va efir soni 11,5 dan yuqori (4% dan kam boTmagan mentol
atsetat murakkab efiriga to‘g ‘ri keladi) boTishi lozim.
Efir moyi sovitilsa, uning stearoptini - mentol kristali holida
ajraladi. Moy tarkibida 41-70% mentol, 6-25% menton, pinen,
limonen, dipenten, fellandren, sineol, pulegon, yasinin hamda 4-9%
mentolning sirka, valeriana va boshqa kislotalar bilan hosil qilgan
efirlari boTadi.
XI DF ga ko‘ra efir moyi tarkibida yerkin va murakkab efir
holidagi mentolning umumiy miqdori 50% dan kam boTmasligi
kerak.
Qalampir yalpiz tarkibida efir moyidan tashqari, 40 mg %
karotin, gesperidin, evpatorin va boshqa fiavonoidlar, betain, 0,3%
ursol va 0,12% oleanol kislotalar bor.
Dostları ilə paylaş: