Toshkent farm atse vtikainstituti



Yüklə 136 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/138
tarix28.11.2023
ölçüsü136 Kb.
#133372
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   138
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Ishlatilishi. 
Mahsulotning dorivor preparatlari m e’da-ichak 
(me’da yarasi va gasirit hamda shilliq qavatning yalligTanishi)
!93


kasalliklarini davolash, ishtaha ochish va qon to‘xtatuvchi dori 
sifatida (ichakdan. bachadondan va gemorroidal qon oqishi) hamda 
burun, milk va yaralar qonaganda uni to ‘xtatish uchun ishlatiladi.
Dorivor preparatlari. 
Suyuq ekstrakt, damlama, yer ustki qismi 
kukuni (poroshogi).
Mahsulot ishtaha ochish, qon oqishini to‘xtatish uchun va m e’da- 
ichak kasalliklatida ishlatiladigan yig‘ malar - choylar tarkibiga 
kiradi.
0 ‘zbekistonning (Toshkent, Samarqand, Andijon, Farg‘ona 
va Surxondaryo viloyatlarinmg) to g ii tumanlarida keng tarqalgan 
bo‘ymodaron turi - tubulg‘ibarg bo‘ymodaron to'liq o‘rganildi, 
unga vaqtincha farmakopeya maqolasi tuzildi va C)‘zbekiston 
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini Dori vositalari va tabiiy 
texnika sifatini nazorat qilish
Bosh boshqannasi tomonidan VFM tasdiqlandi.
Keyinchalik 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Sog‘liqni saqlash 
vazirligi tubulg‘ibarg bo‘ymodaronning gulini peshob (siydik) 
haydovchi, qon oqishini to ‘xtatuvchi va yaralami bitiruvchi vosita 
sifatida tibbiyot amaliyotida qoilashga ruxsat berdi.
Bo‘ymodaron o‘simligini 
0
‘stirish texnologiyasi
Bo‘ymodaron o'simligini 0 ‘zbekiston Respublikasida tarqalgan 
barcha sug'oriladigan tuproqiarda (sho‘r yerlardan tashqari) ekib 
o‘stirish mumkin. Ayniqsa sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqiarda 
ekilsa yaxshi o‘sadi va rivojlanadi. Undan m o‘l hosil yig‘ib olish 
mumkin bo‘ladi.
K o‘p yillik ilmiy kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, yovvoyi holda 
o‘sadigan bo‘ymodaron o ‘simligiga nisbatan, ekib o ‘sitiriladiganlari 
tarkibida biologik faol moddalar ko ‘proq to‘planadi va xom- 
ashyosini vaqtida yig‘ib olinadi. Undan tashqari ularnmg ayrim 
noyob, kamayib ketayotgan turlarini ko‘paytirish imkoniyati paydo 
bo'ladi.
Bo‘ymodaron ekiladigan yerlami kuzda organik va mineral 
o‘g‘itlar bilan oziqlantirib, 25-27 sm chuqurlikda traktor bilan 
haydab qo‘yiladi. Bo‘ymodaron ko‘p yillik o‘simlik bolgani uchun
194


uni kech kuzda va erta bahorda ham ekish mumkin. O'simlikni 
urag'idan va vegetativ yo‘l bilan ham ko‘paytiriladi. Ekish davrida 
eng saralangan urug‘lardan foydalaniladi.
Urug‘ning unib chiqish qobiliyati 90-95% dan kam bo‘lmasligi 
kerak. Bo'ymodaron o ‘simligini erta bahorda tuproq harorati 14- 
15°S boiganda jo ‘yaklar oralig‘ini 60 sm dan qilib saralangan 
urug‘ni sabzavot seyalkalarida sepish mumkin. Ekish chuqurligi 
erta bahorda 1,5-2 sm qilib gektar hisobiga 6-7 kg urug‘ sarfianadi. 
Kuzda esa ekish chuqurligi 0,5-1,5 sm va urug* normasi 8-10 kg 
dan kam bolm asligi kerak. 0 ‘simlikning urug‘lari bir tekisiikda 
unib chiqishi uchun tuproqda nam etarli bo'lishi lozim. Tuproq juda 
mayin, yer bir tekis molalangan va urug‘ bir xil chuqurlikda ekilishi 
shart. Bo'ymodaron o‘simligini o ‘suv davrida ishlov berish avvalo 
urug‘lar unib chiqqandan keyin boshlanadi. 0 ‘simlik vegetativ yo‘l 
bilan ko'paytirilganda uning rivojlanishi uchun yer chuqur qilib 
haydaladi. Unga ekish bilan birga gektar hisobiga 15-20 kg dan azot 
o ‘g ‘iti ham beriladi. Nihollar tuproq harorati 2Q°S boMganda yaxshi 
ildiz ota boshlaydi.
Bo‘ymodaron o ‘simligini о‘suv davrida ishlov berish, avvalo 
u m g iar unib chiqqandan keyin boshlanadi. 0 ‘simlikning qator 
oralari yumshatiladi, begona o‘tlardan tozalanadi, Qalin o ‘sgan 
o‘simliklami siyraklashtirish maqsadida yagana qilinadi va 
o‘simliklami yaxshi rivojlanishi uchun imkoniyat yaratiladi.
0 ‘simlikni yagana qilish bilan birga har 15-20 sm oralig‘idagi 
uyalarga 1-2 tadan sogTom o‘simlik qoldiriladi. Tuproq harorati 20- 
22°S bo‘lganda urug‘lar 7-8 kunda unib chiqadi. Bo‘ymodaronni 
yaxshi o ‘sishi va rivojlanishi va undan sifatli xom-ashyo yetishtirish 
uchun ulami o‘g ‘itlash, sug‘orish muddatlarini to‘g ‘ri belgilash, 
zararkunanda va begona o‘tlarga qarshi chora-tadbirlarni yuqori 
darajada o‘tkazishni tavsiya qilamiz.
0 ‘simlikni birinchi oziqiantirishni maysalar unib chiqqandan 
keyin, ya’ni o ‘simlik 4-6 chin barg chiqarganda va bo'yi 5-8 sm ga 
etganda qator oralari 5 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinib, ishlov 
beriladi va bir vaqtda gektar hisobiga o'rtacha 30 kg azot va 20 kg 
fosfor o ‘g‘iti berish bilan boshlanadi. 0 ‘simlik oziqlantirilgandan 
keyin uning o'sishi va rivojlanishi tezlashadi.
195


Ikkinchi oziqlantirish esa shonalash fazasida, sug‘orishdan oldin 
gektariga 30 kg azot va 30 kg kaliy o ‘g ‘itini berish bilan boshlanadi. 
Uning rivojlanishi yanada tezlashadi,
Oxirgi oziqlantirish bo‘ymodaron o‘simligi gulga kirganda 
amalga oshiriladi va gektar hisobiga 35 kg azot, 30 kg kaliy o ‘g ‘iti 
berish bilan tugallanadi. Bo‘ymodaron o ‘simligi rivojianish davrida, 
ayniqsa gullash fazasida oziqa elementlarni, ayniqsa kaliyni ko‘proq 
talab qiladi. 0 ‘simlikni oziqlantirish sug‘orishdan oldin amalga 
oshiriladi. Mavsum davomida о ‘simlik ekilgan maydonlarga 
o ‘rtacha gektariga 95 kg azot, 70 kg fosfor, 50 kg kaliy o ‘g ‘iti 
berilsa, hosildorligi yuqori boMadi. Birinchi yili 8 marta sug‘orilsa 
va 5-6 marta о ‘simlik oralari kultivatsiya qilinsa hosildorligi yuqori 
bo'iadi.
Bo‘ymodaronni ikkinchi va keyingi yillarda erta bahorda 
o‘simlikni o‘sishi oldidan bir marta kultivatsiya qilinib, azot o ‘g ‘iti 
bilan oziqlantiriladi.
Ikkinchi yili о ‘simlik bir-biri bilan birlashib o ‘g‘itlash va 
oralariga ishlov berishga imkon bo‘lmay qoladi.
Agrotexnik tadbirlar o ‘z vaqtida yuqori saviyada o‘tkazilsa, 
bo‘ymodarondan 1000-1200 kg xom-ashyo va 400-500 kg urug‘ 
yig‘ib olish imkoniyati bo‘ladi.
Bo‘ymodaron o ‘simligini sug‘oriladigan yerlarga ekilganda 
har xil zararkunanda va kasalliklarga chalinishi mumkin. О ‘suv 
davomida un shudring, shiralar, zamburug‘lar va boshqa hasharotlar 
katta zarar etkazishlari mumkin.
Kasallikni oldini olish maqsadida 100 litr suvga 250 ml topaz 
preparatini yeritib purkaladi. Un shudring tushgan dalalami havo 
harorati yuqori bo‘lgan davrlarda gektariga 30 kg maydalangan 
oltingugurt bilan changlatish lozim.
Shiralar va zamburug‘larga qarshi «Danadim«, 40% li eritmasi 
bilan o‘simlikm о ‘suv davrida 2 marta purkaladi.
M ahsulot tayyorlash. О‘simlik gullaganida (poyasining yuqori 
qismidan gul va barglari bilan birga) o‘roq bilan о ‘rib olinadi. B a’zan 
ildizoldi to‘pbarglar alohida yig‘iladi. Soyalarda yerda quritiladi.
196


DORIVOR GULXAYRI - ALTHAEA OFFICINALIS L,; 
AMMAN GULXAYRISI - ALTHAEA ARMENIACA TEN.
Dorivor gulxayri - Althaea Officinalis L.; Arman gulxayrisi
- Althaea A rm eniaca Ten. gulxayridoshlar - Malvaceae oilasiga 
kiradi.
Gulxayri ko‘p yillik, bo‘yi 150-160 sm bo‘!adigan o ‘t o ‘simlik. 
Ildizpoyasi kalta, yo‘g‘on, ko‘p boshli. G‘q ildizi 50 sm uzunlikda 
bo‘lib, yuqori qismi yog‘ochlangan bo'ladi. Poyasi - bitta yoki 
bir nechta, tik o ‘suvchi, silindrsimon, kam shoxli, pastki qismi 
yog‘ochlangan. Bargi oddiy bo‘lib, bandi bilan poyada ketma-ket 
joylashgan, poyaning yuqori qismidagilari butun, tuxumsimon, o‘rta 
va pastki lari esa uch yoki besh bo‘lakli, qo'shimcha bargi mayda, 
ingichka, lansetsimon yoki chiziqsimon. Barg plastinkasi o‘tkir uchli 
va tishsixnon qirrali bo'ladi. Poya, shox va bargi sertuk bo‘lganidan 
kulrang-yashil tusda ko‘rinadi. Gullari barg qo‘Hig‘iga, poya va 
shoxlari uchiga joylashgan bo‘ladi. Gulkosachasi ikki qavatli. Pastki 
kosacha 8-12 bo‘iakka ajralgan, ustki kosachasi esa besh bo‘lakli. 
Kosacha barglari meva bilan qoladi. Tojbargi 5 ta bo‘lib, pushti 
rangda, otaligi (changchi) ko‘p sonli. Ular ipi bilan birlashib, naycha 
hosil qiladi. Onalik (urug‘chi) tuguni 15-25 
xonali, 
yuqoriga 
joylashgan. Mevasi - yassi, yumaloq, serurugMi, quruq meva.
Iyun oyidan sentyabrgacha gullaydi, mevasi iyuldan boshlab 
etiJadi.
Geografik tarqalishi. Ariq, ko‘l bo‘ylarida, o ‘tloq, to‘qay, 
butalar orasida va boshqa nam yerlarda o ‘sadi. Moldova, Ukraina, 
Belorus, Rossiyaning Yevropa qismining o ‘rmon-cho‘l zonasida 
va Qrim, Kavkaz, o ‘arbiy Sibir, Qozog‘iston hamda 0 ‘rta Osiyoda 
uchraydi. Ukrainada o ‘stiriladi,
Kimyoviy tarkibi, Ildiz tarkibida 11% gacha shilliq moddalar, 
37% kraxmal, 2% gacha L-asparagin, 4% betain, 10,2% saxaroza va 
1,7% gacha moy, pektin va boshqa birikmalar bo‘ladi.
Gulxayri ildizining shilliq moddalari pentozanlar, geksozanlar 
va uron kislotalar birikmalaridan tashkil topgan.
197



Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə