M ahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot o ‘simlikning
yer ustki qismidan (poyaning yuqori qismidan, bargdars va gul
to‘plamlaridan hamda ba’zan ildizoldi to‘p barglardan) iborat.
Poyasi bir oz qirrali, siyrak bargli, kulrang-yashil tusli bo‘lib,
uzunligi 15 sm. Bargi tukli, kulrang-yashil, ikki marta patsimon
ajralgan. Barg plastinkasining bo‘lagi (segmenti) lansetsimon yoki
chiziqsimon bo‘lib, 3-5 juft tishli boTakchaga qirqilgan. Gullari
savatchaga to‘plangan. Savatchalar o ‘z navbatida qalqonsimon to'p
gulni tashkil etadi. Savatcha mayda, tuxumsimon, 3-4 mm uzunlikda
bo"lib, tashqi tomonidan о Tama barg bilan qoplangan.
Savatcha chetidagi gullar oqish, b a’zan och pushti rangli,
tilsimon, o ‘rtasidagi gullari esa naychasimon. Mahsulotning o‘ziga
xos xushbo'y hidi va achchiq mazasi bor.
XI DF ga ko‘ra mahsulot namligi 13%, umumiy kuli 15%,, 10% li
xlorid kislotada yerimaydigan kuli 3%, yo‘g‘onligi 3 mm dan oshiq
boTgan poyalar 3%, o ‘z rangini yo‘qotgan, ya’ni qora va qo‘ng‘ir
rangga aylangan poya va barglar 1% dan, teshigining diametri 7 mm
li elakdan oTmaydigan yirik qismlar (qirqib maydalangan mahsulot
uchun) 10%, teshigining diametri 0,5 mm li elakdan oTadigan
mayda qismlar (qirqib maydalangan mahsulot uchun) 10%, organik
aralashmalar 0,5% va mineral aralashmalar 1 % dan oshiq boTmasligi
kerak.
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida karotin , К va S vitaminlar,
axillein va betonitsin alkaloidlari, 0,8% gacha efir moyi, matrikarin
izomeri, millefin laktoni, 0,31% xoiin, asparagin, smola, oshlovchi,
achchiq (proxamazulen-axillin) va boshqa moddalar boTadi.
XI DF ga ko‘ra mahsulot tarkibidagi efir moyining miqdori 0,1 %
dan kam boTmasligi kerak.
Efir moyi tarkibida 1-4% gacha xamazulen (asosiy qismi,,
efir rnoyini olish vaqtida proxamazulendan hosil boTadi), tuyon,
kamfora, borneol, kariofillen, 10% gacha sineol, chumoli, sirka va
valerian kislotalar bor.
Dostları ilə paylaş: