yordamida qator oralari 30, 40 va 60 sm qilib ekiladi. Tuproq
harorati 10-15°S bo‘lgandaurug‘lar 8-10 kundan keyin unib chiqadi.
Nihollar unib chiqmasdan oldin uni borona va kultivatsiya qilinadi,
begona o ‘tlardan tozalanadi.
Egatlarning qator orasi 60 sm ko‘chatlar oralig‘i 15-20
sm dan
qilib, har bir uyaga 1-2 tadan o‘simlik qoldirilib yagana qilinadi.
0 ‘simlikni birinchi oziqlantirish maysalar unib chiqqandan
keyin gektar hisobiga 20 kg dan azot va fosfor o‘g‘iti berishdan
boshlanadi.
Bo‘yoqdor masxar azotli va fosforli o‘g‘itlsrga talabchan
о‘simlik bo'igani uchun ikkinchi oziqiantirishni shonalash fazasida
gektar hisobiga 30 kg azot va 20 kg dan kaliy o ‘g ‘iti
berish bilan
boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 0 ‘g ‘itlami 8-10 sm chuqurlikka
solish ma’qul bo‘ladi. Oziqlantirish har bir sug‘orish oldidan amalga
oshiriladi. Sug‘orilgandan keyin o ‘simlik ekilgan maydonlaming
qator oralari kultivatsiya qilinib, begona o ‘tlardan tozalanadi.
Masxar gullash davrida o‘g ‘itlami ko‘proq talab qiladi va oxirgi
oziqlantirish gektariga 30 kg azot va 20 kg kaliy o‘g‘iti berish bilan
tugallanadi. Vegetatsiya davomida bo‘yoqli masxar ekilgan yerlarga
o‘rtacha 70-80 kg azot 50 kg fosfor va 30 kg kaliy o‘g ‘iti bilan
oziqlantirilsa, yuqori hosil yetishtirish mumkin bo‘ladi. Masxar
dehqonchilik borasida vaqtli ekiladigan o ‘simliklar turlariga kiradi.
Professor D. Yormatovaning yozishicha, uning ildizlari baquw at
bo‘lgani bois tuproqning 2,5-3 metr pastidan namni o ‘zlashtirib,
о ‘simlik rivojlanishi uchun sharoit yaratadi,
namni juda tejab
sarflaydi. 0 ‘simlik gullagan vaqtida havo nam bo‘lib, yomg‘ir ko‘p
yog‘sa, uning changlanishi kamayadi.
Masxar past haroratga bardosh berish bilan birga issiqqa
ham chidamli о‘simlik hisoblanadi. Havo quruq kelsa, garmsel
shamollar bo'lsa, gullari urug‘lanmaydi va natijada puch bo‘lib
qoladi. 0 ‘simlik suvga ham unchalik talabchan emas. Vegetatsiya
davomida 3-4 marta sug'orilsa, uning o‘sishi
va rivojlanishi uchun
etarli hisoblanadi.
Masxar to iiq gullab bo‘lgandan keyin 20-25 kun ichida pishadi.
Avvalo, bosh poyaning eng yuqorisidagi, keyin yon shoxlarning
savatehalaridagi urug‘lar etiladi. Urug‘lari pishib ketsa ham
to‘kilmaydi. Chunki savatcha barglar bilan mahkam o‘ralgan bo‘ladi.
Bu hosilni nobud qilmasdan don kombaynlari yordamida yig‘ishtirib
olish mikonini beradi. Hosilni yig‘ishtirib olib, uni birdaniga о‘rib
yanehish lozim. Agar u avval o ‘rib. keyinroq yanchilsa, savatchalari
yerda qolib ketadi va hosil cbo‘g ‘i kamayadi.
Agar agrotexnik tadbiriar o‘z vaqtida o'tkazilsa, bo‘yoqli masxar
o‘simligi ekilgan maydonning har gektaridan 200 250
kg gacha
gul barglari va o‘rtacha 12-15 sentnergacha urug‘ yig‘ishtirib olish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: