Kuzda ekilganlarining unishi yaxshi bo‘ladi. Bahorda ekilgan
o ‘simiik qivg‘och unishi uchun urug‘ 2-3 soatga 20-25 daraja issiq
suvda ivitib qo‘yiladi. Keyin suv bir oz sovigandan so‘ng to‘shalgan
brezent yoki bo‘z ustiga yupqa qilib yoyiladi, tez qurishi uchun tez-
tez aralashtirib turiladi. Sochi luvchanlik xususiyatga ega boMgandan
keyin ekishga kirishiladi.
Urug‘lami sabzavot ekadigan seyalkalarda 1-2 sm chuqurlikda
tuproqqa qadaladi. Egatlar oralig‘i 60-70 sm va о ‘simlik oralig‘i
10-12 sm qiHb ekiladi va gektariga 10-12 kg urug‘ sarfianadi. Unib
chiqqan maysalarda 3-5 ta chin barg hosil bo‘lgach
egatlar olinib
ketma-ket sug‘orib turiladi. Mo“ tadil sharoitda dorivor gulxayri
urug‘lari 8-10 kunda, tuproq namligi etarli bo‘lmagan maydonlarda
18-20 kundan keyin unib chiqadi. Maysalar to'liq unib chiqqandan
keyin, ya’ni birinchi sug‘orishdan 7-10 kun o ‘tgach yagana
o‘tkaziladi va 1 metr yerda 8-10 ta sog‘lom o ‘simlik qoldiriladi.
0 ‘simliklarni bu darajada siyraklashtirish
natijasida ulaming
o'sishi va rivojlanishi tezlashadi. Ikkinchi va keyingi yillarda
esa o‘simlikning bo‘yi 200-230 sm dan oshadi. Dorivor gulxayri
ekilgan maydonlar birinchi yili 5-6 marta o‘toq qilinadi va oralari
kultivatsiya yordamida yumshatiladi. Zaruratga ko‘ra o ‘simliklar
orasidagi begona o ‘tlar qo‘l kuchi bilan tozalanadi. Gulxayri ekilgan
maydon birinchi yili 8-10 marta sug'oriladi.
Gulxayri mineral o‘g‘itlarga (ayniqsa azotli va fosforli) talabchan
о ‘simlik hisoblanadi.
Birinchi yili aprel-may oylarida sug‘orishdan oldin 80-90 kg
azot, 60-70 kg fosfor va 30-40 kg kaliy o ‘g ‘iti
bilan oziqlantirish
tavsiya etiladi.
Gulxayrining poyalari qirqilmay dalada qishda qoldiriladi. U
qomi tutib qolishda yordam beradi. Ayniqsa veroziyaga uchraydi gan
yerlarga ekilgan dorivor gulxayri tuproqni yuvilishdan saqlaydi.
Erta bahorda qurigan poyalar daladan yig‘ib olingach, o‘simlik
oralari kultivatorda ayni vaqtda har gektar yerga 50-60 kg dan azotli
va fosforli o ‘g‘itlar bilan (aprel oyining oxirlarida) oziqlantiriladi.
Ikkinchi marta shonalash fazasida gulxayrining sbox-shabbalari
tutashib ketguniga qadar (iyun oxiri) 40 kg dan azot va 30 kg dan
199
kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi. Mineral o‘g ‘itlarni sug‘orishdan
oldin amalga oshirishni tavsiya qilinadi.
Gulxayri hayotinmg ikkinchi yiii (avgust oylarming boshlarida)
meva tugadi. Urug‘lari poyasining 10 sm dan 230
sm gacha
balandligida, asosiy qismi 60-80 sm oralig‘ida joylashadi.
Dostları ilə paylaş: