Toshkent farm atse vtikainstituti



Yüklə 243,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/139
tarix28.11.2023
ölçüsü243,18 Kb.
#133326
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   139
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Ishlatilishi. 
Qalampir yalpiz bargi preparatlari, efir moyidan 
tayyorlangan yalpiz suvi va nastoykasi ko‘ngil aynishiga va qayt 
qilishga qarshi hamda ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilashda 
ishlatiladi. Bundan tashqari, yalpiz suvi og‘iz chayqash va 
miksturalar ta’mini yaxshilash uchun qoTlaniladi.
Efir moyidan ajratib olingan mentol quloq, bunm, nafas yoTlari 
kasalliklarida hamda tish og‘rig‘ini qoldirish uchun ishlatiladi. 
Mentoldan bosh og‘rig‘ini qoldiradigan migren qalami tayyorlanadi. 
Mentol preparati - validol, ko‘krak qisish (stenokardiya) kasalligida 
ishlatiladi.


Efir moyi va mentol oziq-ovqat hamda parfyumeriya sanoatida 
ham qoMlaniladi.
Dorivor p rep aratlari, Bargidan damlama, efir moyidan yalpiz 
suvi, nastoyka tayyorlanadi; mentol migren qalami va validol 
(izovalerian kislotaning mentol bilan hosil qilgan murakkab efiridagi 
mentolning 25-30% li eritmasi) tarkibiga kiradi.
Barg tinchlantiruvchi, o ‘t haydovchi, m e’da kasalliklarida 
ishlatiladigan yig‘malar-choylar va qorin og‘rig‘ini qoldirish uchun 
ishlatiladigan tabletka va tomchilar tarkibiga kiradi.
Mentol ingofen tarkibiga kiradi.
Yalpizning boshqa turlari tarkibida ham mentol bor. Yaponiyada 
ekiladigan 
Mentha arvensis L, var. piperascens Horn, 
ning yer 
ustki qismida 0,05% efir moyi, moyi tarkibida esa 43-90% mentol 
bo‘ladi.
Qalampir yalpiz о‘stilish texnologiyasi
Qalampir yalpiz Rossiya, Ukraina davlatlaridan tashqari, 0 ‘rta 
Osiyo respublikalarida, shu jumladan O‘zbekistonning barcha 
hududlarida ekib o ‘stirilmoqda.
Respublikamizda yalpiz ekib o‘stiriladigan maydonlar unumdor, 
tekis, begona o‘tlardan tozalangan va mexanik tarkibi o ‘rtacha 
boTgan tuproqlar ajratiladi. Qalampir yalpizrii dorivor o‘simliklar 
ekiladigan ho‘jaliklarda uni maxsus sabzavot va oziqa bop ekinlar 
rejalashtiriladigan almashlab ekish dalalarigajoylashtirish maqsadga 
muvofiq boTadi.
Qalampir yalpizni donli ekinlar may doni ariga joylashtiriladigan 
boTsa,hosiliyig‘ishtiribolingandanso‘ngbegonao‘tlarxususiyatiga, 
agrotexnik talablariga ko‘ra, 10-15 sm chuqurlikda diskaii boronalar 
bilan ag‘darmay yumshatiladi. Oradan 15-20 kun o‘tgach kuzda 
gektariga 15-20 tonna mahalliy o‘g‘it yoki komiest va 40-50 kg 
dan sof fosforli o ‘g ‘itlar kirgizib 27-30 sm chuqurlikda haydab 
qo‘yiladi. 0 ‘simlikni ekish oldidan tuproqning zichligiga va begona 
o‘tlarning paydo boTishiga qarab yerlami kultivatsiya va boronalab 
qo‘yiladi. Qalampir yalpiz ildizpoya qalamchalardan ko‘paytiriladi.
173


Ekishdan oldin 8-10 sm uzunlikda qalamchaiar tayyorlanadi. Erta 
bahorda qalamchaiar (mart- aprel oylarida) 10 sm chuqurlikda 
tayyorlangan, yaxshi namlangan jo ‘yaklarga bir-biridan 20-25 sm 
masofada maxsus seyalkalarda yoki qo‘lda ekiladi. Qator oralari 60 
va 45 sm dan qilib, har bir uyaga 2 tadan о‘simlik joylashtiriladi va 
bir gektar yerga o ‘rtacha 5-6 sentner ildizpoya qalamchalari zarur 
bo‘ladi. Qalamchaiar ekilgandan so‘ng sug‘orish egatlari olinadi 
va tuproq to‘yinguncha sug‘oriladi. Ko‘chatlar ekilgandan so‘ng
4-5 kun o‘tgach ko‘karmay qolgan maydonlarga qayta ekish lozim 
bo‘ladi.
Qalampir yalpiz organik va mineral o‘g ‘itlarga juda talabchan 
о ‘simlik hisoblanadi. 0 ‘simlik ekilgandan 17-20 kun o ‘tgach yoki 
yon shoxlari paydo bo‘lishi bilan gektar hisobiga 40 kg dan azot, 20 
kg dan kaliy o ‘g ‘itlari bilan oziqlantiriladi.
Ikkinchi oziqlantirish shonalash fazasida 40 kg dan azot va 30 kg 
dan fosfor o ‘g ‘itlarini berish bilan amalga oshiriladi.
Qalampir yalpiz gullash fazasida mineral o‘g ‘itlami juda ko‘p 
talab qilishini hisobga olib, azotli va kaliyli o ‘g‘itlardan gektariga 
30 kg dan kirgizib oziqlantirishni to‘xtatiladi. Yalpiz o‘simligirh 
oziqlantirish sug‘orishdan oldin amalga oshiriladi. Yalpiz ekilgan 
yerlarga vegetatsiya davomida gektariga 100-110 kg dan azot, fosfor 
va 50 kg kaliy o‘g‘iti beriladi. Tuproq doim nam holatda bo‘lishi 
kerak. Etarli darajada sug‘orilmasa, o ‘simlikning bo‘yi past va xom- 
ashyosi kamayib ketadi.
О ‘simlik ekilgan birinchi yili 12-13 marta sug‘oriladi, 5-6 
marta yer yumshatilib, begona o ‘tlardan tozalanadi, ya’ni o‘toq 
qilinadi. Ikkinchi yili sug‘orish soni ob-havo sharoitiga qarab bir 
oz o ‘zgarib turadi. 0 ‘simliklar bo‘sh yerlarni deyarli hammasini 
egallab, yaxshigina o ‘tzor hosil qiladi. Shuning uchun qator oralari 
faqat bahorda yumshatiladi. Uchinchi yili ekinzor yumshatilmaydi. 
Zaruratga qarab qo‘lda o ‘toq qilinadi. To‘rtinchi yili yalpiz ekilgan 
dala bahorda kultivatorlar yordamida haydab va izdizpoyalari yig‘ib 
olinadi va boshqa maydonga ekiladi.
Yalpiz hosili to‘rtinchi yili keskin kamayadi, tuproq nihoyatda 
zichlashadi, ekin siyraklasbadi, begona o‘t!ar ko‘payib ketadi
174


va xom-ashyosi boshqa o‘simliklar bilan aralashib ketadi. Dori- 
darmon maqsadida ishlatiladigan barg olish uchun o‘rib olinadi, 
dalada so‘litilgan poyalar shiyponda bir tekis va qoraytirmav, vaqt- 
vaqti bilan ag‘darib quritiladi, Yalpiz qurigach, yaxshi tozalangan 
xirmonga olib borilib, barglari panshaxalar bilan aralashtiriladi. Xom- 
ashyo teshiklari 3 millimetrli g ‘alvirda poya, qum va hokazolardan 
tozalanadi, keyin qutilarga ohista solinib joylashtiriladi. Dori- 
darmon uchun ishlatiladigan yalpiz yaproqlarining hosildorligi 
yuqori bo‘lishi uchun uning o‘stirish texnologiyasini yaxshi bilish 
kerak bo‘ladi.
Hozirgi kunda tavsiyalarga amal qilib ekilayotgan yalpizning 
«Prilukskaya-б» navidan 2 tonnadan ortiq barg yig‘ib olinmoqda.
Qalampir yalpiz o‘suv davrida o‘rgimchak kana, shira, yalpiz 
qo‘ng‘izi va un shudring kabi zararkunandaiar, zang va fuzarios bilan 
kasallanishni oldini olish maqsadida mitak, bayleton va kalloidli 
oltingugurt preparatlari bilan о 'suv davrida purkash maqsadga 
muvofiq bo‘ladi.
M ahsulot tayyorlash. Qalampir yalpiz g ‘unchalash davrida 
yoki yarim guli ochilganidan so‘ng pichan o‘radigan mashinada 
o'rib olinadi (chunki bu vaqtda qalampir yalpiz tarkibida efir moyi 
ko ‘p bo‘ladi). Birinchi о ‘rim dan so‘ng qaytadan ko‘karib chiqqanini 
kuzda o ‘simlikning tagidan yana bir marta о ‘rib olinadi. Yig‘ilgan 
mahsulot xirmonda so‘litilib, so‘ngra so‘ri ustida yoki havo 
quritgichida quritiladi. Bunda poyadagi barglar to ‘kila boshlaydi. 
Panshaha bilan poyani silkitib, to ‘kilgan barglar yig‘ib olinadi va 
quyoshda oxirgi marta quritiladi. Uni poya qoldiqlaridan, qum, 
kesak va boshqa aralashmalardan tozalanib, yashiklarga joylanadi. 
Mahsulot dorixonalarga va Galen preparatlari olish uchun zavodlarga 
yuboriladi.
Efir moyi olinadigan mahsulot qalampir yalpiz qiy g ‘ os gul laganda 
yig‘iladi. Bu davrda garchi efir moyi kam bo‘lsa-da, tarkibida mentol 
miqdori ko‘p bo‘ladi. Yig‘ilgan о ‘simlik quritilgandan so‘ng, 
tozalanadi va efir moyi olish uchun zavodlarga yuboriladi.



Yüklə 243,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə