Har yarimta mevaning qabariq tomonida saS do‘ppaygan 5 ta
asosiy qovurg‘alari va yaxshi sezilmaydigan 56 ta to‘g ‘ri, ko‘shimcha
qovurg‘alari bo‘ladi. Pishib etilgan meva hushbo‘y hidga va yoqimli
mazaga ega.
Meva namligi 13%, umumiy kuli 7%, 10% li xlorid kislotada
yerimaydigan kuli 1,5%, ezilgan, pishmagan va buzilgan kashnich
mevalari 3%, efir moyli boshqa o‘simliklar mevasining aralashmasi
1%, organik aralashmalar 1% va mineral aralashmalar 1% dan ortiq
hamda meva tarkibidagi efir moyi 0,5% dan kam bo‘lrnasligi kerak.
Kimyoviy tarkibi. Kashnich mevasi tarkibida 0.7-1,5%) ii efir
moyi, 10-20% yog', 11-17%) oqsil va boshqa moddalar bo‘ladi.
Kashnichning efir moyi rangsiz yoki och sarg‘ish, tiniq suyuqlik
bo‘lib, o‘ziga xos hushbo‘y va yoqimli mevasi bor. Zichiigi 0,845-
0,862, refraksiya soni 1,471-1,478, qutblangan nur tekisligini
og‘dirish burchagi +56°- +68°.
Moy tarkibida 60-80% li nalool, 5% geraniol va oz miqdorda
bomeol, turli algedridlar hamda terpenlarning aralashmaiari bo‘ladi.
Standart talabga ko‘ra efir moyi tarkibidagi linolool miqdori 65%
dan kam bo‘lmasligi kerak.
Ishlatilishi. Kashnich mevasi ishtaha ochadigan, ovqat hazm
qilishni yaxshilaydigan, o ‘t haydaydigan vosita sifatida va bavosil
kasalligida hamda yaralarni davolashda ishlatiladi. Kashnich
mevasining efir moyi antiseptik, og‘riq qoldiruvchi, o‘t haydovchi
hamda bavosilga qarshi dori sifatida qo‘llaniladi, shuningdek,
farmatsevtikada ichiladigan dorilar ta’mini yaxshilashda ishlatiladi.
Kashnich mevasi va efir moyi oziq-ovqat sanoatida hamda
parfyumeriyada qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: