M ahsulotning
tashqi ko‘rinishi,
Tayyor mahsulot sariq-
kulrang yoki qo‘ng‘ir-kulrang qo‘shaloq pistadan iborat. Meva uzun
bandli, tuxumsimon yoki teskari noksimon, asos qismi keng bolib,
uchki qismiga qarab toraya boradi. Meva uzunligi 3-5 mm, eni (asos
qismi bo'yicha) 2-3 mm. Pishgan mevasini ikki bo‘lakka (o‘rtasidan
uzunasiga) ajratish mumkin. Har qaysi meva bo‘lagi ichida
bittadan (meva po‘stiga yopishgan) urug‘i bo‘ladi. Meva bandining
yuqori qismi ayrisimon bo‘lib, har qaysi qismiga meva bo‘laklari
o‘mashgan. Mevaning yuqori qismida besh tishli gulkosachasi va
ikki tomonga egilgan onalik ustunchasi saqlanib qolgan. Yarimta
mevalarning ichki tomoni tekis, bir biriga tegib turadi, ustki tomoni
esa do‘ng bo‘lib, 5 ta uzunasiga joylashgan qovurg'alarga ega.
Qovurg‘alarning ikkitasi chetki hisoblanadi. Mevadagi tuklar juda
mayda, ular faqat lupa yoki mikroskop ostida k o ‘rinadi.
Mahsulot o ‘ziga xos xushbo‘y hidga va shirin - o ‘tkir mazaga
ega.
XI DF ga ko‘ra mahsulot namligi 12%, umumiy kuli 10%, 10%
li xlorid kislotada yerimaydigan kuli 2,5%, singan va pishmagan
mevalar 5%, boshqa efir moyli o‘simliklarning xushbo‘y hidli va
arpabodiyon boshqa turlarining mevalari aralashmasi 1%, organik
aralashmalar, jumladan, arpabodiyon poyasi aralashmasi va boshqa
o ‘simliklaming xushbuy hid bennaydigan mevalari 1% hamda
mineral aralashmalar va teshigining diametri I mm bo‘lgan elakdan
o ‘tadigan qismlar 1% dan oshmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: