Toshkent farm atse vtikainstituti



Yüklə 136 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/138
tarix28.11.2023
ölçüsü136 Kb.
#133372
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   138
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Dorivor preparatlari. 
Rutin (kukun (poroshok va tabletka 
holida chiqariladi), kversetin (tabletka holida chiqariladi) va 
mevadan tayyorlangan nastoyka.
Yapon soforasining guli chet eldan keltinladi. Shuning 
uchun Sobiq Ittifoqda o‘sadigan o‘simliklar orasida mtinga boy
78


mahsulot izlab topish katta ahamiyatga ega. Rutin olish uchun 
mahsulot sifatida yasmiq 
(Fagopyrum sagittatum Gilibe)
o‘simligining yer ustki qismi tavsiya etilgan. Yasmiq Rossiya, 
Ukraina va Belorus respublikalarida o‘stiriladi. Uning yer ustki 
qismi tarkibida 2-6% rutin va boshqa birikmalar bor.
Yapon soforasini o‘stirish texnologiyasi. 
Yapon soforasi 
manzarali daraxt sifatida 90 ga yaqin mamlakatda o‘stirilmoqda. 
0 ‘zbekistonga u birinchi marta XVIII asr o‘rtalarida keltirilgan. 
Toslikent shahrida hozirgi kunda 150 mingga yaqin yapon soforasi 
ekilgan va hosil bermoqda. Yapon soforasi tez o‘suvchan yorug‘ 
sevar, quruqlikka va sho‘rga chidamli o‘simlik hisoblanadi. 
Uning mevasi oktyabr-noyabr oylarida pishib etiladi. Yapon 
soforasi ekiladigan yerlami kuzda gektar hisobiga 20-28 tonna 
organik o‘g‘it va 50 kilogramm fosfor o‘g‘iti bilan oziqlantirib 
25-30 santimetr chuqurlikda haydab qo‘yiladi. 0 ‘simlikni kuzda 
va bahorda - aprel oyining birinchi o‘n kunligida ekiladi. Kuzda 
ekilgan urug‘lardan unib chiqqan maysalari bahorda boTadigan 
sovuq kunlarga chiday olmasligi mumkin. Shuning uchun uning 
urug‘ini bahorda ekish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Urug‘lami ekishdan oldin 10-15 kun ivitilib, yumshoq 
po‘stlog‘idan elaklarda ajratilib olinadi va quritiladi. Tozalangan 
xom-ashyodan 30-33% ga yaqin urug‘ ajratib olish mumkin. 
1000 dona urug‘ining og‘irligi o ‘rtacha 100 g ga to‘g‘ri keladi.
Kuzda haydalgan yerlami borona va mola mexanizmlari bilan 
tekislanadi.
Tayyorlangan u rugiar namli tuproqda 3-4 sm chuqurlikda 
ekiladi. Agar tuproqda nam etarli boTmasa tezlik bilan sug‘oriladi. 
Yapon soforasining urugTari 2 qator qilib keng pushtalarga 
ekiladi. Tuproqda namni ko‘proq saqlash maqsadida qatqaloq 
boTishni oldini olish va urug‘ ekilgan egatlaming tuprog‘i qizib 
ketmasligi uchun sholi poxoli, chirigan barglar va yog‘och 
qipiqlari bilan 1 sm qalinlikda yopib chiqiladi.
Bahorda ekilgan urugTar 10-15 lcundan keyin unib chiqadi. 
Hosil bo‘lgan ko‘chatlaming yaxshi rivojlanishi uchun egatlami
79


har doim nam holatda saqlash kerak bo‘ladi. Bundan tashqari 
unib chiqqan maysalar atrofi muntazam ravishda yumshatilib 
turilishi lozimdir.
Yapon soforasini о ‘ suv davrida 3 -4 marta oralarini kultivatsiya 
qilish, begona o'tlardan tozalab va zararkunandalarga qarshi 
chora tadbirlami amalga oshirish kerak bo‘ladi.
0 ‘simliklami ildizini yaxshi rivojlantirish va o‘sishini 
faollashtirish maqsadida vegetatsiya davomida gektariga sof 
azotdan 90 kg, fosfordan 60 kg va kaliy o ‘g ‘itidan 40 kg solinib 
oziqlantiriladi. Sofora o‘simligmi poyalarim baquvvat bo‘lishi 
uchun iyul yoki avgust oyining boshlarida kaliy o ‘g‘iti bilan 
oziqlantirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
0 ‘simlikni o‘g‘itlashni sug‘orishdan oldin amalga oshirish 
kerak bo‘ladi. Vegetatsiya davomida sofora o‘simligini 7-8 
marta sug‘orilsa oktyabr oyigacha ancha baquvvat bo‘lib 
o‘sadi. Sug‘orishdan keyin ко‘chat atrofi yumshatiladi. Sofora 
ko‘chatlarini ikkinchi yili erta bahorda yaxshi ko‘karishi uchun 
jo ‘yaklar olinib 70 x 25 sm dan joylashtirib qaytadan ko‘chirib 
ekiladi. Shu sxeinada ekilgan ko‘chatlarning soni 1 gektar 
maydonga 57 ming donaga to‘g ‘ri keladi. Ko‘chatlami qayta 
ekishda quyidagilarga e ’tibomi qaratish kerak: ekish davrida 
chirigan va singan ko‘chatlami ajratish, o‘simlikning ildiz tizimi 
qurimagan bo‘lishi kerak va uni tuproqqa zich qilib ekish kerak 
bo‘ladi, Ko‘chatlar ekilgandan keyin tezlik bilan sug‘orishni 
amalga oshirish lozim. Ko‘chatlami sug‘orilgandan 2 kun 
o ‘tkazib ulami to‘g ‘rilab chi qiladi.
Ekilgan ko‘chatlami yaxshi rivojlanishi uchun begona 
o‘tlardan tozalash, oralariga ishlov berish, oziqlantirish va ob- 
havoni hisobga olgan holda sug‘orishni muddatida o ‘tkazish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Egat oralarini kultivatsiya qilish 
ko‘chatlar 2 marta sug‘orilgandan keyin amalga oshiriladi.
Vegetatsiya davrida ко‘chat oralari 3-4 marta qo‘lda chopiq 
qilinadi. Ko‘chatlami sug‘orish uchun jo ‘yaklar olinadi va
80


vegetatsiya davomida 7-8 marta (may, iyun, iyul oylarida 2 
martadan) sug‘oriladi.
Ko‘chatlami bo‘yi 2,5-3 m va tana qismi 2,5-3 sm ga etganda
2- yoki 3- chi yili asosiy maydonlarga ko‘chirib ekiladi. Ekishdan 
oldin yerlar yumshatilgan, tekislangan va o‘g‘itlangan bo'lishi 
lozim. K o‘chatlaming ekilish chuqurligi 0,5-0,6 m va qator 
oralarining kengligi 8 rn, ko‘chatlaming oralig‘i 6 m dan qilib 
ekilganda 1 gektar maydondagi daraxtlar 208-2,10 ta boTishi 
mumkin.
Yapon soforasi ekilgandan keyin jo ‘yaklar orqali suv beriiadi. 
Ikkinchi sug‘orishni 6-8 kundan keyin amalga oshirish kerak. 
Ko‘chatlaming qator oralari har doim yumshoq va haydalgan 
bo‘lis’ni lozim.
Ko‘chatlar ekilgandan keyin 3-4 yilgacha ulaming oralari ga 1 
yillik dorivor o‘simliklar ekish mumkin bo‘Iadi.
Agar agrotexnik ladbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazilsa 1 gektar 
maydondan o‘rtacha 0,7-0,8 tonna hosil yig‘ib olish mumkin 
bo‘Iadi.
M ahsulot tayyorlash. G‘unchalami gullashdan oldin (iyun- 
iyul oylarida), ular ancha yiriklashganda va to‘pgulning birinchi 
g‘unchalari ochila boshlagan vaqtda to‘pgul-ro‘vakni qirqib olib 
soya yerda yoki quritgichlarda 40-45°S da quritiladi.

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə