Toshkent farm atse vtikainstituti


Timoqgulni hosiliniyig‘ish va quritish



Yüklə 136 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/138
tarix28.11.2023
ölçüsü136 Kb.
#133372
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   138
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Timoqgulni hosiliniyig‘ish va quritish. 
Tirnoqgulning hosilini 
gullay boshlagandan terishga kirishiladi. Yangi ochilgan gullarini 
birinchi navbatda qo‘lda teriladi. Gul savatchalari tez-tez ochilishi 
munosabati bilan har 3 kunda, kechi bilan 4-5 kunda terib turiladi. 
0 ‘simlikdan terib olingan to‘pgullar qizib ketmasligi va uning 
sifati buziImasligi uchun savatchalarda va to'plainlarda 3 -4 soatdan 
ortiq saqlanmaslik kerak. Terilgan mahsulot maxsus quritgich 
asboblarda (SPK), havo (VPT-400, 600) quritgichlarda 40-45°S 
gacha quritiladi, 4-6 kun davomida quritilgan mahsulot bosilmasdan 
maxsus qog‘ozdan yasalgan qopchalarda 20 kg dan qilib joylashtirib 
saqlanadi. Mahsulotni quruq omborlarda saqlash muddati 2 yildan 
oshmasligi kerak.
ODDIY BO‘YMODARON ACHILLEA
MILLEFOLIUM L.
Oddiy bo‘ymodaron -
Achillea Millefolium L. 
astradoshlar - 
Asteraceae 
(murakkabguldoshlar -
Compositae) 
oilasiga kiradi.
Ko‘p yillik bo‘yi 20-50 (ba’zan 80) sm ga etadigan o ‘t о ‘simlik. 
Ildizpoyasi shoxlangan bo‘lib, yer ostki novda hosil qiladi. Bunday 
novdadan ildizoldi barglar va poyalar о ‘sib chiqadi, Poyasi bir nechta, 
tik o ‘suvchi, yuqori qismi shoxlangan bo‘lib, ular qalqonsimon gul 
to‘plamlari bilan tamomlanadi. Bargi oddiy, ikki marta patsimon 
ajralgan bo‘lib, poyada bandsiz ketma-ket o ‘rnashgan. Gullari 
savatchaga to‘plangan. Savatchalar o‘z navbatida qalqonsimon to‘p 
gulni tashkil etadi. Mevasi - yassi, tuxumsimon, kulrang pista.
Iyun oyidan boshlab yoz oxirlarigacha gullaydi, mevasi 
avgustdan boshlab etiladi.
Geografik tarqalishi. 
О ‘simlik keng tarqalgan bo‘lib, o‘rmon, 
o ‘rmon-cho‘l va cho‘l hududlarida hamda tog‘li tumanlarda (tog‘ 
etaklaridagi tekisliklarda, tog1 vonbag‘irlarda) ochiq yalangliklarda 
va quruq o ‘tloqlar, qirlar, yo‘l yoqalari, o‘rmon chetlari va boshqa 
yerlarda o'sadi.
192


M ahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot o ‘simlikning 
yer ustki qismidan (poyaning yuqori qismidan, bargdars va gul 
to‘plamlaridan hamda ba’zan ildizoldi to‘p barglardan) iborat. 
Poyasi bir oz qirrali, siyrak bargli, kulrang-yashil tusli bo‘lib, 
uzunligi 15 sm. Bargi tukli, kulrang-yashil, ikki marta patsimon 
ajralgan. Barg plastinkasining bo‘lagi (segmenti) lansetsimon yoki 
chiziqsimon bo‘lib, 3-5 juft tishli boTakchaga qirqilgan. Gullari 
savatchaga to‘plangan. Savatchalar o ‘z navbatida qalqonsimon to'p 
gulni tashkil etadi. Savatcha mayda, tuxumsimon, 3-4 mm uzunlikda 
bo"lib, tashqi tomonidan о Tama barg bilan qoplangan.
Savatcha chetidagi gullar oqish, b a’zan och pushti rangli, 
tilsimon, o ‘rtasidagi gullari esa naychasimon. Mahsulotning o‘ziga 
xos xushbo'y hidi va achchiq mazasi bor.
XI DF ga ko‘ra mahsulot namligi 13%, umumiy kuli 15%,, 10% li 
xlorid kislotada yerimaydigan kuli 3%, yo‘g‘onligi 3 mm dan oshiq 
boTgan poyalar 3%, o ‘z rangini yo‘qotgan, ya’ni qora va qo‘ng‘ir 
rangga aylangan poya va barglar 1% dan, teshigining diametri 7 mm 
li elakdan oTmaydigan yirik qismlar (qirqib maydalangan mahsulot 
uchun) 10%, teshigining diametri 0,5 mm li elakdan oTadigan 
mayda qismlar (qirqib maydalangan mahsulot uchun) 10%, organik 
aralashmalar 0,5% va mineral aralashmalar 1 % dan oshiq boTmasligi 
kerak.
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida karotin , К va S vitaminlar, 
axillein va betonitsin alkaloidlari, 0,8% gacha efir moyi, matrikarin 
izomeri, millefin laktoni, 0,31% xoiin, asparagin, smola, oshlovchi, 
achchiq (proxamazulen-axillin) va boshqa moddalar boTadi.
XI DF ga ko‘ra mahsulot tarkibidagi efir moyining miqdori 0,1 % 
dan kam boTmasligi kerak.
Efir moyi tarkibida 1-4% gacha xamazulen (asosiy qismi,, 
efir rnoyini olish vaqtida proxamazulendan hosil boTadi), tuyon, 
kamfora, borneol, kariofillen, 10% gacha sineol, chumoli, sirka va 
valerian kislotalar bor.

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə