Toshkent farm atse vtikainstituti



Yüklə 136 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/138
tarix28.11.2023
ölçüsü136 Kb.
#133372
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   138
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Mahsulot tayyorlash. О
‘simlik bargi yil bo‘yi vig‘iladi. Yupqa 
qilib yoyib, soya yerda quritiladi yoki quritmay ishlatiladi.
Kimyoviy tarkibi. 
Mahsulot tarkibida aukubin (rinantin) 
glikozidi, achchiq, shilliq va oshlovchi moddalar, flavonoidlar 
(apigenin, gomoplantagenin, lyuteolin va skutellyarein glikozidlari 
va boshqalar), karotin hamda askorbin, limon kislotalar, faktor T va 
vitamin К boTadi.
Ishlatilishi. 
Zubturum o ‘simligining dorivor preparatlari 
yallig‘lanishga qarshi va balg‘am ko‘chiruvchi vosita (barg 
damlamasi) sifatida, m e’da-ichak kasalliklari (surunkali gipoatsidli 
gastrit, normal va kam kislotalik sharoitdagi m e’da-o‘n ikki barmoq 
ichak yarasi)ni (plantoglyusid preparati), anatsid gastrit, surunkali 
va tuzalishi qiyin bo ‘lgan kolit hamda yaralarni (quritilmagan bargi 
va burga zubturumning quritilmagan yer ustki qismining shiralari 
birgalikda) 
davolashda
qoilaniladi.
Dorivor preparatlari. 
Damlama, nastoyka, yangi yig‘ilgan, 
quritilmagan bargnmg konservatsiya qilingan shirasi, plantoglyusid 
preparati, barg briketi.
Barg yo‘talda beriladigan choylar - yig‘malar tarkibiga kiradi.
Tibbiyotda katta zubturum bilan bir qatorda o ‘rta hamda 
lansetsimon zubturum o ‘simliklari ham ishlatiladi.
0 ‘rta zubturum - Plantago media L. 
0 ‘simligi bargining har 
ikki tomoni tukli va bandi kalta boTadi.
Lansetsimon zubturum -Plantago lanceolata L. 
0 ‘simligining 
bargi lansetsimon boTib, uzunligi 15 sm, eni - 2-2,5 sm.
Katta zubturumni o ‘stirish texnologiyasi
0 ‘zbekiston respublikasining barcha tuproq va iqlim sharoitida 
katta zubturum o ‘simligini ekib o'stirish mumkin. Uning yaxshi 
o'sishi va rivojlanishida tuproqning mexanik tarkibi o‘rtacha, ariq
201


suvlari yaqin va begona o‘t!ardan tozalangan yerlar ajratilishi lozim. 
Katta zubturum o‘simligi ekiladigan maydonlar asosan kuzda, yer 
haydash oldidan gektar hisobiga 20-25 tonna go‘ng, 50 kg dan sof 
superfosfat o ‘g ‘iti berib, 22-25 sm chuqurlikda haydab qo‘yiladi.
О‘simlik ko‘p yillik bo‘Iganligi uchun uni kuzda va erta bahorda 
ham ekish mumkin.
Agar katta zubturum o‘simligini kuzda ekilsa, yerni ekishdan 
25-30 kun oldin haydab qo‘yiladi. Begona o ‘tlar paydo bo‘lishi 
bilan kultivatsiya va boronalash o ‘tkaziladi.
Kuzda urug‘lar startifikatsiyalanmasdan quruq holda keng 
qatorlab ekiladi. Bunda urug‘ qadash chuqurligi 0,5-1,5 sm dan 
oshmasligi kerak.
Kuzda va bahorda ekiladigan urug‘laming qadash chuqurligi 
0,5-1,5 sm, ekish normasi gektariga 5-6 kg va unuvchanlik darajasi 
70-80% dan kam boim asligi kerak.
Urug'lami sabzavot ekadigan seyalkalarda ekiladi. Ko‘chat 
qalinligi 1 metrda 8-10 ta tup bo‘lishi kerak.
Urug‘lar erta bahorda ekiladigan bo‘lsa, ekish oldidan ulaming 
unib chiqish qobiliyatini tezlashtirish maqsadida (nam qumda 18- 
20°S haroratda 1-2 kun saqlanadi) stratifikatsiya qilinadi, kuzda 
ekiladigan bo‘lsa, um g‘ stratifikatsiya qilinmaydi. 0 ‘zbekistonning 
iqlim sharoitida katta zubturum o‘simligini kuzda ekilsa kam mehnat 
sarflanadi, ishonchli va to‘liq ko‘chatlar hosil qilish imkoniyati 
tug‘iladi.
Kuzda ekiladigan um g‘lar erta bahorda va bahorda ekilganlari 
esa, 10-12 kunda ko‘karib chiqadi. О ‘simlik ekilgan dalalardan 
foydalanish davomiyligi 3-4 yil. Katta zubturum о ‘ simligini parvarish 
qilish o ‘simlikda chinbarglar hosil bo‘lgandan keyin ularni tuproqqa 
qo‘shilib ketmasligi uchun ehtiyotkorlik bilan kultivatsiya qilib yer 
yumshatiladi. Begona o ‘tlardan tozalanadi va yagana qilinadi.
Vegetatsiya davomida o‘simlikning rivojlanishini e’tiborga 
olib ikki marta gektar hisobiga o‘rtacha 90 kg azot, 40 kg fosfor 
va 40 kg kaliy o ‘g‘iti bilan oziqlantiriladi. Ikkinchi va keying! 
yillarda ham shonalash davrida va bargini yig'ib olingandan
202


so'ng kultivatorlar yordamida ikld marta mineral o ‘g ‘itlar bilan 
oziqlantiriladi. Oziqlantirish sug'orishdan oldin amalga oshiriladi. 
Mavsum davomida harorat va namgarchilikni hisobga olgan holda 
10-12 marta sug‘oriladi va tuproqni yumshatish va begona o ‘tlami 
yo‘qotish uchun 4-5 marta kultivatsiya qilinadi.
Katta zubturum ekilgan maydonlarda yuqori darajada sifatli 
agrotexnik tadbirlami amalga oshirilsa, gektaridan 1,5-2 tonna 
quruq barg yig‘ib olish mumkin.

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə