Toshkent farm atse vtikainstituti



Yüklə 136 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/138
tarix28.11.2023
ölçüsü136 Kb.
#133372
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   138
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Kimyoviy tarkibi. 
Mahsulot tarkibida 7,6-7,8 mg % karotin 
(karotinoidlaming umumiy miqdori savatchaning tilsimon chetki 
gullari tarkibida 3% ga etadi), 0,62-0,4% efir moyi, 0,33-0,88% 
flavonoidlar (kversctin, izoramnetin, izokversetin va boshqalar), 
kumarinlar (eskuletin, skopoletin, umbelliferon), 3,44% smolalar, 
4% gacha shilliq, 10,4-11,2% oshlovchi moddalar, 19% gacha 
achchiq modda kalenden, 6,84% olma, pentadetsid va oz miqdorda 
salitsiiat kislotalar, triterpen diollar (arnidiol va faradiol), triterpen 
saponin-kalendulozid hamda alkaloidlar boTadi.
Timoqgul o ‘simiigining bargi va ildizida glikozidlar boTadi. 
Glikozidlar yigTndisidan kalendulozid S va kalendulozid 
D
glikozidlari ajratib olingan. Kalendulozid S gidrolizlanganda 2 
molekula glyukoza, bir molekula galaktoza va oleanol kislota 
(aglikoni)ga parchalanadi.
Ishlatilishi. 
Mahsulotning dorivor preparatlari turli yaralar, 
kuyganui davolashda, stomatit, angina va boshqa tomoq og‘rig‘i 
kasalliklari da ogTz hamda tomoqni chayqash uchun ishlatiladi
shuningdek, gastrit, m e’da va un ikki barmoq ichakning yara 
kasalliklari hamda jigar kasalliklarini davolashda qoTlaniladi. 
Kaleflon preparati me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida 
yara bitishini tezlatuvchi va yalligTanishga qarshi vosita sifatida 
hamda gastritni davolashda ishlatiladi. Mahsulot ba’zi rak 
kasallikiarida ishlatiladigan preparatlar tarkibiga ham kiradi.
Dorivor preparatlari. 
Damlama, nastoyka, «kalendula» surtma 
dori va kaleflon (gulnirxg tozalangan ekstrakti tabletka holida).
Timoqgulni o‘stirish texnologiyasi
Timoqgulni respublikamizning barcha tuproq-iqlim sharoit) arida 
ekib o‘stirish mumkin. Lekin u unumdor va nami etarli, mexanik 
tarkibi o‘rtacha tuproqlarda yaxshi hosil beradi.
Timoqgulni yaxshi rivojlanishi, undan sifatli va mo‘1 to‘pgullar 
yetishtirish maqsadida ulami o‘g‘itlash, sug‘orish muddatlarini 
to‘g ‘ri belgilash, zararkunanda va begona o ‘tlarga qarshi kurashga 
e’tiborni qaratish lozim boTadi.
Timoqgul ekiladigan yerlarni kuzda yer haydash oldidan 
gektariga 20-30 tonnadan mahalliy o ‘g ‘it va fosfor o‘g ‘itini yillik
189


normasini 70% ni berib, 25-30 sm chuqurlikda haydab qo‘yiiadi. 
Timoqgulni kech kuzda yoki erta bahorda ekiladi. U m g‘lami 
ekishga tayyorlashda quyidagi Gost qoidalariga rioya qilish zarur: 
urug‘ konditsiyaga etgan va I yoki II klass bolishi kerak; tozaligi 
94-96% va unuvchanligi 70-75% dan kam bo‘Imasligi kerak.
Timoqgulni urug‘ini erta bahorda ekishdan oldin yerlami 
tekislab, begona о‘tlardan tozalab, tuproq harorati 20-22°S bo‘lganda 
um g‘lar 2-3 sm chuqurlikka qadaladi va gektariga 10-12 kg um g‘ 
sarfianadi. U m g‘lar ekish uskunalari yordamida qator oralari 60 sm 
qilib ekiladi va uru glar 7-8 kundan keyin unib chiqishi mumkin. 
Timoqgulni parvarish qilish dastlabki ко‘chat hosil boiishi bilan 
boshlanadi. Timoqgul unib chiqqandan keyin, paykallar o ‘toq va 
yagana qilinib, qator oralariga 15-20 sm masofada har bir uyaga 
1-2 tadan о ‘simlik qoldiriladi. Qatordagi begona o ‘tlar motiga yoki 
ketmon yordamida tozalanib turiladi. Qator oralarida esa traktorli 
kultivatorlar qo‘llanilishi ham mumkin. 0 ‘simliklami birinchi 
oziqlantirish maysalar unib chiqqandan keyin, gektar hisobiga 30 
kg azot va fosfor o ‘g ‘iti berishdan boshlanadi. Timoqgul oziqa 
elementlarga juda talabchan bo‘lgani uchun ikkinchi oziqlantirishni 
o ‘simlik shonalash davridan boshlanadi va gektariga 40 kg dan 
azot va 30 kg dan kaliy o ‘g ‘iti berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Oziqlantirish har bir sug‘orishdan oldin amalga oshirilishini tavsiya 
qilinadi. Sug‘orishdan keyin timoqgulning qator oralari yumshatiladi 
va begona o ‘tlardan tozalanadi.
Oxirgi oziqlantirishni timoqgul yoppasiga gullaganda gektariga 
40 kg dan azot va 30 kg dan fosfor berish bilan tugatiladi.
Timoqgul kuzda ekilganda aprel oylarida maysalar hosil bo‘ladi. 
Har tup ko‘chatda 3-4 ta barg chiqqanida egat olinadi. Iliq kuz 
cho‘zilib ketganida um g‘laming bir qismi ko‘karadi va tupbarg 
tarzida qislmi o‘tkazadi. Uni ko‘pincha sovuq urmaydi. Qishdan 
chiqqan ko‘chatlar 35-40 kunda ya’ni may oyining boshlarida gul lay 
boshlaydi. Timoqgul sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqiarda ekilgan 
boTsa, namgarchilik ko‘p bo‘lgan yillarda yer yu/asida qatqaloq 
hosil bo‘lishi mumkin. Bu esa ko‘chatlar sonini kamayishiga olib 
keladi, Qatqaloqni yo‘qotish uchun aylanma motiga, mayda mola
190


va ignali g ‘altaklar qoTlaniladi. Bunday tadbirlar o‘tkazilsa nihollar 
zararlanmaydi.
Iyun va iyul oylarida timoqgul tuplab ketishi natijasida uning 
qator oralariga ishlov berish ancha qiyinlashadi va vegetatsiya 
davomida juda ko‘p ko‘k massa hosil qiladi. Shuning uchun ham 
u oziqa elementlarga juda talabchan о‘simlik hisoblanadi. Shulami 
e ’tiborga olib, timoqgulni almashlab ekish dalalariga joylashtirish 
tavsiya etiladi.
Mavsum davomida timoqgul ekinzorlari havo harorati va 
namgarchilikni hisobga olgan holda 9-10 marta sug‘oriladi.
Unumdor yerlarga ekilgan, begona o ‘tlardan tozalangan va kuz 
oylarida qator oralariga 70-80 kg fosfor o‘g‘iti bilan oziqlantirilgan, 
chuqur kultivatsiya qilingan timoqgul ekinzorlarini 2-3 yil saqlab 
foydalanish mumkin bo‘ladi. Bunda qayta ekish talab etilmaydi. 
Har yili timoqgul urug‘i to‘kilishi natijasida qishda va bahorda 
о ‘sib chiqqan ko‘chatlardan foydalanish mumkin. Timoqgulni 
vegetatsiya davrida yaxshi parvarish qilinsa (o‘g ‘itlash, sug‘orish, 
zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash) may oyidan kech 
kuzgacha (sovuq tushguneha) gullari ochilib turadi. Vegetatsiya 
davomida uning gulini 15 20 marotaba terib olish mumkin. Terib 
olingan gulsavatchalaming hosildorligi gektaridan 10-18 sentnerni 
va undan ham ko‘proqni tashkil qilishi mumkin.
Timoqgul ham barcha madaniy ekinlar kabi о ‘suv davomida im 
shudring, vulduzsimon pashshalar, yerdagi hasharot lichinkalari, 
qo‘ng‘iz va kanalar, lavlagi uzunburuni, zamburugTar, shiralar
kapalaklar va boshqa hasharotlar bilan kasallanishi mumkin.
Kasallikni oldini olish maqsadida 100 litr suvga 25 ml topaz 
preparatini yeritib purkaladi. Undan tashqari kapalak qurtiga qarshi 
1% li entobakterin (gektariga 600 1) suspenziyasi bilan purkalsa 
yaxshi riatija beradi. Timoqgul ekilgan maydonlarda kapalaklar 
tuxum qo‘ygan davrda gektariga 40-45 ming dona trixogrammalar 
qo‘yib yuborish tavsiya qilinadi. Un shudring tushgan dalalami 
esa harorat yuqori boTgan davrlarda gektariga 30 kg maydalangan 
oltingugurt bilan changlatish lozim boTadi.
191


Shiralar, tripslar va kapalaklarga qarshi «Danadim«, 40% li 
emulsiyasi bilan o‘simliklami о ‘suv davrida 2 marotaba purkaladi.

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə