Toshkent farm atse vtikainstituti



Yüklə 136 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/138
tarix28.11.2023
ölçüsü136 Kb.
#133372
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   138
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Mahsulot tayyorlash. 
Dorivor ukrop o‘simligini hosilini yig‘ib 
olish birmuncha murakkab jarayon hisoblanadi. Ularning urug‘larini 
pishishi bir xil muddatda ro‘y bermaydi. Oldin pishganlari to £kilib 
ketishi mumkin. Shulami e ’tiborga olib, uru g iar qo‘ng‘ir rangga 
kira boshlaganda birinchi marta qo‘lda teriladi. Shu davrda ularning 
tarkibida ko‘p miqdorda efir moyi to‘p!angan bo'ladi. Keyingi 
yig'imni 10-12 kundan keyin mexanizmlar yordamida amalga 
oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ya’ni qayta jihozlangan SK-
3, SK-4 va boshqa kombaynlar bilan vig‘ib daladan olib chiqib 
ketiladi. Katta maydonlarda ekilgan dorivor ukropni uzog‘i bilan
5-6 kun ichida yig‘ib olish tavsiya qilinadi.
206


0 ‘simliklarni yetishtirishda yuqorida qayd qilib o ‘tilgan 
agrotexnik tadbirlarga rioya qilib parvarish qilinsa, sug‘oriladigan 
maydonlaming har gektaridan 10-15 sentner urug‘ olish imkoniyati 
yaratiladi.
DORIVOR QASHQARBEDA (SARIQBEDA) - MELILOTUS
OFFICINALIS DESCR.
Dorivor qashqarbeda (sanqbeda) -
Melilotus Officinalis Descr.
dukkakdoshlar -
Fabaceae 
oilasiga kiradi.
Ikki yillik, bo‘yi 50-100 sm ga (ba’zan 2 m ga) etadigan o‘t 
о ‘simlik. Ildizi sershox, o ‘q ildiz. Poyasi bitta yoki bir nechta, qirrali 
bo‘lib, yuqori qismi shoxlangan. Bargi uch plastinkali murakkab 
barg, poyada bandi bilan ketma-ket o‘mashgan. Bargchasi teskari 
tuxumsimon, tuxumsimon yoki cho‘ziq lansetsimon, tekis qirrali 
yoki mayda arrasimon-tishsimon qirrali va tuksiz bo‘lib, uzunligi 3 
sm. Bargda ingichka, tekis qirrali qo‘shimcha bargchalar bor. Gullari 
mayda, sariq, shingilga to‘plangan. Gulkosachasi yarmisigacha 
uchburchak lansetsimon shakldagi 5 bo‘lakka qirqilgan. Gultojisi 
kapalak-guldoshlarga xos tuzilgan. Otaligi 10 ta, shundan bittasi 
birlashmagan, qolganlari birlashgan. Onalik tuguni bir xonali, 
yuqoriga joylashgan. Mevasi - tuxumsimon, ko‘ndalangiga 
burishgan, kulrang tusli, tuksiz, bir urug‘li dukkak.
lyun-sentyabr oylarida gullaydi, urug‘i esa avgust oyidan 
boshlab etiladi.

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə