Ishlatilishi.
Mahsulotning dorivor preparatlari m e’da-ichak
(me’da yarasi va gasirit hamda shilliq qavatning yalligTanishi)
!93
kasalliklarini davolash, ishtaha ochish va qon to‘xtatuvchi dori
sifatida (ichakdan. bachadondan va gemorroidal qon oqishi) hamda
burun, milk va yaralar qonaganda uni to ‘xtatish uchun ishlatiladi.
Dorivor preparatlari.
Suyuq ekstrakt, damlama, yer ustki qismi
kukuni (poroshogi).
Mahsulot ishtaha ochish, qon oqishini to‘xtatish uchun va m e’da-
ichak kasalliklatida ishlatiladigan yig‘ malar - choylar tarkibiga
kiradi.
0 ‘zbekistonning (Toshkent, Samarqand, Andijon, Farg‘ona
va Surxondaryo viloyatlarinmg) to g ii tumanlarida keng tarqalgan
bo‘ymodaron turi - tubulg‘ibarg bo‘ymodaron to'liq o‘rganildi,
unga vaqtincha farmakopeya maqolasi tuzildi va C)‘zbekiston
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini Dori vositalari va tabiiy
texnika sifatini nazorat qilish
Bosh boshqannasi tomonidan VFM tasdiqlandi.
Keyinchalik 0 ‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash
vazirligi tubulg‘ibarg bo‘ymodaronning gulini peshob (siydik)
haydovchi, qon oqishini to ‘xtatuvchi va yaralami bitiruvchi vosita
sifatida tibbiyot amaliyotida qoilashga ruxsat berdi.
Bo‘ymodaron o‘simligini
0
‘stirish texnologiyasi
Bo‘ymodaron o'simligini 0 ‘zbekiston Respublikasida tarqalgan
barcha sug'oriladigan tuproqiarda (sho‘r yerlardan tashqari) ekib
o‘stirish mumkin. Ayniqsa sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqiarda
ekilsa yaxshi o‘sadi va rivojlanadi. Undan m o‘l hosil yig‘ib olish
mumkin bo‘ladi.
K o‘p yillik ilmiy kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, yovvoyi holda
o‘sadigan bo‘ymodaron o ‘simligiga nisbatan, ekib o ‘sitiriladiganlari
tarkibida biologik faol moddalar ko ‘proq to‘planadi va xom-
ashyosini vaqtida yig‘ib olinadi. Undan tashqari ularnmg ayrim
noyob, kamayib ketayotgan turlarini ko‘paytirish imkoniyati paydo
bo'ladi.
Bo‘ymodaron ekiladigan yerlami kuzda organik va mineral
o‘g‘itlar bilan oziqlantirib, 25-27 sm chuqurlikda traktor bilan
haydab qo‘yiladi. Bo‘ymodaron ko‘p yillik o‘simlik bolgani uchun
194
uni kech kuzda va erta bahorda ham ekish mumkin. O'simlikni
urag'idan va vegetativ yo‘l bilan ham ko‘paytiriladi. Ekish davrida
eng saralangan urug‘lardan foydalaniladi.
Urug‘ning unib chiqish qobiliyati 90-95% dan kam bo‘lmasligi
kerak. Bo'ymodaron o ‘simligini erta bahorda tuproq harorati 14-
15°S boiganda jo ‘yaklar oralig‘ini 60 sm dan qilib saralangan
urug‘ni sabzavot seyalkalarida sepish mumkin. Ekish chuqurligi
erta bahorda 1,5-2 sm qilib gektar hisobiga 6-7 kg urug‘ sarfianadi.
Kuzda esa ekish chuqurligi 0,5-1,5 sm va urug* normasi 8-10 kg
dan kam bolm asligi kerak. 0 ‘simlikning urug‘lari bir tekisiikda
unib chiqishi uchun tuproqda nam etarli bo'lishi lozim. Tuproq juda
mayin, yer bir tekis molalangan va urug‘ bir xil chuqurlikda ekilishi
shart. Bo'ymodaron o‘simligini o ‘suv davrida ishlov berish avvalo
urug‘lar unib chiqqandan keyin boshlanadi. 0 ‘simlik vegetativ yo‘l
bilan ko'paytirilganda uning rivojlanishi uchun yer chuqur qilib
haydaladi. Unga ekish bilan birga gektar hisobiga 15-20 kg dan azot
o ‘g ‘iti ham beriladi. Nihollar tuproq harorati 2Q°S boMganda yaxshi
ildiz ota boshlaydi.
Bo‘ymodaron o ‘simligini о‘suv davrida ishlov berish, avvalo
u m g iar unib chiqqandan keyin boshlanadi. 0 ‘simlikning qator
oralari yumshatiladi, begona o‘tlardan tozalanadi, Qalin o ‘sgan
o‘simliklami siyraklashtirish maqsadida yagana qilinadi va
o‘simliklami yaxshi rivojlanishi uchun imkoniyat yaratiladi.
0 ‘simlikni yagana qilish bilan birga har 15-20 sm oralig‘idagi
uyalarga 1-2 tadan sogTom o‘simlik qoldiriladi. Tuproq harorati 20-
22°S bo‘lganda urug‘lar 7-8 kunda unib chiqadi. Bo‘ymodaronni
yaxshi o ‘sishi va rivojlanishi va undan sifatli xom-ashyo yetishtirish
uchun ulami o‘g ‘itlash, sug‘orish muddatlarini to‘g ‘ri belgilash,
zararkunanda va begona o‘tlarga qarshi chora-tadbirlarni yuqori
darajada o‘tkazishni tavsiya qilamiz.
0 ‘simlikni birinchi oziqiantirishni maysalar unib chiqqandan
keyin, ya’ni o ‘simlik 4-6 chin barg chiqarganda va bo'yi 5-8 sm ga
etganda qator oralari 5 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinib, ishlov
beriladi va bir vaqtda gektar hisobiga o'rtacha 30 kg azot va 20 kg
fosfor o ‘g‘iti berish bilan boshlanadi. 0 ‘simlik oziqlantirilgandan
keyin uning o'sishi va rivojlanishi tezlashadi.
195
Ikkinchi oziqlantirish esa shonalash fazasida, sug‘orishdan oldin
gektariga 30 kg azot va 30 kg kaliy o ‘g ‘itini berish bilan boshlanadi.
Uning rivojlanishi yanada tezlashadi,
Oxirgi oziqlantirish bo‘ymodaron o‘simligi gulga kirganda
amalga oshiriladi va gektar hisobiga 35 kg azot, 30 kg kaliy o ‘g ‘iti
berish bilan tugallanadi. Bo‘ymodaron o ‘simligi rivojianish davrida,
ayniqsa gullash fazasida oziqa elementlarni, ayniqsa kaliyni ko‘proq
talab qiladi. 0 ‘simlikni oziqlantirish sug‘orishdan oldin amalga
oshiriladi. Mavsum davomida о ‘simlik ekilgan maydonlarga
o ‘rtacha gektariga 95 kg azot, 70 kg fosfor, 50 kg kaliy o ‘g ‘iti
berilsa, hosildorligi yuqori boMadi. Birinchi yili 8 marta sug‘orilsa
va 5-6 marta о ‘simlik oralari kultivatsiya qilinsa hosildorligi yuqori
bo'iadi.
Bo‘ymodaronni ikkinchi va keyingi yillarda erta bahorda
o‘simlikni o‘sishi oldidan bir marta kultivatsiya qilinib, azot o ‘g ‘iti
bilan oziqlantiriladi.
Ikkinchi yili о ‘simlik bir-biri bilan birlashib o ‘g‘itlash va
oralariga ishlov berishga imkon bo‘lmay qoladi.
Agrotexnik tadbirlar o ‘z vaqtida yuqori saviyada o‘tkazilsa,
bo‘ymodarondan 1000-1200 kg xom-ashyo va 400-500 kg urug‘
yig‘ib olish imkoniyati bo‘ladi.
Bo‘ymodaron o ‘simligini sug‘oriladigan yerlarga ekilganda
har xil zararkunanda va kasalliklarga chalinishi mumkin. О ‘suv
davomida un shudring, shiralar, zamburug‘lar va boshqa hasharotlar
katta zarar etkazishlari mumkin.
Kasallikni oldini olish maqsadida 100 litr suvga 250 ml topaz
preparatini yeritib purkaladi. Un shudring tushgan dalalami havo
harorati yuqori bo‘lgan davrlarda gektariga 30 kg maydalangan
oltingugurt bilan changlatish lozim.
Shiralar va zamburug‘larga qarshi «Danadim«, 40% li eritmasi
bilan o‘simlikm о ‘suv davrida 2 marta purkaladi.
M ahsulot tayyorlash. О‘simlik gullaganida (poyasining yuqori
qismidan gul va barglari bilan birga) o‘roq bilan о ‘rib olinadi. B a’zan
ildizoldi to‘pbarglar alohida yig‘iladi. Soyalarda yerda quritiladi.
196
DORIVOR GULXAYRI - ALTHAEA OFFICINALIS L,;
AMMAN GULXAYRISI - ALTHAEA ARMENIACA TEN.
Dorivor gulxayri - Althaea Officinalis L.; Arman gulxayrisi
- Althaea A rm eniaca Ten. gulxayridoshlar - Malvaceae oilasiga
kiradi.
Gulxayri ko‘p yillik, bo‘yi 150-160 sm bo‘!adigan o ‘t o ‘simlik.
Ildizpoyasi kalta, yo‘g‘on, ko‘p boshli. G‘q ildizi 50 sm uzunlikda
bo‘lib, yuqori qismi yog‘ochlangan bo'ladi. Poyasi - bitta yoki
bir nechta, tik o ‘suvchi, silindrsimon, kam shoxli, pastki qismi
yog‘ochlangan. Bargi oddiy bo‘lib, bandi bilan poyada ketma-ket
joylashgan, poyaning yuqori qismidagilari butun, tuxumsimon, o‘rta
va pastki lari esa uch yoki besh bo‘lakli, qo'shimcha bargi mayda,
ingichka, lansetsimon yoki chiziqsimon. Barg plastinkasi o‘tkir uchli
va tishsixnon qirrali bo'ladi. Poya, shox va bargi sertuk bo‘lganidan
kulrang-yashil tusda ko‘rinadi. Gullari barg qo‘Hig‘iga, poya va
shoxlari uchiga joylashgan bo‘ladi. Gulkosachasi ikki qavatli. Pastki
kosacha 8-12 bo‘iakka ajralgan, ustki kosachasi esa besh bo‘lakli.
Kosacha barglari meva bilan qoladi. Tojbargi 5 ta bo‘lib, pushti
rangda, otaligi (changchi) ko‘p sonli. Ular ipi bilan birlashib, naycha
hosil qiladi. Onalik (urug‘chi) tuguni 15-25
xonali,
yuqoriga
joylashgan. Mevasi - yassi, yumaloq, serurugMi, quruq meva.
Iyun oyidan sentyabrgacha gullaydi, mevasi iyuldan boshlab
etiJadi.
Geografik tarqalishi. Ariq, ko‘l bo‘ylarida, o ‘tloq, to‘qay,
butalar orasida va boshqa nam yerlarda o ‘sadi. Moldova, Ukraina,
Belorus, Rossiyaning Yevropa qismining o ‘rmon-cho‘l zonasida
va Qrim, Kavkaz, o ‘arbiy Sibir, Qozog‘iston hamda 0 ‘rta Osiyoda
uchraydi. Ukrainada o ‘stiriladi,
Kimyoviy tarkibi, Ildiz tarkibida 11% gacha shilliq moddalar,
37% kraxmal, 2% gacha L-asparagin, 4% betain, 10,2% saxaroza va
1,7% gacha moy, pektin va boshqa birikmalar bo‘ladi.
Gulxayri ildizining shilliq moddalari pentozanlar, geksozanlar
va uron kislotalar birikmalaridan tashkil topgan.
197
|