Toshkent farm atse vtikainstituti



Yüklə 136 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/138
tarix28.11.2023
ölçüsü136 Kb.
#133372
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   138
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Ishlatilishi. 
Gulxayri ildizining preparatlari o ‘rab oluvchi, 
balg‘ain ko‘chiruvchi hamda yalligianishga qarshi (ayniqsa, 
bolalaming nafas yo‘llari kasallanganda) dori sifatida ishlatiladi.
Dorivor preparatlari. 
Qaynatma, quruq ekstrakt, kukun 
(poroshok), sharbat.
Kubik shakiida qirqilgan ildiz nafas olish yo‘llari kasalliklarida 
ishlatiladigan turli yig‘malar (Species peetoralis va boshqalar) 
tarkibiga kiradi.
Qaynatma ildizdan faqat sovuq suvda tayyorlanadi (mahsulotdan 
shilliq modda ajralib chiqadi, kraxmal suvda yerimasligi sababli 
qaynatmaga o‘tmaydi).
Dorivor gulxayri o‘simligining yer ustki qismidan ajratib olingan 
uglevodlar aralashmasidan «mukaltin» nomli dorivor preparat 
olinadi. «Mukaltin» preparatini balg‘am ko‘ehiruvcbi dori sifatida 
yuqori nafas yoilari va o‘pka yallig‘lanishi kasalliklarida ishlatiladi.
Dorivor gulxayri o‘simligini o‘stirish texnologiyasi
Dorivor gulxayri ko‘p yillik o‘t о ‘simlik bo ‘lib, bo‘yi 3-4 
yilda 2-2,5 m ga etadigan, ildizpoyasi yo‘g ‘on, ildizi qalin etli, 1-2 
metr chuqurlikkacha etadi. Ildizpoyasi va o‘q ildizi birinchi yili 
oxirlaridayoq yog‘ochga aylanadi,
Olimlar tomonidan o‘tkazilgan ilmiy kuzatishlardan m a’lum 
bo‘lishicha, dorivor gulxayri havoning quruqligiga va tuproqning 
qisqa muddatli qurishiga (ildiz tannoqlari yaxshi rivojlanganligi 
tufayli) bardosh beradi. U shamolga va qishnmg sovuqhgiga chidamli 
о‘simlik hisoblanadi. Dorivor gulxayri respublikamizda tarqalgan 
(sho‘rlangandan tashqari) barcha sug‘oriladigan tuproqiarda ekib 
o'stirish mumkin. Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda o‘simlik 
6-8 yil saqlanishi mumkin. Shu boisdan dorivor gulxayrini poliz, 
sabzavot ekinlaridan tozalangan yerlarga ekish maqsadga muvofiq 
bo'iadi. Dorivor gulxayri o ‘simligi ekiladigan maydonlar kuzda yer 
haydash oldidan gektariga 20-25 tonna organik o ‘g ‘itlar va 40-50 kg 
superfosfat o‘g‘iti bilan oziqlantirib 25-28 sm chuqurlikda haydab 
qo‘yiladi. Gulxayri urug‘i erta bahorda yoki kech kuzda ekiladi.


Kuzda ekilganlarining unishi yaxshi bo‘ladi. Bahorda ekilgan 
o ‘simiik qivg‘och unishi uchun urug‘ 2-3 soatga 20-25 daraja issiq 
suvda ivitib qo‘yiladi. Keyin suv bir oz sovigandan so‘ng to‘shalgan 
brezent yoki bo‘z ustiga yupqa qilib yoyiladi, tez qurishi uchun tez- 
tez aralashtirib turiladi. Sochi luvchanlik xususiyatga ega boMgandan 
keyin ekishga kirishiladi.
Urug‘lami sabzavot ekadigan seyalkalarda 1-2 sm chuqurlikda 
tuproqqa qadaladi. Egatlar oralig‘i 60-70 sm va о ‘simlik oralig‘i 
10-12 sm qiHb ekiladi va gektariga 10-12 kg urug‘ sarfianadi. Unib 
chiqqan maysalarda 3-5 ta chin barg hosil bo‘lgach egatlar olinib 
ketma-ket sug‘orib turiladi. Mo“ tadil sharoitda dorivor gulxayri 
urug‘lari 8-10 kunda, tuproq namligi etarli bo‘lmagan maydonlarda 
18-20 kundan keyin unib chiqadi. Maysalar to'liq unib chiqqandan 
keyin, ya’ni birinchi sug‘orishdan 7-10 kun o ‘tgach yagana 
o‘tkaziladi va 1 metr yerda 8-10 ta sog‘lom o ‘simlik qoldiriladi. 
0 ‘simliklarni bu darajada siyraklashtirish natijasida ulaming 
o'sishi va rivojlanishi tezlashadi. Ikkinchi va keyingi yillarda 
esa o‘simlikning bo‘yi 200-230 sm dan oshadi. Dorivor gulxayri 
ekilgan maydonlar birinchi yili 5-6 marta o‘toq qilinadi va oralari 
kultivatsiya yordamida yumshatiladi. Zaruratga ko‘ra o ‘simliklar 
orasidagi begona o ‘tlar qo‘l kuchi bilan tozalanadi. Gulxayri ekilgan 
maydon birinchi yili 8-10 marta sug'oriladi.
Gulxayri mineral o‘g‘itlarga (ayniqsa azotli va fosforli) talabchan 
о ‘simlik hisoblanadi.
Birinchi yili aprel-may oylarida sug‘orishdan oldin 80-90 kg 
azot, 60-70 kg fosfor va 30-40 kg kaliy o ‘g ‘iti bilan oziqlantirish 
tavsiya etiladi.
Gulxayrining poyalari qirqilmay dalada qishda qoldiriladi. U 
qomi tutib qolishda yordam beradi. Ayniqsa veroziyaga uchraydi gan 
yerlarga ekilgan dorivor gulxayri tuproqni yuvilishdan saqlaydi.
Erta bahorda qurigan poyalar daladan yig‘ib olingach, o‘simlik 
oralari kultivatorda ayni vaqtda har gektar yerga 50-60 kg dan azotli 
va fosforli o ‘g‘itlar bilan (aprel oyining oxirlarida) oziqlantiriladi. 
Ikkinchi marta shonalash fazasida gulxayrining sbox-shabbalari 
tutashib ketguniga qadar (iyun oxiri) 40 kg dan azot va 30 kg dan
199


kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi. Mineral o‘g ‘itlarni sug‘orishdan 
oldin amalga oshirishni tavsiya qilinadi.
Gulxayri hayotinmg ikkinchi yiii (avgust oylarming boshlarida) 
meva tugadi. Urug‘lari poyasining 10 sm dan 230 sm gacha 
balandligida, asosiy qismi 60-80 sm oralig‘ida joylashadi.

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə