Toshkent farm atse vtikainstituti


Rosa damascene Mill., Rosa centifolia



Yüklə 136 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/138
tarix28.11.2023
ölçüsü136 Kb.
#133372
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   138
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Rosa damascene Mill., Rosa centifolia
L., Rosa gallica L., 
atirgullilar - 
Rosaceae 
oilasiga kiradi.
Atirgul bo‘yi 1,5-2 m ga etadigan buta. Poyasi sershoxli bo‘lib, 
tikanlar bilan qoplangan. Bargi toq patli murakkab, 3-5, ba’zan 7 
ta bargchadan tashkil topadi. Bargi da qo‘shimcha bargchalar ham 
bo‘ladi. Gullari yirik, xushbo'y bo1
'lib, qalqonsimon to‘pgulga 
yoki qalqonsimon ro‘vakka to‘plangan. Kosachabargi 5 ta, 
tojbargi 25-30 tacha qizii, pushti, ba’zan oq rangga bo‘yalgan. 
Otalik va onahklari ko‘p sonli. Mevalari yong‘oqsimon, bir 
urug‘li, gal o‘rni bilan birlashib, qizil rangli, cho‘zinchoq, soxta 
meva hosil qiladi. Iyun oyida gullaydi.
Geografik tarqalishi. Atirgullar , yovvoyi holda uchrainaydi. 
Atirgul Rossiyada, asosan Gruziya, Moldaviya, Tojikiston, 
Qirg‘iziston respublikalarida hamda Qrimda, Zakavkazeda va 
Krasnodar o‘lkasids o'stiriladi.
Kimyoviy 
tarkibi. 
Gultojbargi tarkibida 0,05-0,075% efir 
moyi va kratanoidlardan rubiksantin boTadi. Efir moyi ertalab 
yig‘ilgan gultojbarglardan suv bug‘i yordamida haydab olinadi.
Efir moyi sarg‘ish, xushbo‘y bo‘lib, +15°C temperaturada 
stearopteni (hidsiz, keraksiz qismi) kristal.1 holida ajraladi. Efir
85


moyining solishtirma ogirligi 0,8368-0,8776, refraksiya soni 
1,5571, qutblangan nur tekisligini og‘dirish burchagi - 2,50° 
-4,25°.
Efir moyi tarkibida 50-60% geraniol, 22,6% sitronellol, 10% 
nerol, 2% gacha feniletil spirti, evgenol hamda sitral, ionil va 
boshqa aldegidlar b o ‘ladi.
Ishlatilishi. Atirgul moyipreparati-AquaRosaefarmatsevtika 
dorilar hidi va mazasini yaxshilash uchun ishlatiladi.
Atirgul moyi asosan parfyumeriyada qo‘ilaniladi.
Atirgulni yetishtirish texnologiyasi
Atirgul 
ra’noguldoshlar 
(atirgullilar) 
turkumining 
xushmanzara o‘simlik sifatida ekiladigan bir qancha turiga xalq 
tomonidan qo‘yilgan umumiy norn hisoblanadi. Bu turkumning 
yovvoyi holda o‘sadigan turlari xalqda ra’no, na’matak, gulzavr 
va itburun nomlari bilan m a’lum.
Shulardan ra’no va atirgul so‘zlari oila nomiga asos qilib 
olingan. Atirgulning yer yuzida 10 mingga yaqin naviari 
bor b o iib , 0 ‘zbekistonning barcha iqlim sharoitlarida 6 ta 
remontant, choy-duragay, pero‘nsion, poliant, floribund va 
chirmashuvchi kabi turlari bor. Atirgulga mansub 340 dan ortiq 
naviari sug‘oriladigan mintaqamizda ekib kelinmokda. Bu navlar 
gulining katta-kichikligi, rangi, hidi, poyada o‘mashishi, gullash 
davri, poyaning tikka yoki ilashib o‘sishi kabi xususiyatlari bilan 
farq qiladi, fasl bo‘yi uzluksiz yoki takroriy gullab turadigan 
va poyasi ilashib o‘sadigan xillari ko‘proq ekilib kelinmokda. 
Atirgulning bizning sharoitimizda asosan payvand qilish yo‘li 
bilan ko‘paytirishda kerakli atirgul navinmg bitta yoki bir nechta 
kurtagi avgust oyining oxirlarida payvandtakka (na’matakka) 
ulanadi. Kelasi yil erta bahorda payvandtak unga ulangan kurtak 
yuqorisidan kesib tashlanadi va payvandni bog‘lagan chipta 
bo‘shatiladi. Mavsum davomida bachki shoxchalar 4-5 marta 
yulib tashlanadi. Payvandli gui 15-20 sm o‘sgandan keyin
86


uning bo‘yiga cho‘zilishiga va muddatidan oldin guliashiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. Buning uchun payvandi gulning uchi kesiiib, vaqti- 
vaqti bilan yon shoxlari kisqartirib turilads. Oktyabr oyining 
oxiri noyabr oyining boshlarida bu payvandlar toTa sbakllangan 
ko‘chatga aylanadi. Atirgulning ko‘chatlarini unumdor va suv 
bilan ta’minlangan yerlarga kuzda va bahorda o‘tqaziladi. Bu 
yerlar oldindan gektar hisobiga 30-50 tonnadan chirigan go‘ng 
solib 30-35 sm chuqurlikdahaydaladi. Begona o‘tlardari tozalanib 
tekislab qo‘yilgan bo‘ladi. K o‘chatlar 70 x 70 sm oraliqda 
o‘tqaziladi. К о‘chat o‘tqaziladigan cnuquming kengligi 30-40 sm, 
chuqurligi 40-50 sm dan qilinadi. Vegetatsiya davomida atirgul 
ekilgan maydon 20 martacha sug‘oriladi va 6 martagacha oralari 
chopiladi. Atirgulning (gulzor) yaxshi o‘sishi va rivojlanishi 
uchun mavsum davomida ikki marta (1 m2 yerga 30 g dan 
ammoniy nitrat, 20 g dan fosfor va 15 g dan kaliy o ‘g‘iti bilan) 
oziqlantiriladi. Atirgulni vegetatsiya davomida zararkunanda va 
kasalliklardan himoya qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ayniqsa 
un shudringga qarshi oltingugurt kukuni bilan 3 marta dorilash 
kerak bo‘ladi. Begona o‘tlardan xoli tutiladi. Atirgulning bazi 82 
xillarining gulbarglaridan efir moyidan tashqari gulqand va 
murabbolar tayyorlanadi.
SARIMSOQ PIYOZ (SASSIQ PIYOZ) -
ALLIUM 8ATIVURN L.
Sarimsoq (sassiq piyoz) -
Allium 
sativum L. lolaguldoshlar 
(piyozguldoshiar) - Liliaceae oilasiga kiradi.
Ko‘p yillik, piyozboshli, bo‘yi 20-70 (ba’zan 100) sm 
ga etadigan o‘i o ‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, silindrsimon 
bo Tib, taxminan yarmisigacha barg qini bilan o'ralgan. Bargi 
chiziqsimon, yassi yoki tamovsimon, o‘tkir uchli. Sarimsoq 
piyozning ba’zi navlarini barg ko‘ltig‘ida piyozchalari boTadi. 
Gullari oddiy soyabonga to ‘plangan. Soyabon tushib ketadigan


bitta bargli qinga o‘ralgan. Gul bandlarining oraiig‘ida mavda 
piyozchalar bor. Gulqo‘rg‘oni oddiy, 6 ta oq rangli tojbargdan 
tashkil topgan. Otaligi 6 ta, onalik tugimi uch xonali, yuqori ga 
joylashgan. Mevasi - ko‘p urug‘li ko‘sak. K o‘pincha meva 
tugmaydi.

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə