Efir moyi tarkibida 80-90% stearopten-anetol, 10% metilxavikol,
anis aldegid, anis keton va anis kislota hamda boshqa terpenlar
uchraydi.
Agar efir moyi yorugTikda uzoq saqlansa, moy buziladi. Anetol
oksidlanib, anis aldegidga, so‘ngra anis kislotaga o‘tishi mumkin.
Shu tufayli moyning kislotaliligi oshib ketadi va u buziladi.
Ishlatilishi.
Arpabodiyon mevasi preparatlari va moyi tibbiyotda
bronxit kasalligida balg‘am ko‘chiruvchi, ichak faoliyatini
yaxshilovchi, el haydovchi dori sifatida hamda farmatsevtikada
dorilar mazasini yaxshilash uchun ishlatiladi.
Arpabodiyon urugTdan olingan moy sovun pishirishda keng
qoTlaniladi. Mevasi va efir moyi oziq-ovqat sanoatida, anetol esa
parfyumeriyada shlatiladi.
Dorivor preparatlar.
Arpabodiyon efir moyi. Arpabodiyon efir
moyi ko‘krak eliksiri va nashatir arpabodiyon tomchisi tarkibiga
kiradi.
Arpabodiyon mevasi ich yumshatuvchi va ko‘krak og‘rig‘iga
qarshi ishlatiladigan yig‘malar - choylar tarkibiga kiradi.
Arpabodiyon efir moyi anizet
- Pimpinella anisetum Boiss.
0 ‘simligi mevasidan ham olinadi. Anizet ikki yillik o‘t о‘simlik
sifatida o‘stiriladi. Bu o‘simlik mevasi tarkibida 8% dan ko‘proq efir
moyi boTadi. Efir moyi tarkibida esa 77-87% anetol bor.
Arpabodiyon efir moyiga o‘xshagan bir xil kimyoviy tarkibga ega
boTgan efir moyi tropik mamlakatlarda (Xitoy, Yaponiya, Vetnam
va boshqalar) uchraydigan va o ‘stiriladigan doim yashil
Dostları ilə paylaş: