Toshkent farm atse vtikainstituti



Yüklə 136 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/138
tarix28.11.2023
ölçüsü136 Kb.
#133372
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   138
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Mahsulot tayyorlash. 
0 ‘simiikning yer ustki qisini ikkinchi 
yili erta bahorda to‘pgullari chiqquniga qadar savatchaga 
to‘plangan gullar ochila boshlaganda savatchalar bandsiz yig‘ib 
olinadi. Dastarbosh ekinlaridan 5 yiigacha foydalanish mumkin. 
Uning xom-ashyosi yig‘ib olingandan keyin usti berk ayvoniarda 
yupqa qilib yoyiladi va tez-tez shamollatib turiladi. Qurigandan 
keyin qopchalarga 20 kg dan qilib joylanadi yoki zichlanmasdan 
50 kg bog‘lanadi.
Dastarboshning u raglari oktyabr oyida pishadi. Pishib 
etilgan yassi to‘pgullari tokqaychilarda qirqiladi va xirmonlarga 
to‘planadi va yaxshilab quritiladi va qoplarda 3 yiigacha saqlanadi.
ODDIY QORA ZIRA - CARUM CARVI L
Oddiy qora zira -
Carum carvi L. 
selderdoshlar - 
Apiaceac
(soyabonguidoshlar - 
Umbelliferae) 
oilasiga kiradi.
Ikki yillik, bo‘yi 30-80 sm ga etadigan o‘t o‘simlik. Birinchi 
yili ildizidan ildizoldi barglar, ikkinchi yili esa ildizoldi barglar 
hamda poya o ‘sib ehiqadi Poyasi tik o‘suvchi, silindrsimon,
97


ko‘p qirrali, yuqori qismi shoxlangan. Ildizoldi bargi uzun bandli, 
poyadagiiari esa qisqa bandi bilan ketma-ket joylashgan. Bargi 2 
va 3 marta chiziqsimon barg bo‘laklariga ajralgan. Gullari mayda 
bo‘lib, murakkab soyabonga, to‘plangan. Kosachabarglari aniq 
bilinmaydigan, tojbargi oq yoki pushti rangda, otaligi 5 ta, onalik 
tuguni 2 xonali, pastga joylashgan. Mevasi - cho‘ziq qo‘shaloq 
pista.
Iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi iyul-avgustda pishadi.
Geografik tarqalishi. 
0 ‘rmonlarda, o ‘rmon chetlarida va 
o ‘tloq yerlarda yovvoyi holda o‘sadi. Asosan Ukraina, Belorus, 
Rossiyaning Yevropa qismining o‘rmon va o‘rmon cho'l 
zonalarida, Sibirning janubida, Kavkaz va 0 ‘rta Osiyoning togii 
tumanlarida uchraydi. Rossiya, Ukraina, Belorus respublikalarida 
o ‘stiriladi.

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə