Toshkent farm atse vtikainstituti


Bo‘yoqdor masxarni o‘stirish texnologiyasi



Yüklə 136 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/138
tarix28.11.2023
ölçüsü136 Kb.
#133372
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Bo‘yoqdor masxarni o‘stirish texnologiyasi
Bo‘yoqdor masxar o'simligini О‘zbekistorming barcha turdagi 
tuproqlarida, shu jumladan sho‘rlangan yerlarda ham ekib o'stirish 
mumkin. Uni kech kuzda \ a erta bahorda sug‘oriladigan va lalmikor 
yerlarda ham ekish mumkin. Lekin u unumdor, oziqa elementlarga 
boy, mexariik tarkibi o‘rtacha bo‘lgan tuproqlarda yaxshi hosil 
beradi.
Bo‘yoqdor maxsar o‘simligini yaxshi rivojlanishi, undan sifatli 
va m o‘l hosil yetishtirish uchun ularni o‘z vaqtida o‘g‘itlash, 
sug‘orish muddatlarini to‘g‘ri belgilash, zararkunanda, kasallik 
va begona o ‘tlarga qarshi kurashishga qaratish asosiy agrotexnik 
tadbirlardan hisoblanadi.
Bo‘yoqdor masxar ekiladigan yerlami kuzda yer haydash 
oldidan organik o ‘g ‘itlar va fosfor o‘g‘iti bilan oziqlantirib, 22-25 
sm chuqurlikda haydash lozim bo‘ladi. Agar yog‘ingarchilik kam 
bo‘layotgan mintaqalarda yer xaydash bilan birga gektar hisobiga 
20-30 kg azot o‘g ‘itini qo‘liash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Uning urug‘larini erta bahorda va kech kuzda ekilsa ham bo‘ladi. 
Chunki uning maysalari 10-15°S sovuqqa bardosh beradi.
Urug‘lami ekishga tayyorlashda GOST qoidalariga rioya qilish 
zarur; urug1 konditsiyaga etgan va 1 yoki 2 klass bolishi kerak; 
tozaligi 90-95 va uchuvchanligi 75-80% dan kam bo‘lmasligi lozim.
Bo‘yoqdor masxar urug‘ini erta bahorda ekishdan oldin, yerlami 
borona va mola bilan tekislab, begona o ‘tlar ildizi dan tozalab, 4-6 
sm chuqurlikda qadaladi. Relefi tekis bo‘lgan tuproqlarda ekilsa, 
gektariga 7-8 kg, tog‘ oidi mintaqalarda ekilganda gektariga 18-20 
kg urug1 sarfianadi. UrugTar don yoki sabzavot ekish uskunalari
212


yordamida qator oralari 30, 40 va 60 sm qilib ekiladi. Tuproq 
harorati 10-15°S bo‘lgandaurug‘lar 8-10 kundan keyin unib chiqadi. 
Nihollar unib chiqmasdan oldin uni borona va kultivatsiya qilinadi, 
begona o ‘tlardan tozalanadi.
Egatlarning qator orasi 60 sm ko‘chatlar oralig‘i 15-20 sm dan 
qilib, har bir uyaga 1-2 tadan o‘simlik qoldirilib yagana qilinadi.
0 ‘simlikni birinchi oziqlantirish maysalar unib chiqqandan 
keyin gektar hisobiga 20 kg dan azot va fosfor o‘g‘iti berishdan 
boshlanadi.
Bo‘yoqdor masxar azotli va fosforli o‘g‘itlsrga talabchan 
о‘simlik bo'igani uchun ikkinchi oziqiantirishni shonalash fazasida 
gektar hisobiga 30 kg azot va 20 kg dan kaliy o ‘g ‘iti berish bilan 
boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 0 ‘g ‘itlami 8-10 sm chuqurlikka 
solish ma’qul bo‘ladi. Oziqlantirish har bir sug‘orish oldidan amalga 
oshiriladi. Sug‘orilgandan keyin o ‘simlik ekilgan maydonlaming 
qator oralari kultivatsiya qilinib, begona o ‘tlardan tozalanadi.
Masxar gullash davrida o‘g ‘itlami ko‘proq talab qiladi va oxirgi 
oziqlantirish gektariga 30 kg azot va 20 kg kaliy o‘g‘iti berish bilan 
tugallanadi. Vegetatsiya davomida bo‘yoqli masxar ekilgan yerlarga 
o‘rtacha 70-80 kg azot 50 kg fosfor va 30 kg kaliy o‘g ‘iti bilan 
oziqlantirilsa, yuqori hosil yetishtirish mumkin bo‘ladi. Masxar 
dehqonchilik borasida vaqtli ekiladigan o ‘simliklar turlariga kiradi.
Professor D. Yormatovaning yozishicha, uning ildizlari baquw at 
bo‘lgani bois tuproqning 2,5-3 metr pastidan namni o ‘zlashtirib, 
о ‘simlik rivojlanishi uchun sharoit yaratadi, namni juda tejab 
sarflaydi. 0 ‘simlik gullagan vaqtida havo nam bo‘lib, yomg‘ir ko‘p 
yog‘sa, uning changlanishi kamayadi.
Masxar past haroratga bardosh berish bilan birga issiqqa 
ham chidamli о‘simlik hisoblanadi. Havo quruq kelsa, garmsel 
shamollar bo'lsa, gullari urug‘lanmaydi va natijada puch bo‘lib 
qoladi. 0 ‘simlik suvga ham unchalik talabchan emas. Vegetatsiya 
davomida 3-4 marta sug'orilsa, uning o‘sishi va rivojlanishi uchun 
etarli hisoblanadi.
Masxar to iiq gullab bo‘lgandan keyin 20-25 kun ichida pishadi. 
Avvalo, bosh poyaning eng yuqorisidagi, keyin yon shoxlarning


savatehalaridagi urug‘lar etiladi. Urug‘lari pishib ketsa ham 
to‘kilmaydi. Chunki savatcha barglar bilan mahkam o‘ralgan bo‘ladi. 
Bu hosilni nobud qilmasdan don kombaynlari yordamida yig‘ishtirib 
olish mikonini beradi. Hosilni yig‘ishtirib olib, uni birdaniga о‘rib 
yanehish lozim. Agar u avval o ‘rib. keyinroq yanchilsa, savatchalari 
yerda qolib ketadi va hosil cbo‘g ‘i kamayadi.
Agar agrotexnik tadbiriar o‘z vaqtida o'tkazilsa, bo‘yoqli masxar 
o‘simligi ekilgan maydonning har gektaridan 200 250 kg gacha 
gul barglari va o‘rtacha 12-15 sentnergacha urug‘ yig‘ishtirib olish 
mumkin.

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə