Toshkent farm atse vtikainstituti


Oddiy dastarboshni o‘stirish texnologiyasi



Yüklə 136 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/138
tarix28.11.2023
ölçüsü136 Kb.
#133372
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   138
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Oddiy dastarboshni o‘stirish texnologiyasi
Oddiy dastarbosh ko‘p yillik o ‘simlik bo‘lgani uchun uni 
kuzda va erta bahorda ekib ko‘paytirish mumkin. 0 ‘zbekistonda 
tarqalgan barcha tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Uning ildiz tizimi 
yaxshi taraqqiy etganligini e ’tiborga olib uni yeroziyaga 
uchraydigan tuproqlarda ekish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Tuproqni emirilishdan himoya qiladi.
Oddiy dastarbosh ekiladigan yerSarni kuzda haydashdan 
oldin mahalliy o‘g ‘it va superfosfat bilan oziqlantirib, 25-28 
sm chuqurlikda haydab qo‘yi!adi. Erta bahorda yerlar borona 
qilinib mola bilan tekislanadi va begona o ‘tlaming qoldiqlaridan 
tozalanadi. Urug‘ erta bahorda tuproq harorati 15-3 7°S boUganda 
bir chiziq bo‘ylab, qator oralari 60 sm dan qiJib ekiladi. Uning 
urug‘lari mayda bo‘lganligi sababli bir tekis ekilishi uchun uni 
chirigan go‘ng yoki qumga aralashtirib ekiladi. Urug‘lar 0,5 sm 
chuqurlikda ekiladi. Gektar hisobiga 7-8 kg urug‘ sarflanadi. 
Mart oyining oxirida ekilgan urug‘lar 10-12 kunda unib chiqadi. 
Maysalar 3-4 ta chin barg chiqarishi bilan kultivatsiya bilan 
egatlar olinadi.
Har bir uyada 1-2 ta o‘simlik ko‘chati qoldirilib yagana 
qilinadi. Uyalar oralig‘i 10-12 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Oddiy dastarbosh begona o‘tlar bilan bemalol raqobatlashadi va 
ikkinchi yili ulami to‘liq siqib chiqaradi.
0 ‘simlikning yaxshi o‘sishi, rivojlanishi va undan yuqori 
hosil yetishtirish uchun agrotexnik tadbirlarni yuqori saviyada 
o ‘tkazish kerak bo‘ladi.
Dastarboshni birinchi oziqlantirish o‘sirnlik unib chiqqandan 
keyin oralariga ishlov berilib, gektar hisobiga 30 kg azot va 20 kg 
kaliy o ‘g ‘itiberishdan boshlanadi. Dastarbosh ozuqa elementlarga 
ko‘proq talabchan hisoblanadi.
96


Ikkinchi oziqlantirish shonalash daviiga to‘g‘ri keladi va 
fosforli va kaliyli o ‘g ‘itlarni ko‘proq talab qiladi. Uning o‘sishini 
va rivojlanishini tezlashtirish maqsadida gektar hisobiga 30 kg 
azot, 20 kg fosfor va 30 kg kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi.
0 ‘simliknmg bo‘yi birinchi yili avgust oylariga borib 1 metrga 
etadi va gulga kiradi. Uning gullash fazasida gektar hisobiga 40 
kg dan azot berib oziqlantirishni tugatiladi.
Dastarboshni o ‘g ‘itlash sug‘orishdan oldin amalga oshiriladi.
Havoning harorati va tuproq namligining holatiga qarab 
vegetatsiya davomida 8-9 marta sug‘oriladi va oralariga ishlov 
beriladi, Havo harorati yuqori bo‘lgan yili sug‘orishni ko‘paytirish 
kerak. Dastarbosh to‘pgullarini birinchi yilidayoq yig‘ib olinadi. 
0 ‘simlik noyabr oyigacha gul lay di va uni tez-tez yig‘ib olishga 
to‘g‘ri keladi.

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə