Toshkent farm atse vtikainstituti


EKMA KASHNICH - CORIANDRUM SATIVUM L



Yüklə 136 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/138
tarix28.11.2023
ölçüsü136 Kb.
#133372
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

EKMA KASHNICH - CORIANDRUM SATIVUM L.
Ekma kashnich -
Coriandrum Sativum L. 
Selderdoshlar -
Apiaceae 
(soyabonguldoshlar - IJmbelliferae) oilasiga kiradi.
Bir yillik, bo‘yi 30-70 sm ga etadigan o ‘t о ‘simlik. Poyasi 
silindrsimon, mayda qirrali, tuksiz, ichi kovak, yuqori qismi 
shoxlangan. Bargi oddiy, qinli, tuksiz, ildizoldi barglari uzun bandli, 
uch boiakka qirqilgan, qirrasi tishsimon kesilgan, poyasining 
pastki qismidagi barglari qisqa bandli, ikki bo‘lakka qirqilgan, o ‘rta 
qismdagilari esa bandsiz bo ‘lib, ipsimon ikki-uch bo‘lakka ajralgan. 
Barglari poyada ketma-ket joylashgan. Gullari mayda, umumiy 
o‘ramsiz murakkab soyabonga to ‘plangan; gulkosachasi besh tishli, 
meva bilan birga saqlanib qoladi. Tojbargi beshta, pushti rangda, 
otaligi 5 ta, onalik tuguni ikki xonali, pastga joylashgan. Mevasi - 
yumaloq, qo‘ng‘ir yoki sarg‘ish kulrang, qo'shaloq doncha.
Iyun oyidan boshlab, avgustgacha gullaydi, mevasi avgust- 
sentyabrda pishadi.
Geografik tarqalishi. 
Vatani Yevropa janubidagi davlatlar 
hamda Turkiya. Ukrainada, Kavkazda, Kuybishev va Voronej 
viloyatlarida hamda 0 ‘rta Osiyo respublikalarida o‘stiriladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rimshi. 
Tayyor mahsulot yumaloq 
shaklli pishganda bo‘linmaydigan ikki bo‘lak!i, qo‘ng‘ir yoki 
sarg‘ish-kulrang, diametri 4 mm bo‘lgan qo‘shaloq donachalardan 
iborat.
214


Har yarimta mevaning qabariq tomonida saS do‘ppaygan 5 ta 
asosiy qovurg‘alari va yaxshi sezilmaydigan 56 ta to‘g ‘ri, ko‘shimcha 
qovurg‘alari bo‘ladi. Pishib etilgan meva hushbo‘y hidga va yoqimli 
mazaga ega.
Meva namligi 13%, umumiy kuli 7%, 10% li xlorid kislotada 
yerimaydigan kuli 1,5%, ezilgan, pishmagan va buzilgan kashnich 
mevalari 3%, efir moyli boshqa o‘simliklar mevasining aralashmasi 
1%, organik aralashmalar 1% va mineral aralashmalar 1% dan ortiq 
hamda meva tarkibidagi efir moyi 0,5% dan kam bo‘lrnasligi kerak.
Kimyoviy tarkibi. Kashnich mevasi tarkibida 0.7-1,5%) ii efir 
moyi, 10-20% yog', 11-17%) oqsil va boshqa moddalar bo‘ladi.
Kashnichning efir moyi rangsiz yoki och sarg‘ish, tiniq suyuqlik 
bo‘lib, o‘ziga xos hushbo‘y va yoqimli mevasi bor. Zichiigi 0,845-
0,862, refraksiya soni 1,471-1,478, qutblangan nur tekisligini 
og‘dirish burchagi +56°- +68°.
Moy tarkibida 60-80% li nalool, 5% geraniol va oz miqdorda 
bomeol, turli algedridlar hamda terpenlarning aralashmaiari bo‘ladi. 
Standart talabga ko‘ra efir moyi tarkibidagi linolool miqdori 65% 
dan kam bo‘lmasligi kerak.
Ishlatilishi. Kashnich mevasi ishtaha ochadigan, ovqat hazm 
qilishni yaxshilaydigan, o ‘t haydaydigan vosita sifatida va bavosil 
kasalligida hamda yaralarni davolashda ishlatiladi. Kashnich 
mevasining efir moyi antiseptik, og‘riq qoldiruvchi, o‘t haydovchi 
hamda bavosilga qarshi dori sifatida qo‘llaniladi, shuningdek, 
farmatsevtikada ichiladigan dorilar ta’mini yaxshilashda ishlatiladi.
Kashnich mevasi va efir moyi oziq-ovqat sanoatida hamda 
parfyumeriyada qo‘llaniladi.

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə