Toshkent farm atse vtikainstituti



Yüklə 136 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/138
tarix28.11.2023
ölçüsü136 Kb.
#133372
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   138
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Hosilni yig‘ish. 
Sarimsoqni yig‘ish usuli ko‘p jihatdan 
piyozning hosilini yig‘ishga o‘xshaydi. 0 ‘simlikni piyozboshisi 
yoz oylarida kavlab olinadi.
BODOM - AMYGDALUS COMMUNIS L
Bodom -
Amygdalus communis 
L. ra’noguldoshlar 
Rosaceae 
oilasiga kiradi.
Bodom daraxtining bo‘yi 2-5, ba’zan 8 m bo‘ladi. Novdaiari 
qizg‘ish-jigarrang, shoxlarining po‘stlog‘i kulrang-qo‘ng‘ir, 
tanasiniki esa qoramtir. Bargi oddiy, lansetsimon yoki ensiz 
ellipssimon, o ‘tkir uchli, cheti esa o‘tmas, mayda tishsimon 
bo‘lib, bandi bilan poyada ketma-ket o‘mashgan. Gullari oq yoki 
och pushti rangda bo‘lib, shoxlarida yakka-yakka joylashgan. 
Gulqo‘rg‘oni murakkab, to‘g‘ri, kosacha va tojbarglari 5 
tadan, birlashmagan, otaligi ko‘p sonli, onalik tuguni yuqoriga 
joylashgan. Mevasi - qiyshiq yoki cho‘ziq tuxumsimon danakli 
meva.
90


Bodomning ikki tur xili uchraydi, ulami faqat mag‘zining 
achchiq-chuchukligiga qarab ajratish mumkin: chuchuk bodom 
-Amugdalus communis L. varietas dulcis 
D. 
C. va achchiq bodom
- Amugdalus communis L. varietas amara 
D. 
C.
Bodom fevrai-aprel oylarida, barg chiqarmasdan gullaydi. 
mevasi iyun-iyul oylarida pishadi.
Geografik tarqalishi. 
Achchiq bodom yovvoyi holda tog‘ 
yonbag‘irlarida va dengiz sathidan 800-1800 m balandlikdagi 
tog‘li tumanlarda o‘sadi. Achchiq bodom asosan 0 ‘rta Osiyo 
tog‘larida (Tyanshan, Pomir-Oloy, Kopetdag), Ozarbayjonning 
janubiy qismi, Janubiy Armanistonda o‘sadi. Achchiq va chuchuk 
bodom 0 ‘rta Osiyoda, Kavkazda va Qrimda ko‘p o‘stiriladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. 
Tayyor mahsulot danakdan 
ajratib olingan tuxumsimon, cho‘ziq, yassi bodom urug‘idan 
iborat. Bodom urug‘i g ‘adir-budur bo‘lib, asosida qora dog‘ga 
o‘xshash (po‘stining ichki tomonidan yaxshi ko‘rinadigan) 
xalaza joylashgan. Xalaza atrofida radius bo‘ylab mayda suv 
naychalari joylashgan. Urug‘ning o ‘rtacha uzunligi 2 sm, eni 
esa - 1,5 sm. Issiq suv bilan namlanganda, po‘sti tez ko‘chadi. 
Urug‘ ikkita palladan iborat. Embrionning ildizchasi va kurtagi 
urug‘ining uch tomoniga joylashgan. Chuchuk bodom urug‘i 
hidsiz, yog‘simon yoqimli mazasi bor. Achchiq bodom urug‘i esa 
achchiq, quriganida hidsiz bo‘ladi, namlab havonchada ezilsa, 
sianid kislota hidi keladi.
Chuchuk bodom um g‘i orasida singan urug‘lar va achchiq 
bodom urug‘i bo‘lmasligi kerak. Singan um g‘lardagi moy um g‘ni 
saqlash davrida (po‘sti bo‘lmaganidan) havo va namlik ta ’sirida 
oksidlanadi va parchalanib buziladi.

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə