havo almashinishi va oziqa rejimi yaxshilanadi. Begona o ‘tlar
urug‘i, zararkunanda va kasallik qo‘zg‘atuvchi mikrobiar miqdori
kamayadi.
Kashnich sovuqqa chidamli o‘simlik, uning urug‘i 8-10°S unib
chiqa boshlaydi, shuning uchun uning urug‘larini bir tekis undirib
olish uchun bir xil chuqurlikda ekish, normasiga rioya qilish, ко‘chat
qalinligi bir xil bo‘lishi tuproq namidan vaqtida foydalanishiga
e’tibor berish kerak bo‘ladi.
Kashnich urug‘ini kuzda yoki erta bahorda tor qatorlab yoki qator
oralari 45 sm, 3-4 sm chuqurlikda sabzavot ekadigan uskunalarda
gektar hisobiga 10-15 kg urug‘ sarfla'b optimal (tuproq harorati 14-
15°S) muddati arda ekilsa ko‘chatlar 7-8 kunda to iiq о ‘sib chiqadi
va sug‘oriladi. Maysalar о‘sib chiqqandan keyin begona o‘tlardan
tozalanadi, ildizga zarar etkazmasdan oralariga ishlov beriladi.
Kashnichning vegetatsiya davri 90-120 kun davom etadi.
Kashnich rivojlanish davriga oziqa elementlarga juda talabchan
hisoblanadi. Uning yaxshi o‘sishi va rivojlanishi uchun qator
oralariga ishlov berish bilan birga gektar hisobiga 30-40 kg dan
azot, 20 kg dan kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi. Kashnich gullash
va kesish davrida ikkinchi marta gektariga 40 kg dan azot, 20 kg
fosfor va 30 kg kaliy o‘g ‘iti bilan oziqlantiriladi.
Kashnich quruqlikka chidamli о‘simlik boiishiga qaramasdan
o ‘sish va meva tugish davrida ko‘p namlikni talab qiladi. Maysalami
yuvib ketmaslik uchun sug‘orish ishlari ehtiyotkarlik bilan olib
borilishi lozim. Vegetatsiya davomida 10-12 martagacha sug‘oriladi.
Agrotexnik tadbirlami yuqori saviyada o ‘tkazilgan may-
donlardan gektaridan 1000-1200 kg hosil yig‘ib olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: